20. Jamiyat iqtisodiy hayotiga bevosita va eng kuchli ta’sir ko’rsatuvchi ijtimoiy ong shaklini aniqlang.
A) Axloqiy ong.
B) Huquqiy on
V) Diniy ong.
G) Siyosiy ong
21. “Inson”ning mohiyati nimada?
A) Inson - ijtimoiy mavjudot.
B) Inson – bioijtimoiy vujud.
V) Inson- barcha buyumlar mezoni (o’lchovi).
G) Inson – aqlli biologik organizm.
22. “SHaxs”ni siz qanday tushunasiz?
A) Davr ruhini o’z “men”ligida gavdalantira olgan faol inson.
B) Bioijtimoiy mavjudot.
V) Kishi, inson, individ tushunchalarining sinonimi.
G) Har qanday odam, inson.
23. “Erkinlik”ning falsafiy ma’nosini toping.
A) Erkinlik - har kim xohlagan istagini bajarish.
B) Erkinlik-allox irodasini amalga oshirish va ungagina bo’ysunish.
V) Erkinlik - anglashilgan zarurat.
G) Erkinlik - jismonan ozod bo’lishlik.
24. “Xalq” nima?
A) Xalq-muayyan bir shaklga ega bo’lmagan to’da, avom.
B) Aholi tushunchasining sinonimi.
V) Xalq-kishilarning etnik birligi.
G) Moddiy va ma’naviy boyliklar ijodkori, ijtimoiy jarayonlarning sohibi, tarixni yaratuvchi omma.
25. Ma’naviy madaniyatning ijtimoiy vazifasi nimadan iborat?
A) Odamlarni ma’rifatli qilish, ma’naviy go’zalligiga erishish.
B) Xalqqa xizmat qilish.
V) SHaxsning har tomonlama ma’naviy barkamolligini ta’minlash.
G) Odamlarni ilmiy –texnik ziyoli darajasida tarbiyalash.
26. “Qadriyat” deganda nimani tushunasiz?
A) Davr sinovidan o’tgan, saqlanib quyma holiga kelgan ma’naviy merosimizni.
B) Odamlarning ehtiyoj, manfaatlarini qondiruvchi va kelajak istiqboli uchun yangi imkoniyatlar yaratuvchi moddiy, ma’naviy boyliklar.
V) Moddiy boyliklarni.
G) Kundalik ehtiyojlarimizni namoyon bo’lish shaklini.
27. Umuminsoniy qadriyatlarni Siz qanday tushunasiz?
A) Diniy qadriyatlar sifatida.
B) Kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan moddiy boyliklar.
V) Milliy madaniy meros, urf-odatlar, an’analar.
G) Butun insoniyat manfaatlari va ehtiyojlariga daxldor qadriyatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |