Toshkent tibbiyot akademiyasi ijtimoiy fanlar kafedrasi
Download 6.98 Kb.
|
FALSAFA 1-MUSTAQIL ISHIM
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Ijtimoiy taraqiyotning hozirgi davri va umumbashariy muammolar
- Hozirgi paytda va kelajakda insoniyatga xavf soladigan umumbashariy muammo deganda butun dunyo ,barcha davlatlar va xalqlar ishtirokisiz echish mumkun bo’lmagan muammolarga aytiladi.
- -Iqtisodiy qaloqlikni tugatish,yer yuzida qashshoqlik va ochlikka barham berish
- Foydalanilgan adabiyotlar
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASIFAN: FALSAFA MAVZU:Jahon XXI asrda:kelajak va inson taqdiri Tayyorladi:Bozorboyeva N.D Qabul qildi:f.f.n. dotsent Atamuradova F.S REJA:1.Insoniyat istiqbolini belgilovchi omillar2.Ijtimoiy taraqiyotning hozirgi davri va umumbashariy muammolar3.XulosaXX asrning birinchi yarimi oxirida insoniyat qarshisida asosan bitta umumbashariy muammo-yadro halokatining oldini olish ko’ndalang bo’lib turgan bo’lsa,II jahon urishidan keyin ahvol o’zgardi.Aholi tabiiy o’sishining saqlanib qolishi,fan va texnika texnologiyalarning yutug’laridan tor manfatlar yo’lida foydalanishga ruju qilinishi va bir qator mintaqalarda murakkab ekologik vaziyatning vujudga kelishi bu holatni chigallashtirib yubordi ya’ni bu yo’lda qanday muammolar,qiyinchiliklar, sinovlarga duch kelishimiz mumkunligi haqida o’ylab ko’ryapmizmikin
Insoniyatning kelajagi to’g’risidagi qadimdan ma’lum bo’lgan bashoratar: Insoniyatning kelajagi to’g’risida tarixda turli-tuman bashoratlar mavjud, ular bir necha xillarga bo’linadi. Masalan,xalqimizning ilk tarixiy qadriyatlaridan bo’lgan muqaddas «Avesto» yozma yodgorligi ham umumiy bir tarzda insoniyatning kelgusi istiqbolini bashorat qilib, kishilarni mushtarak maqsadlar tomon yo’naltirishga harakat qilgan. Bunday bashoratlardiniy mazmunga asoslangan bo’lib, o’z davri uchun katta ahamiyat kasb etgan edi. «Avesto»da Zardo’sht o’limidan so’ng 3000 yil o’tgandan keyin, erkin farovonlik zamoni keladi, Axura Mazda qudrati Axriman yovuzligi ustidan to’la g’alab qozonadi, deya ishonch bildirilgan edi. Ikkinchi xil bashoratlar o’rta asrlarda keng tarqalgan, hozirda ham G’arb mamlakatlarida keng shuhrat qozonayotgan bir qator G’arb futurologiyasi mazmuniga ega. G’arb futurologiyasining mashhur namoyandalaridan Karman, E.Shervin, G.Kan va boshqalar insoniyatning kelgusi istiqbolini, asosan, yadro halokati yoki boshqa bir umumbashariy global muammolar bilan bog’lab pessimistik manzaralarni chizib ko’rsatishga urinadilar. Hozirgi paytda va kelajakda insoniyatga xavf soladigan umumbashariy muammo deganda butun dunyo ,barcha davlatlar va xalqlar ishtirokisiz echish mumkun bo’lmagan muammolarga aytiladi.Bunday muammolar quyidagilar:-Termoyadro urishi havfining oldini olish-Jahon iqtisodiyoti va ijtimoiy xayotining o’sishi uchun qulay shart-sharoit yaratish-Iqtisodiy qaloqlikni tugatish,yer yuzida qashshoqlik va ochlikka barham berish-Tabiiy boyliklardan oqilona va kompleks yondashgan holda foydalanish-Insoniyatning baxt-saodati yo’lida fan-texnika yutiqlaridan foydalanish uchun xalqaro hamkorlikni faollashtirish-Ozon qatlami yo’qolish xavfining oldini olishUmumbashariy muammolarning baʼzi bir guruhlari mavjudki, ularni hal qilishning oʼzidayogʼ butun planetamizdagi ijtimoiy hayotning keyingi ming yillikdagi aniq manzarasini chizib berish uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Bunday muammolar shartli ravishda uch guruhga ajratiladi:Birinchisi, «Intersotsial» muammolar deb hisoblanadi. Ular urush va tinchlik, mehnat resurslaridan foydalanish darajasi va shu kabilarni ham qamrab oladi. Ikkinchidan, «Inson va jamiyat» oʼrtasidagi munosabat bilan bogʼliq muammolar boʼlib, bularga ilmiy-texnika taraqqiyoti (ITT); maorif va madaniyat, aholi koʼpayishining tez surʼatlar bilan ildam ketishi («Demografik portlash», kishilar salomatligini saqlash, kishi organizmining nihoyatda tez oʼzgarib borayotgan ijtimoiy muhitga moslashishi) shuningdek, insoniyatning kelajagi kabi masalalarni kiritish mumkin. Uchinchidan, «inson — tabiat» munosabatlariga esa xom-ashyo resurslarini tejash, aholini oziq- ovqat va ichimlik suvi bilan taʼminlash, tabiatni muhofaza qilish kabi muammolar kiradiDemak, insoniyat taraqqiyotining kelgusi istiqbolini belgilashdagi eng muhim belgilar sirasiga umumbashariy muammolar, tabiatini chuqur anglash, bu muammolarning yechimini umuminsoniy mushtarak manfaatlari yoʼlida hamjihatlikda qilingan saʼy-harakatlar ekanini alohida taʼkidlash lozim.Foydalanilgan adabiyotlar:
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!Download 6.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling