Toshkent tibbiyot akademiyasi "tasdiqlayman"


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana10.12.2020
Hajmi0.97 Mb.
#162781
  1   2   3   4
Bog'liq
talabalar mustaqil ishi kasallik tarixi boyicha uslubiy qollanma tibbiyot oliy oquv yurtlari davolash fakulteti iii kurs talabalari uchun uslubiy qollanma


 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 



TIBBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI 

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI 

 

 

 



“TASDIQLAYMAN” 

O’z.R.S.S.V.ning  Fan  va  o’quv  yurtlari  bosh 

boshqarmasi boshlig’i, prof. Sh.E.Ataxanov 

___________________________ 

2009 y.   “_____”_____________ 

№_______ bayonnoma 

 

     


 

 

 



 

 

MAVZU: Talabalar mustaqil ishi (kasallik tarixi) bo’yicha uslubiy qo’llanma  



Tibbiyot oliy o’quv yurtlari davolash fakulteti III kurs talabalari uchun uslubiy 

qo’llanma           

Ta’lim yonalishi-

720000-“Sog’liqni saqlash” 

5720100-“Davolash ishi” 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

TOSHKENT-2009      



    “KELISHILDI” 

O’z.R.S.S.V.ning Tibbiy ta’limni rivojlantirish 

markazi direktori       M.S. Yusupova 

___________________________ 

2009 y.   “_____”_____________ 

№_______ bayonnoma 

 


 

 



Tuzuvchilar: 

1. Zokirxo’jayev Sherzod Yahyoyevich,



 

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti 

ichki  kasalliklar  propedevtikasi,  kasb  kasalliklari,  gematologiya  va  x.d.t.,  oliy  ma’lumotli  hamshira 

fanlari kafedrasi mudiri, T.F.D., professor 

2. Solihov Mirilhom Usmonovich, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti 

ichki  kasalliklar  propedevtikasi,  kasb  kasalliklari,  gematologiya  va  x.d.t.,  oliy  ma’lumotli  hamshira 

fanlari kafedrasi katta o’qituvchisi 

 

Taqrizchilar: 



1.  Bobojonov  S.N.-Toshkent  Tibbiyot  Akademiyasi  Davolash  fakulteti  fakultet,  gospital  terapiyasi, 

sharq tabobati va tibbiy profilaktika fakulteti ichki kasalliklari kafedrasi professori 

 

2. Raximov Sh.M.-Toshkent Pediatriya Tibbiyot instituti gospital terapiya va ichki kasalliklar  



propedevtikasi kafedrasi mudiri professor 

 

 



 

“Talabalar  mustaqil  ishi  (kasallik  tarixi)  bo’yicha  uslubiy  qo’llanma”mavzusidagi  o’quv-uslubiy 

qo’llanma tibbiyot oliy o’quv yurtlari davolash fakulteti III kurs talabalari uchun moljallangan. 

 

          



 

 

 



    Uslubiy qo’llanma TTA MUKida muxokama qilindi. 

             2009 y.   “_____”_____________   №_______ bayonnoma 

 

 

   Uslubiy qo’llanma TTA Ilmiy kengashida   tasdiqlandi. 



             2009 y.   “_____”_____________   №_______ bayonnoma 

 

 



Ilmiy kengash kotibi   (F.I.Sh., imzosi) 

Oliy o’quv yurtining gerbli muhri bosilishi shart. 



 

 



 

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti 

ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy ma’lumotli hamshira 

fanlari kafedrasi mudiri,  T.F.D., professor Zokirxo’jayev Sherzod Yahyoyevich  va  kafedra katta 

o’qituvchisi Solihov Mirilhom Usmonovich hammuallifligidagi “Talabalar mustaqil ishi (kasallik 

tarixi) bo’yicha uslubiy qo’llanma”ga    taqriz 

 

 

 



 

Mualliflar  Toshkent  Tibbiyot  Akademiyasi  Davolash  fakulteti  ichki  kasalliklar  propedevtikasi 

kafedrasi  ishchi  dasturi  asosida  talaba  mustaqil  ishi  (kasallik  tarixi)  o’quv  uslubiy  qo’llanmasini 

yaratishgan.  Qo’llanma  lotin  grafikasida  kasallik  tarixi  yozishga  oid  mavzuda  yaratilgan  bo’lib,  unda 

talabalar  tomonidan  kasallik  tarixini  yozishda  ahamiyat  berilishi  kerak  bo’lgan  barcha  jihatlar  to’la 

tarzda  bayon  qilingan.  Bemor  shikoyatlari  tizimlar  bo’yicha  berilgan,  kasallikni  rivojlanish  tarixi, 

bemor  hayoti  tarixi  chuqur  yoritilgan  xamda  epidemiologik,  allergologik  anamnezlar  yig’ish  tartibi 

keltirilgan.  Ayniqsa  bemorlarni  umumiy  va  mahalliy  ko’ruvdan  o’tqazish  batafsil  yoritilgan.  A’zolar 

tizimi  ob’ektiv  ko’rigida  perkussiya,  auskulitatsiya,  palpassiya  natijalari  tartibi  keltirilgan.  Bemor 

kasalligini rivojlanishini grafik tasviri kasallik rivojlanish jarayonini tasavvur qilishga xamda diagnozni 

to’ri qo’yishga xizmat qiladi. 

Talaba  uchun  bu  metodik  qo’llanmaning  yana  bir  qulayligi  shuki  unda  qo’shimcha  tekshiruv 

usullari taxliliga asoslangan xolda klinik diagnozni qo’yish sodda tushunarli tilda yozilgan.  

 Ushbu  o’quv  uslubiy  qo’llanma  nafaqat  talaba  balki,  yosh  pedagoglar  xamda  U.A.Sh.  shifokorlari 

uchun xam foydali metodik qo’llanma sifatida tavsiya etilgan va buni to’liq oqlaydi deb o’ylayman.  

 

 



 

Bobojonov S.N.-Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti fakultet, gospital terapiyasi, sharq  

tabobati va tibbiy profilaktika fakulteti ichki kasalliklari kafedrasi professori 

 

 



 

 

 



 

 


 

 



 

 

 



 

 

 



Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti 

ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy ma’lumotli hamshira 

fanlari kafedrasi mudiri,  T.F.D., professor Zokirxo’jayev Sherzod Yahyoyevich  va  kafedra katta 

o’qituvchisi Solihov Mirilhom Usmonovich hammuallifligidagi “Talabalar mustaqil ishi (kasallik 

tarixi) bo’yicha uslubiy qo’llanma”ga    taqriz 

 

 



 

 

Toshkent  Tibbiyot  Akademiyasi  Davolash  fakulteti  ichki  kasalliklar  propedevtikasi  kasb 



kasalliklari,  gematologiya  va  x.d.t.,  oliy  ma’lumotli  hamshira  fanlari  kafedrasi  mudiri,  T.F.D., 

professor Sh. Ya. Zokirxo’jayev va kafedra katta o’qituvchisi M. U. Solihov hammuallifligida yozilgan 

talaba  mustaqil  ishi  (kasallik  tarixi)  o’quv  uslubiy  qo’llanmasi  yangi  o’quv  yilida  lotin  grafikasida 

talabalarni  mustaqil  ishini  yozishda  juda  muxum  qo’llanmadir.  Qo’llanma  lotin  grafikasida  kasallik 

tarixi  yozishga  oid  mavzuda  yaratilgan  bo’lib,  unda  talabalar  tomonidan  kasallik  tarixini  yozishda 

ahamiyat berilishi kerak bo’lgan barcha jihatlar to’la tarzda bayon qilingan. Bemor shikoyatlari tizimlar 

bo’yicha  berilgan,  kasallikni  rivojlanish  tarixi,  bemor  hayoti  tarixi  chuqur  yoritilgan  xamda 

epidemiologik,  allergologik  anamnezlar  yig’ish  tartibi  keltirilgan.  A’zolar  tizimi  ob’ektiv  ko’rigida 

perkussiya, auskulitatsiya, palpassiya natijalari tartibi keltirilgan. Bemor kasalligini rvojlanishini grafik 

tasviri kasallik rivojlanish jarayonini tasavvur qilishga xamda diagnozni to’ri qo’yishga xizmat qiladi. 

Talaba  uchun  bu  metodik  qo’llanmaning  yana  bir  qulayligi  shuki  unda  qo’shimcha  tekshiruv           

usullari taxliliga asoslangan xolda klinik diagnozni qo’yish sodda tushunarli tilda yozilgan. 

 Ushbu o’quv uslubiy qo’llanma talabalarga klinika sharoyitida kasallik tarihini to’g’ri tuzishga,                                                                                                   

bu  orqali  diagnostika  jarayonini  to’g’ri  olib  borishga  o’rgatadi.  Qo’llanma  yosh  pedagoglar  xamda 

U.A.Sh.  shifokorlari uchun xam foydali metodik qo’llanma vazifasini bajaradi deb o’ylayman.  

 

 



 

Raximov Sh.M.-Toshkent Pediatriya Tibbiyot instituti gospital terapiya va ichki kasalliklar  

propedevtikasi kafedrasi mudiri professor 


 

 



 

 

 



 

 

        



Talaba  mustaqil  ishi  (kasallik  tarixi)  o’quv  uslubiy  qo’llanmasi  Davolash  fakulteti  III  kurs 

talabalari ichki kasalliklar propedevtikasi fanini o’tish jarayonida bemorlar bilan birinchi bor mustaqil 

ishlay  boshlashlari  sababli  muxim  qo’llanmadir.  Qo’llanma  lotin  grafikasida  kasallik  tarixi  yozishga 

oid mavzuda yaratilgan. Talabalar ichki kasalliklar propedevtikasidan olgan nazariy bilimlarini amalda 

qo’llashlari  ularning  mustaqil  ishlarida  o’z  aksini  topadi.  Talabalar  bemorlar  bilan  muloqotda 

deontologiya qoyidalariga rioya qilishlari, xar bir savolni muloxaza bilan o’ylab bemordan so’rashlari 

zarur. Qo’llanmada bemor shikoyatlari tizimlar bo’yicha berilgan, kasallikni  rivojlanish tarixi, bemor 

hayoti  tarixi  xamda  epidemiologik,,  allergologik  anamnezlar  yig’ish  tartibi  keltirilgan.  Bemorlarni 

umumiy va mahalliy ko’ruvdan o’tqazish o’quv adabiyotlarida batafsil yozilganini xisobga olgan xolda 

ularni  o’tqazish  usuli  qaytadan  yozilmadi,  lekin  bu  tekshiruv  usullarini  qadamma-qadam  bajarish  va 

kasallik  tarixida  yozish  talab  etiladi.  A’zolar  tizimi  ob’ektiv  ko’rigida  perkussiya,  auskulitatsiya, 

palpassiya natijalari tartibi keltirilgan ularni xam qadamma-qadam bajarish va kasallik tarixida yozish 

talab  etiladi.  Bemor  kasalligini  rvojlanishini  grafik  tasviri  kasallik  rivojlanish  jarayonini  tasavvur 

qilishga xamda diagnozni to’g’ri qo’yishga xizmat qiladi. 

Metodik  qo’llanmada  qo’shimcha  tekshiruv  usullarini  tahlilini  yozish  va  tahlilga  asoslangan 

xolda  klinik  diagnozni  qo’yish  tavsiya  etiladi.  Metodik  qo’llanma  talabalarni  terapevtik  klinikada 

bemor  bilan  dastlabki  muloqoti  bo’lishi  tufayli  ular  kasallik  tarixini  ichki  kasalliklar  propedevtikasi 

fani  talablari  asosida  yozishadi,  boshqa  klinik  fanlarda  o’sha  fanlar  talablaridan  kelib  chiqqan  xolda 

ushbu sxemaga biroz qo’shimchalar qo’shilishi mumkin. 

 

 

 

 

 


 



I . Bemor haqida ma’lumot 

 

1. Familiyasi, ismi, otasining ismi- 



2. Yoshi- 

3. Millati - 

4. Ma’lumoti- 

5. Kasbi- 

6. Ish joyi- 

7. Vazifasi- 

8. Uy adresi- 

9. Kasalhonaga kelgan kuni (og`ir ahvolda bo`lsa soat va minuti ko’rsatilishi shart) 

 

II. So`roq ma’lumotlari 

Shikoyatlari 

 “Shikoyatlar”  bo`limida  faqat  xozirgi  vaqtdagi  shikoyatlarni  to`liq  yoritish  lozim,  yani 

bemorning kasali boshlangan kuni qayd qilinmagan shikoyatlar ro`yhatga olinmaydi. Agar bemorning 

bir  necha  kasali  bo`lsa,  u  xolda  avval  asosiy  kasallikga  oid  shikoyatlar,  undan  so`ng  esa  xuddi  shu 

yo`sinda qolgan (hamrox) kasallikga oid shikoyatlar so`raladi va yoritiladi. Bemorning shikoyatlari ikki 

guruhga ajratiladi: asosiy va ikkinchi darajali yoki qo’shimca shikoyatlar. 

Asosiy shikoyatlari 

A’zolar tizimi bo’yicha asosiy shikoyatlari 

            A.Nafas tizimi faoliyatiga oid shikoyatlar: 

 

1. Yo`tal: 



             a) Quruq yoki balg`am ko’chuvchi yo’tal; 

             b) Yo`talning paydo bo`lish vaqti: ertalab, kechki payt, kechqurun. 

             v)  Uning davomiyligi: to`xtovsiz yoki davriy; 

             g) Yotalning xarakteri va intensivligi: baland, kuchli, sekin, ovozsiz, xurillagan va x. k.; 

             d) Yo`talning paydo  bo`lish sharoyitlari:  tananing  aloxida  vaziyatda  bo`lishligi  (aynan 

qaysi), ovqatlanishdan so`ng va x.k.) 

 

2. Balg`amning mavjudligi: 



a) Sutkaning turli vaqtidagi miqdori; 

 b)  Qanday  bartaraf  bo`lishi:  osongina,  qiyinchilik  bilan,  qanday  sharoyitda  oson  bartaraf 

bo`lishi; 


 

v) Balg`amning xidi; 



 g) Balg`amning quyuq-suyuqligi: shilimshiq, suyuq, quyuq va x. k. 

d) Qatlamning miqdori va uning tarifi; 

 

3. Qon tuflashning mavjudligi:  



 a) Intensivligi- qon laxtalari yoki toza qon (uning miqdori); 

 b) Qoning rangi-   och yoki to`q; 

 v) Qon tuflash davriyligi; 

  

4.  Ko`krak qafasidagi og`riq mavjudligi:      



  a) Og`riqni xarakteri:  lo`qillovchi, simillovchi, sanchuvchi va x. k. 

  b)  Og`riq joylashgan soxa; 

  v) Og`riqni  nafas olishga bog’liqligi, jismoniy zo`riqish yoki  yo`tal  bilan  bog`liqligi va x . k.   

  g)  Og`riqning tarqalishi; 

  d)  Og`riqni yengilashtiruvchi vositalarti; 

  e) Og`riqni kuchaytiruvchi xolatlar-gavdani turli tomonlarga og`ishi, ko`krak qafasiga bosilish. 

 

 

5. Nafas qisishi: 



a) Doimiy, tinch xolatda, yoki zo`riqishda, yurganda, tananing turli holatida, gapirganda

b) Nafas qisishni xarakteri-inspiratorli, ekispiratorli, aralash; 

v)  Bo’g’ilib  qolishga  aylanadigan  nafas  qisishning  vaqti  va  uning  yuzaga  chiqish  xolati, 

jismoniy  zo`riqish,  turli  xidlar  bilan  bog`liqligi,  davomiyligi,  nima  bilan  xamroxligi,  yo’talni 

mavjudligi  va  qanday  xarakterli  yo’talligi  (quruq  yoki  balg`amli)  shu  balg`amning  xarakteri; 

bo’g’iluvchan  yokiy  qattiq  xushtaksimon  xurullash  bilan),  shu  vaqtda  bemorning  ruxiyati  va  o`zini 

tutishi, qo`laniladigan davoning   effektivligi (aynan qaysi davoning   effektivligi). 

 

 



                   B.Yurak qon aylanishi tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari. 

  

1. Nafas siqishi (oldingi punktdagi ma’lumotlar so’raladi:  



a) Doimiy, tinch xolatda, yoki zo`riqishda, yurganda, tananing turli holatida, gapirganda; 

b) Nafas qisishni xarakteri-inspiratorli, ekispiratorli, aralash; 

v)  Bo’g’ilib  qolishga  aylanadigan  nafas  qisishning  vaqti  va  uning  yuzaga  chiqish  xolati, 

jismoniy  zo`riqish,  turli  xidlar  bilan  bog`liqligi,  davomiyligi,  nima  bilan  hamroxligi,  yo’talni 



 

mavjudligi  va  qanday  xarakterli  yo’talligi  (quruq  yoki  balg`amli)  shu  balg`amning  xarakteri; 



bo’g’iluvchan  yokiy  qattiq  xushtaksimon  xurullash  bilan),  shu  vaqtda  bemorning  ruxiyati  va  o`zini 

tutishi, qo`laniladigan davoning   effektivligi (aynan qaysi davoning   effektivligi). 

   

2. Yurak soxasidagi og`riq: 



 a) Doimiy yoki xurujli; 

 b) Muayan sharoyitda og’riqni bartarav qilish mumkinligi (ko`krakda, yurak atrofi soxasida va 

x. k.) 

 v) Og’riqni tarqalish (irradiatsiya); 



g) O’g’riqni xarakteri: simillovchi, sanchuvchi, siquvchi, lo`qillovchi, bosuvchi; 

d) O’g’riqni vaxima va qo`rquv bilan, quvvatsizlik bilan, muzdek ter bosish bilan, bosh aylanish 

bilan bog`liqligi; 

 e) O’g’riqni intensivligi; 

  j) O’g’riqni davomiyligi; 

 z) Vaqt birligida og`riq xurujini chastotasi

  i) Og`riq paydo bo`lishini sababi va xolati; 

 k) Og`riq xuruji vaqtida bemor o`zini tutishi va xolati; 

  l) Tibbiy yordam effektivlik darajasi qandayligi, qancha vaqtga yordam berishi va uning ta’sir 

qilish    tezligi; 

3. Yurak urishini o’zgarishi; 

 a)  Yurak  urishi  tezlashishining  xarakteri;  davriyligi,  doimiyligi,  xurujliligi,  intensivligi, 

takrorlanish xossalari; 

 b)  Yurak  urishini  o’zgarishi  paydo  bo`lish  sharoyitlari:  jismoniy  zo`riqishdan  keyin,  tinch 

xolatda, tana xolatining o`zgarishida, xayojonlanganda va x. k.).  

 v) Yurak urishini o’zgarishi nima bilan kechishi ( nafas siqishi, yurak og`rig`i  va x . k ..) 

4. Yurak urushini bemor xis qilishi. 

5. Chetki  (periferik)  qon tomirlarining torayishining  belgilari;  tananing qaysi  qismlarida, nima 

tufayli, qanday chora ko’rilsa o`tib ketadi. 

6. Oyoq va boshqa joylarda shishni paydo bo`lish vaqti (ertalab, kechqurun.) 

7.  Bosh  og`rig`ishi  (Og`riqning  xarakteri:  Obi-xavoning  o`zgarishiga  bog’liqligi,  jismoniy 

zo`riqish  natijasida  og’rish,  xayojonlanishda,  tinch  vaqtda  xam  og`riqni  sezish,  kunni  qaysi  vaqtida 

kuchayishi (kunduzi yoki tunda). 

                              

 V. Hazm tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari. 


 

1.  Ishtaxaning  o’zgarishi:  yaxshi,  ishtaxasizlik,  ishtaxa  oshgan,  o’zgargan,  ishtaxaning   



butunlay yo`qligi (xamma taomlarga yoki ayrim taomlarga); 

2. Ozgina taomga to`yib qolish xissi;  tez ochqash yoki doimiy ochlikni sezish (to’ymaslik). 

3.    Ko’p  chanqash,  sutkada  iste’mol  qilinadigan  suyuqlik  miqdorini  oshganligi,  og`izni  ko’p   

qurishi. 

4.  Og`izdagi  ta’mni  o’zgarishi:  nordon,  achchiq,  metall  ta’mi,  shirinroq  ta’m,  ta’m  sezish 

kamayishi yoki yo`qolishi. 

5. O`g`izdan xid kelishi: chirish xidi, ammiakli, achimtir, chiriyotgan olma xidi va x. k. 

6.  Yutinish  va  ovqatning  yutilishini  o’zgarishi:  og`riq  bilan  yutinish,  qiynalib  yutinish,  ovqat 

yutilishi qiyinligi (qanday konsistenssiyalik ovqat yutilishi qiyinligi) 

7. So`lakning ajralishi (ko’p, kam). 

8. Ortiqcha kekirish mavjudligi (nima sababli  va qay vaqtda boshlanishi, qay darajada) 

 9. Jig`ildon qaynashi: ovqat istemol qilish va ovqatning turiga bog`liqligi. Jig`ildon qaynashini 

yengilashtiruvchi vositalar qo’llash, ularning turlari. 

10. Ko`ngil aynashi: ovqat iste’mol qilishga va uni turiga   bog`liqligi. 

11. Qusish mavjudligi: 

 a)  Ochlikda  qusish,  ovqat  iste’mol  qilgandan  so`ng  qusish  (  o`sha  zaxoti  yoki  ma’lum  vaqt 

o`tgach ), qusish qanday bezovtaliklar bilan o`tishi; qusgach bemorning   axvolini  o’zgarishi ; 

  b) Qusuq moddasining xususiyatlari: yeyilgan ovqat, zardob, to`q jigarrang, toza qon laxtalari 

mavjudligi va x. k.; Qusuq moddasining xidi (chirigan, achimtir va x. k.), xidsiz. 

12. Qorin og`rig`i mavjudligi va uning xususiyatlari: 

  a) Og’riqni yoyilganligi yoki muayan joyda mavludligi;  

  b)  Og’riqni  qachon  va  qanday  sharoitlarda  boshlanishi;  ovqatlanishdan  oldin,  so`ng,  (qancha 

vaqt  o`tgach),  tungi  o`g`riqlar  mavjudligi.  Ovqatlanishning  qorin  og`rig`ini  darxol  to`xtatishi 

mavjudligi.  Og`riqni  yengilatishning  boshqa  usullaridan  foydalanish  (qusish;  dori  qabul  qilish,  isiq 

qo’yish va x. k.) 

  v) Og’riqni iste’mol  qilinadigan taom  turi  bilan  bog`liqligi  (quyuq  taom,  hazm  bo`lishi  qiyin 

bo`lgan taom, yog`liq, achiq va x. k. taomlar) yokiy uning miqdoriga bog’liqligi.         

g) Og`riqning xarakteri: kuchli, simillovchi, lo`qillovchi, xurujli, doimiy, kuchayib boruvchi. 

 d) Og’riqni davomiyligi: 

 g) Og’riq qanday be’zovtalik yoki symptom bilan hamrox xolda kechadi.  

  j)    Qorin  og’rig’ida    siydikni  rangining  to`qligi,  og’riq  xurujidan  so`ng  ichning  rangini 

ocharishini kuzatilishi;  

13. To’sh osti va boshqa soxalarda og`irlik va og`riq  sezilishi.  


 

10 


 14.  Qorining  shishganligi.  Qorinning  damlanishi  va  gazlarning  chiqishi.  Qorin  bo`shlig`ining        

xaddan ziyod quldirashi. 

15. Ich kelishini o’zgarishi: 

 a)  Ich  kelishini  xar  kuni  bir  maromda,  bir  kunda  bir  necha  bor  turli  vaqtlarda  ich  kelishi.  Ich 

kelishi mustaqil, yoki qandaydir usul qo`llanilgandan keyin (klizma, ich yurg’izuvchi dorilar qo’llash). 

 b) Ich qotishi: necha kungacha ich kelmasligi. 

 v) Ich ketishi: nimadan keyin boshlanishi, sutka davomida ichni ketishi soni.   

 g) Tenezmalar mavjudligi; 

 d) Ahlat massasining xarakteri (suyuq, suvdek, quyuq, dona-dona va x. k.), ahlatning rangi va  

 xidi;  aralashmalar  xususiyati:  shilimshiq,  qon  va  yiring,    hazm  bo`lmagan  ovqat  qoldiqlari  , 

gijja va gijja tuxumlari mavjudligi. 

 e) Qon ajralishi ich kelishi (ich kelishdan oldin, axlat aralash, yoki keyin).  

16. Anus soxasini og’rishi, qizishi, qichishi,bavosir tugunlarining mavjudligi. 

17. Ichakning oxirgi qismini tashqariga chiqishi mavjudligi. 

 

G. Siydik ajratish tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari. 



1.  Bel  soxasidagi  og`riqlar  mavjudligi:  uning  xususiyatlari  (lo`qullovchi,  kuchli,  xurujli), 

og’riqning  davomiyligi,  nima  tufayli      boshlanishi  yoki  kuchayishi,  o’g’riq  bilan  kuzatiladigan 

o’zgarishlar, nima tufayli yengilashishi. 

2. Siydik chiqishi: oson, qiyinchilik bilan, odatdagi miqdorda, ingichka tizimchasimon, titilgan 

tizimchasimon, siydik tizimini yon tomonga yoki pastga   og’shi (faqat erkaklardan    so’raladi). 

3. Siydik chiqarishda og`riq mavjudligi, siydik yo’lini achishishi, qizish (siydik    chiqarishdan 

oldin, keyin, siydik chiqarilayotganda). 

4. Siyish qanday muddatda takrorlanishi, ayniqsa  tungi vaqtda.   

5. Sutka davomidagi siydik miqdorini o’zgarishi. 

6. Siydikni rangi: rangsiz, to`q, qonsimon, go’sht yuvindisiga o`xshash va x. k. 

7. Siydik chiqarilayotganda siydik rangini o’zgarishi: boshlanishida, siyish jarayoni davomiyda, 

oxirida. 

8. Siydikni tutib tura olmaslik. Doyimiy yoki tungi siydikni tutib tura olmaslik. 

 

D. Endokrin tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari. 



1. Asabiylik, ruxiyat buzulishlari (xis- hayajon, vaxima yoki beg’amlik, uyquchanlik). 

2. Bo`y va tana tuzilishi mutanosibligi buzilishi. 

3. Tana vaznini o’zgarishi (semirish, ozish). 


 

11 


4.  Teri  xosilalari  faoliyati  o`zgarishi  (xaddan  tashqari  terlash  yoki  teri  quruqligi,  uni 

dag’allashuvi, teri osti chandiqlari (striyalar) paydo bo`lishi; 

5. Birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarning o’zgarishi, ayollarda hayiz tsikli va homiladorlik 

jarayonlarini  o’zgarishi,  erkaklarda  mijos  o’zgarishi  (sustligi  yoki  to’satdan  o’zgarishi,  uning 

xususiyatlari), jinsiy faoliyatning xolati. 

6.  Soch  o`sishining  va  tanadagi  tuklarning  joylashishi  va  o’sishini  o`zgarishi  (xaddan  ortiq 

rivojlanishi, xos emas joyda o`sishi, sochning xaddan ziyod to`kilishi). 

7. Meyyo’rdan ortiq chanqash. 

 

E. Tayanch xarakat tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari. 



1. Suyak va bo`g`imlardagi o`g’riq (qanday muayyan sharoyitda boshlanib tarqalishi); 

2.  Og`riqning  xarakteri:  Obi-xavo  o`zgarishiga  bog’liqligi,  jismoniy  zo`riqish  natijasida, 

xayojonlanishda, tanani tinch xolatida xam og`riqni sezish, tungi og’riqlar mavjudligi. 

3.  Bo`g`imlarning  shishganligi,  bog’im  usti  terisini  qizarishi  –giperemiyasi  (aynan  qaysi 

bo’g’imlar). 

4.  Xarakatning  qiyinlashuvi,  bo’gim  karaxtligi  (aynan  qaysi  bo`g`imlarda)  ertalabki  bo’g’im 

karaxtligi va unung davomiyligi vaqti. 

5. Xarakatlanganda umurtqa pog`onasidagi og`riq va xarakatning qiyinlashuvi.  



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling