Toshkent tibbiyot akademiyasi biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi
Download 0.89 Mb.
|
Qodirjonova Nigina Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mexanik sichqonchalar qanday ishlaydi
- Optik sichqonchalar
Mexanik kompyuter sichqonchalari
Mexanik kompyuter sichqonchalari, nomidan ham ko‘rinib turganidek, harakatlanuvchi qismlardan iborat. Ularning ostki qismida sichqoncha ma’lum yuza bo‘ylab harakatlanishi bilan aylanuvchi sharik bor. 1999 yilda optik sichqonchalar sahnaga kelishidan oldin mexanik sichqonchalar keng ommalashgan. Sharikli ilk mexanik sichqoncha 1968 yilda nemis kompaniyasi Telefunken tomonidan ishlab chiqarilgan. Bu qurilma yarimshar shaklida bo‘lib, uning ostida kichik trekbol bo‘lgan. 1973 yilga kelib, Bill Inglish zamonaviy kompyuter sichqonasiga o‘xshash ilk sichqonchani yaratadi. Bu sichqoncha Xerox Alto I kompyuter sistemasi bilan birga sotilgan. Mexanik sichqonchalar qanday ishlaydi? Sharik po‘latdan ishlangan og‘ir sfera bo‘lib, aylanishi osonroq bo‘lishi uchun usti rezina bilan qoplangan. Roliklar slindrik shaklda bo‘lib, sharikka ulangan bo‘ladi va sharik bilan birga aylanma harakat qiladi. LED'lar rolik boshidagi kichik tirqish orqali nur o‘tkazadigan ixcham lampaga o‘xshaydi. Yorug‘lik datchiklari LED'lar chiqargan nurni ushlab olib, uni elektr signaliga aylantiradi. Sharik sichqoncha o‘rtasida joylangan va ikki tomondan roliklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontaktda bo‘ladi. Roliklarning biri sichqonchaning pastki qismida bo‘yiga, ikkinchisi esa eniga harakatlanadi. Sharik X o‘qi bo‘ylab aylanganida, bo‘yiga harakatlanuvchi rolik aylanadi va aksincha. Rolik boshi harakatlanishi bilan uzuk-uzuk nur yorug‘lik datchigiga borib uriladi. Aynan shu usul bilan datchik sichqoncha qanday harakatlanayotganini aniqlab oladi. Yorug‘lik datchigi nurni aniqlagach, uni mikrokontrollerga uzatadi. Olingan axborotga mikrokontrollerda ishlov berilib va nihoyat kompyuterga uzatiladi. Optik sichqonchalar Mexanik sichqonchalar bozorga chiqqanidan o‘n yilcha o‘tib, optik sichqonchalar paydo bo‘la boshladi. Sharik va aylanuvchi rolik o‘rniga optik sichqonchalar kursorni harakatlantirish uchun nurdan foydalanadi. 1982 yilda Mouse Systems Corporation nomli kompaniya o‘zining ilk optik sichqonchasini taqdim etgan. Bu toifadagi sichqonchalar 80-yillarda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, ulardan faqatgina 2000 yillarga kelib keng foydalana boshlandi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling