Toshkent tibbiyot akademiyasi r a s m I y V e b s a y t


Download 39.55 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.12.2023
Hajmi39.55 Kb.
#1797164
Bog'liq
Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi – Toshkent tibbiyot akademiyasi



Toshkent tibbiyot akademiyasi
R a s m i y v e b - s a y t
Бош саҳифа  2020  Iyul  9 
Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi
Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi

09/07/2020

Gulchexra Mirzaeva

Korrupsiyaga qarshi kurash
Eshnazarov M
Tibbiy pedagogika fakulteti
“Korrupsiya bilan hech qachon maqsadimizga erisha olmaymiz”
SH.Mirziyoyev
Korrupsiya — mansabdor shaxsning oʻz mansabi boʻyicha berilgan xuquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita
suiisteʼmol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham korrupsiya
deyiladi.Korrupsiya davlat apparati va parlament faoliyatida ayniqsa, avj oladi. Saylanadigan lavozimlarga nomzodlar saylov
kampaniyasini oʻtkazish harajatlarini koʻtarish korrupsiyaning koʻrinishlaridan biridir (saylangan kishi turli imtiyozlar, yordam,
xizmatlar koʻrsatib «oʻz qarzini» qaytaradi). Aksariyat korrupsiya lobbizm (monopoliyalarning qonunchilik organlari va
amaldorlarga tazyiq oʻtkazish bilan shugʻullanadigan muassasa va agentlari tizimi) bilan bogʻlangan. Xalqaro darajada 1970-
yillarda Yaponiyaga samolyotlar sotishda kompaniya tomonidan oliy davlat amaldorlarini sotib olish boʻyicha «Lokxid ishi»
eng yirik korrupsiya koʻrinishlariga misol boʻladi. Porani xaspoʻshlash uchun yirik bitishuvlarda koʻproq «xizmat haqi» toʻlash
amaliyotidan foydalaniladi.Korrupsiya so’zi lotincha “buzish”, “aynish” degan ma’nolarni anglatadi. Biror mansabdor
shaxsning qonunchilikka va axloqqa zid ravishda o’zining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfatlar
maqsadida foyda olishidir. Korrupsiya atamasi odatda siyosiy apparatga nisbatan ishlatiladi. Mansabdor shaxslarni sotib
olish, ularning poraga sotilishi ham korrupsiya deyiladi. Xalqaro darajda 1970-yilda Yaponiyaga samolyotlar sotishda
kompaniya tomonidan oily davlat amaldorlarini sotib olish bo’yicha “Lokxid ishi” eng yirik korrupsiya ko’rinishlariga misol
bo’ladi.Korrupsiyaning eng keng tarqalgan turlariga poraxo’rlik, ribgarlik, tovlamachilik, nepotizm kiradi. Bunday
jinoyatlarning ko’plab sodir etilishi iqtisodiyotni zai ashtirib, siyosiy boshqaruvni izdan chiqarishi va fuqarolarni davlat tizimi
va siyosiy tizimlarga nisbatan ishonchsizligini keltirib chiqarishi mumkin. Mustaqillikga erishganimizdan keying davrda
ushbu turdagi jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan qator normative huquqiy hujjatlar qabul qilingan, unga qarshi
kurashuvchi davlat idoralari,ularning tarkibiy tuzilmalari tashkil etilgan bo’lsada, unga qarshi kurashish ko’ngildagidek
bo’layotgani yo’q. tom na’noda korrupsiyaviy jinoyatchilik ildiz otib, miqdori kun sayin oshib bormoqda. Eng xatarlisi esa
odamlarni bunday holga nisbatan befarqligi, unga oddiy holat sifatida munosabatda bo’lishidir. Chuqurroq o’ylab qarasak

Events
E’LON!
+998-78-1507825

info@tma.uz
Farobiy 

100109, T
Izlash…
Ҳаволалар
Talabaga 
Xodimga
Davlat ramzlari
TTA tayyorlov kurslari
Bosh sahifa
TTA haqida 
Tuzilma 
Qabul 2023
Faoliyat 
Yangiliklar 



korrupsiya va unga bog’liq bo’lgan iqtisodiy jinoyatchilik davlatlarning bugungi iqtisodiy va siyosiy vaziyatida taraqqiyotga
to’sqinlik qiluvchi asosiy xavf manbai, xavfsizlikka tahdid hisoblanadi.Korrupsiyadan ko’rilayotgan zararning ko’lami cheksiz.
Glabal moliyaviy oshkoralik tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, 2001-yildan 2010-yilga qadar dunyoning 150 rivojlanayotgan
davlatida 6 trillion dollarga yaqin pul korrupsiya bois ko’kka sovurilgan. Bunday davlatlar ro’yxatining boshida Xitoy turibdi.
O’tgan 10 yil davomida bu o’lkada 2,75 trillion dollar noqonuniy oldi-berdi uchun sar angan. Ayni davrda Meksikada 476
milliarda dollar pul davlat g’aznasidan o’marilgan, ya’ni har bir fuqarodan 4500 dollardan o’g’irlandi degani. Rossiyada
korrupsiya keltirgan zarar 152 milliard dollarga teng. Afrika davlatlarida eng korrupsiyalashgani Nigeriya. U yerda noqonuniy
kapital aylanmasi 129 milliard dollarga teng.Mamlakatimizning kelajagini va obro‘-e’tiborini qadrlaydigan har bir vijdonli
fuqaro bu tahdidni esda tutmog’i darkor. Halol mehnat qilish, o‘z bilimi, kuch-g’ayrati va ijodiy qobiliyatini sar ash uchun
barqaror shart-sharoit bo‘lishini istaydigan, farzandlari va yaqin kishilari kelajakda ham demokratik, fuqarolik jamiyatida
sivilizatsiyalashgan bozor munosabatlarining samaralaridan to‘la-to‘kis foydalanishni orzu qiladigan har bir fuqaro,
korrupsiya yo‘liga o‘z vaqtida zarur to‘siq qo‘yilmasa, bu illatlar qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaxshi
anglab etmog’i lozim. Biz korrupsiya balosiga birgalikda, ahillik bilan, dadil qadamlar ila kurashmog’imiz zarur.Uning kelib
chiqish sabablarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashning samarali yo‘llarini topish bo‘yicha mutaxassislar, turli institutlar
va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. O‘ziga xos reytinglar tuzilib, har xil ko‘rsatkich va
raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil ko‘rinishidagi formulalari ham ishlab chiqilgan.
Hanuzgacha, barcha millatlar uchun qo‘l keladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona yechim yo‘q. Gap shundaki,
korrupsiyaning asl ildizi uning paydo bo‘lish geogra yasi bilan o‘zgaradi. Xo‘sh, O‘zbekistonda qanday omillar uning kurtak
otib, «gullab-yashnashi» ga sharoit yaratmoqda.Avvalo, Adliya vazirligi rasmiy saytida keltirilgan izohni qaytadan ko‘rib chiqish
tavsiya etiladi: «Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish
maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir» .Bu yerda kalit so‘zi «davlat organlari
xodimlari» sanaladi. Ya’ni, ushbu jumlaning o‘zi korrupsiya darajasi yuqori ekanida davlat xizmatchilarining roli muhim
ekanligini ko‘rsatadi. Davlat organlarida xizmat qilayotganlarni bunday qabih ishga qo‘l urishga nima undamoqda? Javob
yana izohning o‘zida yastanib turibdi: «moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida» ! Tabiiyki,
korrupsiya ortida mo‘may daromad topish ilinji turibdi, biroq har bir quyi bosqichda uning hakalak otishiga davlat
xizmatchilarining oylik maoshi pastligi sabab bo‘lmoqda. Masalan, mahalliy hokimiyatning oddiy xizmatchisini ko‘z
oldingizga keltiring, uning kichik maoshi, aslida xodim inson kapitaliga mos emasligi, korrupsiyaga qo‘l urishga majbur qiladi.
Soddaroq qilib aytganda, kuchli bilim va tajribaga ega xodim hech qachon kichik maosh taklif etilgan ish lavozimida mehnat
qilmaydi. Uning oldida tanlash uchun ikkita yo‘l turibdi: ish joyini o‘zgartirib, ko‘p oylik maosh va’da qilib turgan xususiy
sektorga o‘tib ketish yoki kichik maoshga «qanoat» qilib, korrupsiyaga qo‘l urish. Bunday vaziyatda, davlat organlarida kadrlar
yetishmovchiligi kuzatilib, tajribali va bilimli mutaxassislarni yo‘qotishi ham hech gap emas.Davlat organlarida oylik maoshni
oshirish bilan korrupsiyaga barham berish mumkinmi? Aslo! Korrupsiya darajasini susaytirish borasidagi takli arni quyida
batafsil mushohada etamiz, lekin, ayni chog‘da uni keltirib chiqaruvchi yana bir omilga e’tibor qaratsak: korrupsiyani keltirib
chiqaruvchi sun’iy to‘siqlar.Sun’iy to‘siq, deb atalmish jihatlar shundan iboratki, ularning barchasini siyosiy iroda kuchi bilan
yo‘q qilish mumkin. Ular nimalar? Ro‘yxatning boshida davlat organlari xodimlarini ishga qabul qilishda yuz berishi
«belgilangan mantiqsizlik» va shaffo ikning yo‘qligidir. Gap shundaki, inson kapitalining haqiqiy qiymatini o‘zbek modelidagi
«obektivka» orqali aniqlash mumkin emas. Bo‘lg‘usi kadrning salohiyatini tekshirish, uning psixologik va jismoniy yetukligi
o‘rniga «Toshkent propiskasi» , «yaqin qarindoshining sudlanganligi» kabi foydasiz vajlar har qanday bilimli kishini rasmiy
doiradan uzoqroq yurishga undaydi. Agar tajribali va bilimli mutaxassis davlat organida ishlash istagi bilan eshik qoqsa, unga
beriladigan ilk topshiriq ham bir talay hujjatlarni yig‘ib kelish bo‘ladi. O‘z o‘rnida har bir ma’lumotnomani olish kichik
korrupsiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Undan tashqari, ishga joylashish masalasida har kim «tanish-bilish» tizimi,
mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, klanizm kabi «ijtimoiy hodisa» larga duch kelishi tayin. Ana shunday barcha «-chiliklar» 
zamirida korrupsiyaga boshlab boruvchi yo‘l mujassam. Shuningdek, kuchli fuqarolik jamiyatining haqiqiy belgisi sifatida
davlat organlarining xalq oldida hisobdorligi, ularning faoliyati va moliyaviy harakatlar aniq raqamlar bilan ifodalanishi shart.
Har bir sohaning xalq oldidagi hisobdorligidan tashqari, ayni paytda, Oliy Majlis a’zolari, vazir va davlat qo‘mita raislari, yuqori
rahbarlik lavozimida ishlaydigan amaldorlarning shaxsiy mol-mulki, daromadlari hamda ularning manbasi shu paytgacha
ko‘rsatilmagan. Hisobdorlik shakli qanday bo‘lishi kerak? Agar bironta vazirlik misolida qisqacha tushuntirish berilsa,
hisobdorlik belgilangan vazifalar, taqvimdagi masalalar hamda bajarilgan ishlar kabi harakatlar bilan to‘yintirilishdan
tashqari, moliyaviy shaffo ikni talab etadi. Bunda har qanday oddiy xalq vakili istagan savoliga javob olishga haqli bo‘lishi
nazarda tutilsin. Xulosa shundaki, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar ana shu hodisa yashab turgan jamiyat yaratgan
tizimning nosog‘lom yashashida namoyon bo‘ladi. Shu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ommaviy axborot vositalarining
korrupsiyaga qarshi kurashdagi asosiy vazifasi ijtimoiy kay yatni yoritish: cho‘qqining o‘tkir nuqtasiga yetib kelganimizni
eslatib turishdan iborat.
Korrupsiya shu darajaga yetib borganki, tibbiyotning u aralashmagan biror yo‘nalishi qolmagan. Korrupsiya xodim ishga
qabul qilinishidan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini yuritish, tibbiy xizmat ko‘rsatish, dori-darmon ta’minoti, deyarli barcha
yo‘nalishlarni qamrab olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, tibbiyot sohasini moliyalashtirish 2018 yilga nisbatan bu yil 30 foizga
ortgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 12 trln 100 mlrd so‘mni tashkil etgan. Sohaga qilinayotgan jiddiy e’tibor va moliyaviy ta’minotga
qaramasdan jiddiy muammolar, kamchilik va nuqsonlar hamon saqlanib qolmoqda. Sog‘liqni saqlash sohasidagi ta’magirlik
va suiiste’molchilik,tizimning barcha bo‘g‘inlarida korrupsiyaning keng ildiz otgani xavotirlidir.
Korrupsiyaga qarshi kurash borasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, poraxoʻrlik, tamagirlik kabi huquqbuzarliklarni
aniqlash va ularga minbʼad chek qoʻyish, bunday jinoyatlarga qarshi jazo muqarrarligini har bir shaxs bilishi zarur. Korrupsiya
balosining naqadar mudhish illat ekanini tushungan, uni ongli ravishda idrok etgan odam bu jinoyatga qoʻl urmaydi. Bugungi
kunda har bir davlatda korrupsiyaga qarshi kurash davom etmoqda. Har bir davlat va jamiyat korrupsiyaga qarshi kurashish
yoʻlini oʻzi tanlaydi, aniqrogʻi, qanday yoʻl toʻgʻri ekanini hayot koʻrsatadi. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashni keng
qamrovda olib borish choralari koʻzda tutilgani, bu borada har bir masalaga alohida eʼtibor qaratilgani bejiz emas.
Mutaxassislar kricha, korrupsiya soʻzi “sotish” va “sotilish” degan maʼnolarni ham anglatar ekan. Korrupsiyaga aloqador
odam qonunni buzishdan tashqari, oʻzining kimligini, eʼtiqodi, maʼnaviyati qay darajada ekanini oshkor qiladi. Bunday odam
nafaqat moliyaviy ziyon-zahmat yetkazadi, balki davlatni, demokratiyani behurmat qilib, obroʻsini toʻkadi, unga non-tuz berib
katta qilgan, ilmu hunar, obroʻ va mansab bergan el-yurtning yuziga oyoq qoʻyadi. Oliy oʻquv yurtida talabadan yo uning ota-
onasidan pora olgan, tamagirlik qilgan dekan yo boshqa mansabdor shaxs uchun iymon, vijdon, insoniylik degan tuygʻular
boʻlmaydi. Ular xarom-xarish yoʻl bilan topganlarini oilasida oʻz farzandlariga harom luqma yegizayotganini tushunmaydi.
Bunday oilada oʻsgan oʻgʻil-qizlar ertaga undan battar ochofat, yulgʻich, poraxoʻr boʻlib oʻsadi va bir kun albatta qopqonga
tushib, umri panjara ortida oʻtadi. Mana shu haqiqatni oliy oʻquv yurtlaridagi har bir mansabdor shaxs yaxshi bilib olishi zarur.



Аввалги
 
O‘ZBEKISTON YOSHLARI BUZGUNCHI GOYALARGA QARSHI! (ODAM SAVDOSIGA QARSHI
KURASH BORASIDA)
Кейингиси
 
ТТА талабалари ўртасида “Энг яхши мақола” ва “Энг яхши ҳикоя” номинациялари
бўйича онлайн танловлар ўтказилди
Fikr bildirish
Fikrni yuborish
U bugun qilayotgan qingʻirliklarimni hech kim bilmaydi, sezmaydi, deb oʻylaydi. Vaholanki, bugun odamlarning koʻzi
ochilmoqda. Oliy oʻquv yurtida qaysi dekan yoki boshqa mansabdor shaxs shunaqa qingʻirliklar qilayotganini atro dagilar
yaxshi bilishadi. Oriyatli, vijdonli ziyolilar ular haqda tegishli idoralarga xabar berib qoʻyishni oʻzlarining vijdoniy burchi, pokiza
yashashga intilgan xalq oldidagi qarzi deb bilmoqdalar. Shunga yarasha oliy oʻquv yurtlari ham asta-sekin tozalanmoqda!
Korrupsiya balosidan qutulish, islohotlarni uning changalidan qutqarish shara i burchimiz ekanligini hamma birdek
tushunmogʻi shart. Aks holda, oʻziga tegishli xulosa chiqarmay, poraxoʻrlik va tamagirlikdan tiyila olmayotgan shaxslar
jazoga tortilishi muqarrar! Maʼruzada taʼkidlanganidek, oliy oʻquv yurtlarida korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi huquqiy
taʼlim va tarbiyani kuchaytirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Toʻgʻri ishlab, halol yashash saodatini yoshlikdan
oʻrgangan odamning umri halovatda boʻladi. Adolatsizlik, qonunga hurmatsizlik, kasbu amalga, ishonchga xiyonat qilib
boʻlmasligini oʻqib-uqqan, poraxoʻrlik va korrupsiyaga, suiisteʼmolchilikka qarshi oʻzida immunitet hosil qilgan yoshlar
kelajakda jurʼatli, vijdonli inson boʻlib yetishadi. Halol mehnat bilan topilmagan boylik totli boʻlmasligini, hech kimga
buyurmasligini, yaxshilik emas, yomonlik va kulfat keltirishini tushunadi. Tanish-bilishchilikdan davlat va jamiyat
manfaatlariga ziyon yetmasligi, qonunlarga, insonning qadr-qimmatiga raxna solinmasligi kerak. Oʻzining gʻarazli maqsadi
uchun har qanday tubanlikdan tap tortmaydigan masʼul shaxs nafaqat oliy oʻquv dargohiga, shu bilan bir qatorda butun
jamiyatga ziyon yetkazadi. Rahbar hammaga oʻrnak boʻlib, halol ishlab, doyilik koʻrsatish oʻrniga, kishi bilmas poraxoʻrlik
qilsa, yosh kadrlar undan nimani oʻrganadi? Qanaqa oʻrnak oladi? Darhaqiqat, har qanday vaziyatda ham halol odam hayotda
gʻolib boʻlib, baxtli-saodatli yashaydi. Bugun butun jamiyatimiz ana shunday pokiza hayotga intilmoqda.

Ташрифлар сони: 2 218
Site map
Бизнинг манзил
Social Media
 
 
Categories
Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar 
*
bilan belgilangan
Sharh 
*
Nom 
*
E-mail 
*
Sayt










BERNICA

Besh tashabbus olimpiyadasi

Dolzarb mavzu

E'lonlar

Ertalabki badantarbiya

Event

Futbol

Grantlar

Ilmiy tadbirlar

Ilmiy tadqiqotga oid e'lonlar



Download 39.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling