Toshkent tibbiyot akademiyasi mavzu: Bionika asoslari. Tibbiyotda bionika


Download 384.01 Kb.
bet3/4
Sana07.05.2023
Hajmi384.01 Kb.
#1440932
1   2   3   4
Bog'liq
bionika

Jonli tabiat borasidagi bilimlardan muhandislik masalalarini hal etishda foydalanish fikri aslida Leonardo da Vinchiga tegishli deb hisoblanadi. Boisi, ko‘p asrlar ilgari mutafakkir qushlar kabi qanot qoqadigan uchish apparati - ornitopterni yaratishga uringan. Keyinchalik tirik organizmlar va texnik mashinalardagi bosh­qarish, aloqa qilishning umumiy tamoyillarini o‘rganuvchi kibernetika sohasi vujudga keldi. Bu esa o‘z navbatida jonli tizimlar bilan texnika o‘rtasidagi umumiylikni aniqlashga, tirik organizmlar to‘g‘risida olingan bilimlar yangi asbob-uskuna, mexanizm, material va boshqalarni yaratishga turtki bo‘ldi. Ushbu yangi fan «tug‘ilgan» rasmiy sana sifatida esa 1960 yil ko‘rsatiladi. Negaki, aynan o‘shanda ­AQShning Dayton shahrida bionika bo‘yicha ilk simpozium o‘tkazilgan.

Shartli ravishda bionikada bir qancha yo‘nalishlarni belgilash mumkin. Mutaxassislarning bir qismi hayvonot olamidagi mexanizmlarni o‘rganish, ulardan «nusxa olish» va amalda qo‘llash borasida izlanishlar olib boradi. Tibbiy bionika bo‘lsa, yanada mukammal protezlar, insonlarga ko‘rish yoki eshitish kabi qobiliyatlarni qaytarish imkonini beradigan qurilmalarni yaratishga yo‘naltirilgan. Bionikada uy hayvonlarining ijtimoiy fe'l-atvorini o‘rganuvchi yana bir mutlaqo alohida soha ham bo‘lib, uni ba'zi mutaxassislar mazkur fanga aloqador emas, deb ta'kidlashadi. Biroq ushbu yo‘nalishda izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar flora olami vakillari, masalan, chumoli yoki ari oilalari hayotini tartibga solib turuvchi qonuniyatlardan istiqbolda insonlar jamiyatida ham foydalanish mumkinligini inkor etmayaptilar. Ushbu fikrning isboti sifatida bir misolni keltirib o‘tish joiz. Rsu.edu saytida keltirilgan ma'lumotlarga qaraganda, yaqindagina nemis entomologlari chumolilar qay tarzda o‘z uyasiga yaqinlashganda bir-birlariga urilmay, tirbandlik hosil qilmasligini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Bunda ushbu jonzotlar mazkur usuldan ongli yoki ongsiz ravishda foydalanishi hali ma'lum emas. Shunga qaramay, olmon olimlari kelgusida xuddi shu yo‘l bilan shahar magistrallarida yuzaga keladigan avtoulovlar tirbandligi holatining oldini olishga erishish mumkin, degan fikrda.


Download 384.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling