TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI Kafedra: Normal va patologik fiziologiya Mavzu: Asab tizimi fiziologiyasi.Shartli refleks TUZUVCHI: Xurramov Sherzod TEKSHIRUVCHI: Solimirzayeva Gulmira Reja - 1) Asab tizimining tuzilishi va fiziologiyasi
- 2) Neyron, neyrogliya, nerv tolasi va sinapslar
- 3) Asab tizimi qo`zg`aluvchanlik xususiyatlari
- 4) Shartli reflekslar
- A‘zolar va to‘qimalarni birlashtirishda, shuningdek bir butun organizmning muhit o‘zgarishlariga moslashishida markaziy nerv tizimining ahamiyati juda katta. Odatda yuqori pog‘onadagi tizimlarga pastki pog‘onadagilari bo‘ysunadi va birinchilar tomonidan boshqarilib turiladi. Markaziy nerv tizimini boshqaruvchi tizimlarning eng yuqori pogonasi, desa bo`ladi. Nerv tizimining axborot almashinuvidagi o‘rnini boshqa tizimlar, masalan, gumoral boshqaruv tizimi bosa olmaydi.
- Tizimlarni tashkil qiluvchi a‘zolar, turli tisimlar o‘rtasida uzluksiz axborot almashinuvi ro‘y berib turadi.
- Nerv tizimi o‘tkazadigan axborot turli impulslar shaklida bo`lib, bu impulslar bir-biridan chastotasi, guruhlarga birlashishi, guruhlarni tashkil qilgan impulslar soni va ular o‘rtasidagi masofa bilan farqlanadi va hokazo.
Markaziy nerv tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - Markaziy nerv tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- 1. Nerv tizimi organizmdagi hujayra, to‘qima, a‘zo va tizimlar faoliyatini uyg‘unlashtirib hamda birlashtirib, integrativ faoliyatni boshqaradi.
- 2. Nerv tizimi organizmni tashqi muhit bilan aloqasini va muhit bilan bog‘lanishini, shuningdek muhit o‘zgarishlariga moslashishini ta‘minlaydi.
- 3. Nerv tizimi organizmning maqsadga erishishga qaratilgan xulq-atvorini shakllaydi.
- 4. Nerv tizimi trofik faoliyatga ega. Bu faoliyat o‘sish, yetilish va modda almashinuvini boshqarishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |