Toshkent tibbiyot akademiyasi mavzu: Bionika asoslari. Tibbiyotda bionika
Download 384.01 Kb.
|
bionika
Fanning boshqa bir yo‘nalishi ham bor: bunda in silico, ya'ni silikon moddasidan jismlar yaratgan holda batamom o‘zgacha evolyutsiyaga asos solishga intilish seziladi. Garchi hozirgacha bu yo‘nalishda ish olib borayotgan olimlar kutilganchalik olamshumul yutuqlarga erishmagan bo‘lsa-da, bugungi kunda ular evolyutsiyani modellashtirishning bir qancha usullari (vazifasi insonlar og‘irini yengillashtirish bo‘lgan robotlar)ni yaratish kabilarga erishishga muvaffaq bo‘lmoqda. Umuman olganda, eng ko‘p amaliy samaradorlik kuzatilayotgan tibbiyot bionikasi asosan inson organizmida mavjud bo‘lgan tizimlarni o‘rganishga tobora ixtisoslashyapti. Shu bilan bir qatorda boshqa tirik organizmlar sistemalarini o‘rganish va ularda kuzatilgan hayotiy mezonlarni texnika sohasiga joriy etishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar ham amalga oshirilmoqda. Eng maqbul shakl tabiatda mavjud. Bionik kashfiyotga eng oddiy misol bu kiyim, narsalardagi qismlarni bir-biriga ulaydigan ilgak yoki tugmadir. Ikkita yopishqoq qism bittasida o‘ta kichik ilmoqlar, boshqasida esa mayda xalqachalar borligi sabab bir-biriga mustahkam birlashtiriladi.Aslida bu «yopishqoq» ilgak bionika atamasi paydo bo‘lishidan ancha oldin shveytsariyalik muhandis Jorj de Mestral tomonidan ixtiro qilingan. U sayrdan so‘ng kuchugi yungini tozalayotganda jonivorning terisiga mahkam yopishib kolgan chakamug‘ (sariqchoy) tikanaklariga e'tiborini qaratadi. Shundan so‘ng mutaxassis tikanaklarning tuzilishini mikroskop yordamida o‘rganib chiqib, xuddi shu tamoyil asosida ishlaydigan ilgak (qistirgich tugma)ni kashf etgan. Wikipedia.org saytida aytilishicha, keyinchalik olimlar shunga o‘xshash mahkamlash usulini qushlarning patlarida kuzatishgan. Shu bilan birga, tabiatda «yopishqoq» sirtlarning bundan-da mustahkam namunalari mavjud. Gekkon deb nomlanuvchi kichkina kaltakesak vertikal yuzalarda bemalol turishi, hatto biron-bir qiyinchiliksiz harakatlanishi mumkin. Uning panjalari sirtga qattiq yopishib, sirpanib ketmaydi. Ayni paytda bu jonzot tanasini yuqoriga qarab tortganda hech qiynalmay, uni sirtdan ajrata oladi. Tadqiqotchilar gekkon panjalarini o‘rganayotganda undagi ajabtovur xususiyatlarning sababi pastki kaftlardagi ko‘plab mayda tukchalarda ekanligini aniqlashdi. Ular sirtga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida bo‘lganida tananing qattiq jismga tegib turgan qismi u darajada katta bo‘lmaydi. Bu kaltakesak panjalarini osonlik bilan yuzadan ajratib olib harakatlanishiga yordam beradi. Burchak o‘zgarganda esa tananing nisbatan kattaroq qismi yuzaga tegadi, natijada sirtga mahkamroq yopishadi.Download 384.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling