Q tishchasiz miokard infarktida kuzatiladigan EKG o‘zgarishlar - yurak
mushaklarida transmural bo‘lmagan nekroz o‘choqlarini hosil bo‘lishi
bilan
kechadi va subendokardial hamda intramural joylashadi. Q tishchali transmural
miorkard infarktida farqli o‘laroq nekroz o‘chog‘i yurak bo‘ylab depolyarizasiya
to‘lqinlari tarqalishini buzmaydi. Shu sababli
patologik Q va QS kompleks
kuzatilmaydi. Asosiy EKG o‘zgarish RS-T oraliqni shakllanishi va qorinchalar
repolyarizasiyasi oxirida (T tishcha) kuzatiladi.
Q tishchasiz miokard infarktini asosiy EKG belgilari:
RS-T oraliqni o‘rta chiziqdan siljishi (kamdan kam xollarda RS-T oraliqni
elevasiyasi);
T tishchani turlicha o‘zgarishi (ko‘pincha manfiy simmetrik va o‘tkir uchli
koronar T tishcha);
Ushbu EKG o‘zgarishlarni uzoq vaqt davom etgan intensiv og‘riq
xurujidan keyin paydo bo‘lib, 2-5 xafta davomida saqlanib qolishi.
Q tishchasiz MI joylashish sohasini aniqlash ham
Q tishchali MI dagi kabi
EKG tarmoqlaridagi o‘zgarishlarga asoslaniladi
(?-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: