Neyron, neyrogliya, nerv tolasi - Neyron nerv tizimining asosiy faoliy birligidir. Odamning miyasida 25 milliardga yaqin neyronlar mavjud. Periferik nerv tizimiga kiruvchi tugunlarda nerv hujayralar soni 25 million chamasida. Neyronlar bir-biridan o‘z shakli va katta-kichikligi bilan faarq qiladi. Ammo, u qaysi shaklda va kattalikda bo`lmasin, tuzilishi bo‘yicha to‘rt qismga bo`linadi. Neyronlarda tana (soma), dendritlar, akson va aksonning sinapsoldi oxirgi tarmoqlari tafovut qilinadi. Neyron tanasida yadro, ribosomalar, endoplazmatik retikulum, Golji apparati, mitoxondriyalar joylashgan. Bu organellalar hujayraning hayotiy faoliyatini ta‘minlaydi. Bundan tashqari, neyron tanasida murakkab yuqori molekulyar moddalar sintezlanib, dendritlar va akson bo‘ylab o‘tkaziladi.
- Neyron tanasidan odatda bir nechta dandrit va bitta akson boshlanadi. Dendritlar kalta, ammo ko‘p va sershox bo`lganidan, membranasi ancha katta yuzaga ega. Bu membranada juda ko‘p sinapslar joylashgan. Dendritlarning asosiy ishi ta‘sirotlarni qabul qilish va paydo bo`lgan impulslarni somaga o‘tkazishdan iborat. Akson esa nerv impulslarining somadan ishchi a‘zoga yoki boshqa neyronlarga yetkazilishini ta‘minlaydi.
- Nerv hujayralari 3 ta asosiy turlarga:
- Afferent,
- Oraliq
- Efferen neyronlarga bo`linadi.
- Neyronlar somasi 5-100 mkm, o‘siqlar diametri 1-10 mkm, uzunligi bir necha o‘n mkm dan 1 metrgacha yetadi. Ba‘zi hayvonlarda uchraydigan gigant aksonning diametri 1 mm atrofida bo`lganidan, tajriba o‘tkazish uchun qulay sharoit tug‘diradi.
Asab tizimi qo`zg`aluvchanlik xususiyatlari - Qo'zg'alishning o'tkazilishi. Yuqorida aytib o'tilgan jarayonlar tolalarning faol holatini saqlab turishda juda muhim. Ularning hammasi qo'zg'alishning o'tkazilishini ta'minlashga qaratilgan.
- Ma'lum bo'lishicha, qo'zg'alishning toladan o'tish mexanizmlari ikki jarayondan iborat. Bular mahallaiy javob yuzaga keltirgan katelektrotonik signalni membrananing yon atrofdagi qismlariga ta'sir etishi va shu sohalarda harakat potensialining hosil bo'lishidir.
- Yuqorida ko'rsatilganidek, membrananing ta'sirlangan qismida, masalan, unga o'rnatilgan katod ostida depolyarizatsiya rivojlanadi. Buning sababi tola ichiga natriy ionlarining zudlik bilan o'tishida.
Do'stlaringiz bilan baham: |