Toshkent tibbiyot akademiyasi mavzu: Bionika asoslari. Tibbiyotda bionika


Download 384.01 Kb.
bet2/4
Sana07.05.2023
Hajmi384.01 Kb.
#1440932
1   2   3   4
Bog'liq
bionika

Ilm-fanda tirik jonzotlar, xususan, hayvonlar va qushlarning o‘ziga xos qobiliyatlarini namoyon etuvchi maxsus mexanizmlar evolyutsiya jarayonida million yillar davomida shakllanib kelgan, deyiladi. Tabiiy tanlov yo‘li orqali esa bosh­qalarga nisbatan yaxshiroq uchgan, suzgan yoki sudralib yurgan jonzotlar omon qolganligi barchamizga biologiya hamda umumiy tarix darslaridan ma'lum. Shu tariqa asta-sekinlik bilan tabiatda ushbu funktsiyalarni amalga oshirishga qaratilgan juda samarali moslamalar va mexanizmlar vujudga keldi.  Tahlil etish hamda amalda sinab ko‘rish usullarining yetarlicha takomillashmagani sabab hayvonot olami vakillarining mazkur «sir»lari uzoq-uzoq vaqtgacha insonlar uchun jumboq bo‘lib qolaverdi. Davrlar o‘tgani sari bu sirlardan voqif bo‘lishga intilgan qator muhandis va loyihachilar insonlar hayotini yengillashtiruvchi turfa xil moslamalarni yaratishga erishdi. Ayni paytda biolog olimlar tirik jonzotlarni o‘rganishda olamshumul kashfiyotlarni amalga oshirayotganidan ko‘pchilikning xabari bor. Bu ikki soha mutaxassislari bir-biri bilan ayro tarzda faoliyat yuritishsa ham, ba'zan muhandislar jonli tizimlarda ishlab turgan printsip va mexanizmlarni o‘z loyihalariga tatbiq etishning uddasidan chiqishgan. Eng qulay hamda samarali yo‘llarni izlash natijasida tadqiqotchilar minglab asrlar oldin tabiat tomonidan «yaratilgan» namunalar va chizmalarni hosil qildilar. Yutuqlar kaliti tahlilda (mi?)

Mazkur kashfiyotdan so‘ng ko‘r-ko‘rona ishlashning befoyda ekani ma'lum bo‘ldi va loyihachilar hayvonot olamini chuqurroq o‘rganishga kirishdilar. Ana shunda mavjud texnologiyalardan foydalangan holda olimlar tirik organizmlar tizimidagi tuzilmalar va mexanizmlarni to‘laqonli tadqiq etish hamda ular asosida namunalar yaratish imkoniga ega bo‘lishdi. Tirik organizm­larning faoliyat yuritish tizimlarini o‘rganuvchi va aniqlangan ish printsiplarini texnika vositalarida qo‘llaydigan fan esa bionika nomini oldi. Science.com elektron sahifasi ma'lumotlariga tayangan holda aytish mumkinki, ushbu atama aslida yunoncha «bion» so‘zidan olingan bo‘lib, u «hayot birligi» yoki «unsuri» sifatida ta'riflanadi. Xullas, bionika biologiya hamda texnikani uyg‘unlashtiradigan fan bo‘lib, bunda muhandislik masalalariga organizmlar strukturasi va hayotiy faoliyatining tahlili asosida yechim izlanadi. Bionika, shuningdek, fizika, kimyo, kibernetika va muhandislik fanlari, ya'ni elektronika, navigatsiya, aloqa, dengiz ilmi bilan ham chambarchas bog‘liq.


Download 384.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling