26.“Sifat” tushunchasi nima?
A. Barcha voqea- hodisalarning ma’lum shaklda namoyon bo’lishi.
B. Narsa va hodisalarning yaroqli va yaroqsizligini bildiradigan tushuncha.
V. Narsa, hodisaning asosiy bir xususiyati, xossasi.
G. Narsalarning ichki va tashqi muayyanligini ta’minlovchi xossa, belgi, xususiyatlar birligi.
27. “Miqdor” nima?
A. Oz yoki ko’plikni ifodalovchi tushuncha.
B. Hajm, og’irlik, tezlik, qiyos va raqamlarda ifodalanuvchi narsalar muayyanligi.
V. Adad ko’rsatkichi.
G. Narsalarning o’xshash tomonlarining majmui.
28. Dialektika kategoriyalariga xos belgilar qaysilar?
A. Xususiylik, obyektivlik, qonuniylik, tarixiylik.
B. Umumiylik, obyektivlik, qonuniylik, muhimlik.
V. Subyektivlik, xususiylik, qonuniylik, muhimlik.
G. Subyektivlik, umumiylik, tasodifiylik
29. Dunyoni bilishdan maqsad nima?
A. Olamni o’z “men”ligiga bo’ysindirish.
B. Uzoq va mo’l-ko’lchilikda yashash, mol-dunyo to’plash.
V. Ilohiy vujud ishqidan barhamand bo’lish va unga qo’shilish.
G. Haqiqatni topish va uni kishilar amaliy faoliyatiga xizmat qildirish.
30. Hissiy bilish shakllari (bosqichlari) qaysilar?
A. Ta’sirlanish, tasavvur, tushuncha.
B. Analiz, sintez, deduktsiya.
V. Sezgi, idrok, tasavvur.
G. Idrok, tasavvur, xukm.
31. “Haqiqat”ni siz qanday tushunasiz?
A. Kishi uchun nima foydali bo’lsa, u – haqiqatdir
B. Haqiqat- inson tajribasini tashkil etuvchi shakldir.
V. Haqiqat- bilimlarimizning obyektiv reallikka mos kelishi.
G. Haqiqat-har kimning peshonasiga yozilganini ko’rishi.
32. “Haqiqat” mezoni (o’lchovi) nima?
A. Tajriba.
B. Amaliyot
V. Hukm.
G. Xulosa.
33. Ilmiy bilishning empirik darajasi shakllarining tartibini toping.
A. Kuzatish, taqqoslash, o’lchash, eksperiment.
B. Kuzatish, o’lchash, taqqoslash, eksperiment.
V. Eksperiment, o’lchash, taqqoslash, kuzatish
G. O’lchash, taqqoslash, eksperiment, kuzatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |