Toshkent tibbiyot akademiyasi miokard infarkti, atipik kechishi, asoratlari
Antitrombotik va antiagregant davo
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2.МИ. Ўқув-услубий қўлланма Лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Trombolitik davo.
Antitrombotik va antiagregant davo barcha MI bilan og‘rigan bemorlarga
buyuriladi. Aksariyat hollarda aspirin kuniga 325 mg dan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘llaniladi. Bemorga ilk bor qobiqsiz aspirinni (250-325 mg) chaynab ichish tavsiya etiladi. Uni qo‘llashga qarshi ko‘rsatma bo‘lsa (oshqozon va 12 barmoq ichak yara kasalligini qo‘zish davri, qon ketish, jigarni og‘ir kasalliklari, dori vositasini ko‘tara olmaslik), bemorga trombositlarni ADF -reseptorlari ingibitorlari tiklopedin yoki klopidogril beriladi. Ayni vaqtda aspirinni klopidogril bilan birga qo‘llash samarali hisoblanadi. Trombolitik davo. Bemorlarni keyingi bosqichda davolash infarkt turidan (Q tishchali yoki Q tishchasiz) kelib chiqqan holda olib boriladi. EKG da Q tishcha bo‘lmay faqat RS-T oraliq va T tishcha o‘zgarganda keyingi bosqichdagi davolash tamoyillari nostabil stenokardiyadagidek o‘tkaziladi. EKG da Q tishcha mavjud bo‘lishi trombolitik davo olib borishga ko‘rsatma hisoblanadi. Trombolitik davo RS-T oraliqni turg‘un ko‘tarilishi bilan kechgan O‘KS aniqlangan bemorlarda toj tomirlardagi qon aylanishini tiklashning (reperfuziya) asosiy usuli hisoblanadi. Ko‘plab ko‘p markazli randomizirlangan izlanishlar ushbu gurux dori vositalarini qo‘llash MI dan o‘limni keskin (o‘rtacha hisobda 20 % ga) kamaytirishini tasdiqlagan. MI ning birinchi soatlarida fibrinli trombni eritish xususiyatiga ega bo‘lgan turli fibrinolitik preparatlarni tomir ichiga yuborish aksariyat bemorlarda koronar qon aylanishini tiklanishiga olib keladi. Trombolitik davoni MI boshlangandan bir soat ichida (lekin 12 soatdan kech bo‘lmagan davrda) kasalxonagacha bo‘lgan davrda boshlash samarali hisoblanadi. MI tida kuzatiladigan bir qator klinik holatlarda o‘lim xavfi yuqori bo‘lganligi sababli zudlik bilan trombolitik davo boshlash maqsadga muvofiq hisoblanadi va ular quyidagilar: o‘pkada dimlanish belgilari bilan kechuvchi avj olib boruvchi yurak yetishmovchiligi, o‘pka shishi, kardiogen shok, anamnezida avval miokard infarkti o‘tqazganligi, o‘ng qorincha miokard infarkti, yondosh qandli diabet va boshqalar. Trombolitik davoga mutlaq va nisbiy qarshi ko‘rsatmalar: Mutlaq: Davom etayotgan ichki qon ketish; Anamnezda bosh miya insulti; Yaqinda (so‘nggi ikki oy) o‘tkazilgan bosh yoki orqa miya jarohati yoki jarrohlik amaliyoti; Bosh miya o‘smasi, arteriovenoz shuntlar yoki anevrizmalar; Gemorragik diatezlar; Og‘ir boshqarib bo‘lmaydigan arterial gipertenziya. Nisbiy: Yaqinda (10 kundan ko‘p bo‘lmagan vaqt ichida) “katta” jarroxlik amaliyoti (aorto- kororar shuntlash, akusherlik muolijasi, a’zolardan biopsiya olish va boshqalar) o‘tkazganlik; Bosh miya qon tomirlari kasalligi; Yaqinda (10 kundan ko‘p bo‘lmagan vaqt ichida) oshqozon ichak tizimi yoki jinsiy – siydik chiqarish a’zolaridan qon ketish; Yaqinda (10 kundan ko‘p bo‘lmagan vaqt ichida) olingan jarohat; Sistolik qon bosimini 180 va/yoki diastolikni 110 mm.sim.ust. va undan yuqori bo‘lishi; Chap bo‘lmacha va qorincha trombozi rivojlanish ehtimoli yuqoriligi (chap atriventrikulyar teshikni torayishi yoki hilpillovchi aritmiya); O‘tkir perikardit; Bakterial endokardit; Gemostaz tizimi va jigar hamda buyrak kasalliklari natijasida yuzaga kelgan o‘zgarishlar; Tug‘ma jigar yetishmovchiligi; Homiladorlik; Diabetik gemorragik retinopatiya yoki boshqa sabablar natijasida yuzaga kelgan oftalmologik holatlar; Septik tromboflebit yoki atrioventrikulyar kateterni infeksiya tushish ehtimoli yuqori bo‘lgan sohada tromb paydo bo‘lishi; Yoshi 75 dan yuqori bo‘lgan bemorlar; Antikoagulyantlarni (masalan varfarin) ichish davom ettirilganda. Streptokinaza 1,5 mln birlikda 100 ml 0,9% li izotonik eritmada 30-60 daqiqa davomida tomir ichiga tomchilab yuboriladi. Streptokinaza qo‘llanilganda bemorning QB tushib ketishi yoki allergik reaksiya rivojlanishi mumkin. Ushbu preparat juda yuqori allergenlik xususiyatiga ega bo‘lganligi sabbali uni faqat olti oydan keyin qayta qo‘llash mumkin. Streptokinazaga allergiyasi bo‘lgan bemorlarga plazminogen to‘qima aktivatori (faollashtiruvchisi) altepaza qo‘llaniladi. Fibrinolitik vositalarni qayta yuborishga zaruriyat tug‘ilganda streptokinazadan keyin altepaza yuborish mumkin. Chunki streptokinazani qayta qo‘llash anafilaktik reaksiya chaqirishi mumkin. Alpalaza avval 15 mg bolyus yo‘li bilan vena ichiga, keyin 30 daqiqa davomida bir kg tana vazniga 0,75 mg va undan so‘ng 60 daqiqa davomida 0,5 mg yuboriladi. Umumiy miqdori tomir ichiga tomchilab 100 mg bo‘lishi kerak. Urokinaza 2 mln yoki 1,5 mln birlikdan bolyus yo‘li bilan vena ichiga, keyin 5 mln birlikda bir soat davomida tomir ichiga tomchilab. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling