Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoat salomatligi va menejment kafedrasi tibbiy yordam sifatini oshirish fani bo
- Mavzu. Sog'liqni saqlashda sifat menejmentining huquqiy
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
TЁСО МАЖМУА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ular orasida
6- Mavzu. Sog'liqni saqlashda sifat menejmentining huquqiy asoslari Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy tizimini shakllantirish borasida muayyan natijalarga erishish mumkin bo‘ldi. O‘tgan davrda qishloq vrachlik punktlari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalar faoliyatini tashkil etish hisobiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish tizimi takomillashtirilib, uning aholiga qulayligi oshirildi. Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishning yagona markazlashtirilgan tizimi yaratilib, fuqarolarga, jumladan, joylarda yuqori texnologiyali tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tarmog‘i takomillashtirilmoqda. Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha qator maqsadli davlat dasturlari amalga oshirildi. Irsiy va tug‘ma kasalliklarga chalingan bolalar tug‘ilishining oldini olish maqsadida respublika va hududiy skrining markazlari tashkil etildi. Natijada, 1991-2017 yillar uchun. umumiy o‘lim darajasi 20 foizga, onalar va chaqaloqlar o‘limi 3,1 barobarga kamaydi. O‘rtacha umr ko‘rish 1995 yildan buyon 4,6 yilga oshib, 73,7 yoshga yetdi. Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash faoliyatini tashkil etishda keyingi yillarda to‘planib qolgan tizimli kamchilik va muammolar fuqarolar salomatligini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalarni samarali hal etishga to‘sqinlik qilmoqda. Ular orasida: birinchidan, sog‘liqni saqlash sohasini rejalashtirish va boshqarishda konsepsiya va strategik maqsadlar mavjud emas, buning natijasida amalga oshirilayotgan islohotlar tarqoq bo‘lib, aholining sog‘liqni saqlash sifati bo‘yicha umid va talablarini qondirishga imkon bermayapti; ikkinchidan, sog‘liqni saqlash sohasini smetaviy moliyalashtirish tizimi xalqaro amaliyotga mos kelmaydigan eskirgan mexanizmlarga asoslanadi, bu esa moliyaviy resurslardan samarasiz foydalanishga va sohaning surunkali moliyalashtirilmasligiga olib keladi; uchinchidan, kasalliklarning oldini olish va barvaqt aniqlash, patronajlik va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasidagi ishlar samaradorligi pastligi fuqarolarning ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga bo‘lgan murojaatlarining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda; to‘rtinchidan, aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning turli darajalari va bosqichlari o‘rtasidagi uzviylik, shu jumladan, reabilitatsiya davolash va reabilitatsiya qilish sust rivojlangan; beshinchidan, amaldagi kadrlar siyosati tibbiy yordamning barcha bo‘g‘inlari, ayniqsa, birlamchi tibbiy yordam bo‘yicha mutaxassislar bilan ta’minlash, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotchilari va boshqaruv kadrlarini tayyorlash istiqbollarini bashorat qilishga imkon bermayapti; oltinchidan, ixtisoslashtirilgan markazlarning innovatsion salohiyati pastligi fonida tibbiyot amaliyotining ta’lim va ilm-fan bilan sust integratsiyalashuvi davolash- diagnostika jarayoniga tibbiyotning ilg‘or yutuqlarini joriy etishning qoniqarsiz darajasini ko‘rsatmoqda; yettinchidan, elektron sog‘liqni saqlash sohasida yagona standartlar mavjud emas, tibbiy xizmatlar integratsiyasi va samarali boshqaruvini ta’minlaydigan zamonaviy dasturiy mahsulotlar joriy etilmagan, mavjud axborot tizimlari va texnologiyalari tarqoq va tor doirada yo‘naltirilgan. Aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligi, sifati va ulardan foydalanish imkoniyatini tubdan oshirishni ta’minlaydigan sog‘liqni saqlashni tashkil etish va moliyalashtirishning kontseptual jihatdan yangi modellarini shakllantirish, tibbiyot fani va texnologiyasining zamonaviy yutuqlarini joriy etish, shuningdek 2017-2021- Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling