Toshkent tibbiyot akademiyasi malakaviy amaliyot kundaligi


 Amaliyot natijalarini yakunlash


Download 425.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana20.06.2023
Hajmi425.56 Kb.
#1627931
1   2   3   4
Bog'liq
3-курс МП амалиёт кундалиги (3)

2. Amaliyot natijalarini yakunlash: 
2.1. Amaliyot yakunida talaba yozma ravishda hisobot tayyorlaydi va uni bevosita 
amaliyot ob’ektidan tayinlangan rahbar imzolagan kundalik daftari bilan birga 
institutdan tayinlangan rahbarga topshiradi. Hisobot talabaning amaliyot davrida 
bajargan muayyan ishlari to‘g‘risida ma’lumotlar, amaliyot ob’ekti bo‘limlarining 
qisqacha izohi (bo‘lim, laboratoriya va boshqalar), ular faoliyatining tashkil 
qilinishi, amaliyot natijalari bo‘yicha xulosa va takliflarni o‘z ichiga olmog‘i 
lozim.
2.2. Amaliyot yakunida talaba o‘z hisobotini institut tomonidan tayinlangan hay’at 
oldida himoya qiladi. Hay’at tarkibiga o‘tilayotgan amaliyot fanini olib boruvchi 
o‘qituvchi, institut tomonidan biriktirilgan rahbar va imkon bo‘lsa, amaliyot 
ob’ektidan tayinlangan rahbar (katta va yetakchi xamshiralar) ham kiritiladi. 
2.3. Malakaviy amaliyot bo‘yicha yakuniy nazorat har bir kursda «Ob’ektiv 
strukturlangan klinik imtihon» - «OSKI» shaklida o‘tkaziladi. Amaliyot 
bo‘yicha yakuniy nazorat bali talaba reyting balining 100% ini tashkil etadi. 
Malakaviy amaliyot natijasi bo‘yicha 60 balldan kam ball to‘plagan talaba 


malakaviy amaliyotni topshira olmagan hisoblanadi va kursdan kursga 
o‘tkazilmaydi. 
Amaliyot bo‘yicha yakuniy baho talabaga stipendiya belgilash va imtiyozli diplom 
berishda inobatga olinadi. 
Amaliyot yakuni amaliyot ob’ektining ishlab chiqarish kengashida, fakultetning 
ilmiy-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va yakun yasaladi. 
2.4. Malakaviy amaliyotni sababli o‘ta olmagan talaba semestr boshlangunga qadar 
dekanat tomonidan berilgan maxsus ruxsatnoma bilan individual jadval asosida 
o‘tadi va yakuniy nazoratga kiritiladi.
 
 
 
 
 
 

Download 425.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling