Toshkent tibbiyot akademiyasi miokard infarkti, atipik kechishi, asoratlari


Miokard infarktini exokardiografiya belgilari


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/34
Sana06.04.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1334754
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34
Bog'liq
2.МИ. Ўқув-услубий қўлланма Лотин

Miokard infarktini exokardiografiya belgilari

Chap qorincha qisqaruvchanligini maxalliy buzilishi; 

Yurakni diastolik va sistolik faoliyatini buzilishi; 

Chap qorincha remodellashuvi belgilarini aniqlanishi; 

O‘tkir va surunkali anevrizmani ExoKG belgilari; 

Yurak qopqoqchalari holatini baholash (mitral qopqoqchalar nisbiy 
yetishmovchiligi yoki boshqa o‘zgarishlar); 

O‘pka arteriyasida bosimni oshishi (o‘pka gipertenziyasi); 

Perikarddagi morfologik o‘zgarishlarni aniqlash (perikard qavatlarini 
qalinlashishi, bo‘shlig‘ida suyuqlik mavjudligi); 

Trombendokard belgilari; 

Magistral va periferik arteriya va venalardagi morfologik hamda 
funksional o‘zgarishlarni aniqlash. 
Miokardni 99mTs –pirofosfat (texnesiy) bilan ssintigrafiya qilish MI 
o‘chog‘ini aniqlash uchun ko‘llaniladi. Bu radioaktiv modda faqat miokardni 
nekrozga uchragan sohasiga yig‘iladi. 
MI bilan og‘rigan bemorlarga ko‘krak qafasi rentgenografiyasi o‘pkani 
interstisial shishiga shubxa bo‘lganda yoki ayrim asoratlarni (pnevmoniya, o‘pka 
infarkti, gidrotoraks, gidroperikard) aniqlash uchun o‘tqaziladi. Tekshirish 
to‘g‘ridan to‘g‘ri kardioreanimasiya bo‘limida, bemor chalqancha yotgan holatida 
maxsus portativ rentgen apparati yordamida amalga oshiriladi.


Asoratlanmagan Q tishchali miokard infarktini davolash. Q tishchasiz MI 
rivojlanishiga shubha qilingan, ya’ni o‘tkir koronar sindrom va RS-T oraliqni 
turg‘in siljishi kuzatilgan barcha bemorlar zudlik bilan kardoreanimasiya 
bo‘limlariga yotqizilishlari va quyidagi davo choralari olib borishi kerak: 
 Og‘riqni bartaraf etish (og‘riqsizlantirish); 
 Trombolitik davo (ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni inobatga olgan 
holda); 
 Antitrombotik va antiagrigant davo; 
 Oksigenoterapiya; 
 Antiishemik dori vositalarini qo‘llash; 
 Angiotenzinni aylantiruvchi ferment ingibitorlari va angiotenzin II 
reseptorlari antogonistlarini buyurish. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling