Toshkent tibbiyot akademiyasi "tasdiqlayman"


Qo’shimcha  yoki ikkilamchi shikoyatlar  O`zini yomon xis qilish, xolsizlik, tez charchash ish qobilyatining pasayishi, ozish


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana10.12.2020
Hajmi0.97 Mb.
#162781
1   2   3   4
Bog'liq
talabalar mustaqil ishi kasallik tarixi boyicha uslubiy qollanma tibbiyot oliy oquv yurtlari davolash fakulteti iii kurs talabalari uchun uslubiy qollanma


 

Qo’shimcha  yoki ikkilamchi shikoyatlar 

O`zini yomon xis qilish, xolsizlik, tez charchash ish qobilyatining pasayishi, ozish. 

 

   Ayni kasallikning rivojlanishi tarixi (Anamnezis morbi) 

 

Kasallikning dastlabki boshlanish belgilari bilan bog`lanadi va   keyingi kechish davri yoritiladi.  



1. Kasallik qachon, qayerda va qanday sharoitda boshlangan. (asta-sekin, tosatdan) 

2.  Bemor  kasallikning  boshlanishini  nima  bilan  bog`laydi.      Kasallikning  boshlanishida  ruxiy 

ta’sirlar,  jismoniy  yoki      aqliy  toliqish,  uyqusizlik  (yoki  uyquga  to`ymaslik)  infeksiyon      ta’sirlar 

(toksikoinfeksiyalar),  sovuq qotish va boshqa sabablar. 

3.  Kasallikning  rivojlanishi–  shiddatli,  yoki  asta-sekin.  Dastlabki  belgilari.  Kasallik 

boshlangandan  qancha  vaqt  o`tgach,  birinchi      marotaba  qachon  tibbiy  yordamga  murojaat  qilgan. 

Qachon va  qanday yordam ko`rsatilgan, uning natijasi qanday bo’lgan. 

4. To`liq xronologik ketma-ketlikda, kasallik boshlanishining   dastlabki belgilari bemorni ayni 

vaqtda tekshirilayotgandagi   yangi   belgilarni paydo bo`lishi va keyingi rivoji yoritiladi. 


 

12 


5.  Bemorning  xozirgi  tibbiy  ko`rikga  qadar  birinchi  marotaba  tibbiy  yordamga  murojatidan 

boshlab, hozirgi va undan    keyingi diagnostik chora -tadbirlarining xarakteri va    natijasi xam to`liq 

xronologik ketma-ketlikda yoritiladi. 

Iloji  boricha  kasallik  varaqasi  va  boshqa  tibbiy  xujjatlardan  foydalaniladi  (o`zgarishni 

ko`rsatuvchi asosiy ma’lumotlar    qisqacha yoritiladi).  

6. Ayni kasallik davridagi mehnat qobiliyati o’zgarishi yoziladi. 

7. Xozirgi vaqtda tibbiy yordamga murojaat qilish davrida o`zini xis qilishi. 

8.  Bemor  kasalligini  turli  bosqichlariga  o’zining  munosabati.  Kasallikni  ichki  (sub’ektiv) 

moxiyati. Kasallik bilan bog`liq ruhiy hissiyotlar (tashvishlanish,beparvolik,ortiqcha kuyinish,qo’rquv). 

9.  Kasallikni  muolaja  bilan  bog`liq  ruhiy  xolati:  kasallikni  oiladagi,      xizmatdagi,  atrofdagi 

bemorlar  va  tibbiy  xodimlar,  ayniqsa  tibbiy  xamshira  bilan  munosabatiga  ta’siri.  Bemorni  ko`rikdan   

o`tqazishga, muayan kasallikni bartarav qilishga va davolashga   munosabati. 

 

Bemor hayoti tarixi (anamnezis vitae) 

1. Qachon, qayerda, qanday oilada, nechanchi farzand bo’lib tug`ilgan. 

2. Qanday sharoitda o`sgan va ulg`aygan.  

3. Necha yoshdan maktabga chiqqan, o`qishni boshlagan, ozlashtirishi qanday bo’lgan, qancha 

vaqt o`qigan. O`smirlikdagi   kasb tanlashga yoki o`qishni davom ettirishga munosabati.  

4.  Mehnat  faoliyati  analizi:  kasb  egallashi,  ish  faoliyatini  necha  yoshda  boshlaganligi,  ishning 

xarakteri va sharoiti, kasbining zararli ta’siri. Ish faoliyatini keyingi o`zgarishlari tog’risida ma’lumot. 

Hozirgi  mehnat  sharoiti.    Kasbini   to`la   ta’rifi.  (binoning  ichi    yokiy ochiq  havoda ishlashi, ish joyi  

havo   temperaturasi, uning o`zgaruvchanligi, yoritilishi va uni  xarakteri, chang, zararli moddalar bilan 

aloqasi  borligi).  Ish  vaqti  davomiyligi  va  tanaffusning  davomiyligi.  Dam  olish  tartibi  va  davriy  dam 

olishlardan qanday foydalanganligi.   Ishda kelishmovchiliklarning mavjudligi. 

5. Mayishiy sharoiti: yashaydigan xona maydoni va unda yashaydigan kishilar soni; nechanchi 

qavat, xona issiqligi yoki sovuqligi,   yoritilganligi, isitishning turi, zax sharoitning mavjudligi. 

6.    Oilada  ishlovchilarning  soni  va  oila  umumiy  byudjeti;  oilada      kelishmovchiliklarning 

mavjudligi. 

7.    Ovqatlanishining  xususiyatlari:  ko’proq  uyda  tayyorlangan  yoki  davlat  oshhonasida 

tayyorlangan  ovqat  iste’mol  qilishi.  Iste’mol  qilinadigan  ovqatning  xususiyatlari,  iste’mol  qilishning 

davomiyligi va davriyligi; kunlik, xafta davomidagi odatdagi ovqatlanish menyusi. 

8. Ochiq havoda bo’lish davomiyligi, sport va jismoniy mashg’ulotlar bilan shug’ullanishi.  

9. Zararli odatlari:  

   a)  Tamaki chekishi, necha yoshdan chekishi, kun davomidagi chekish miqdori; 


 

13 


   b) Spirtli ichimliklar iste’mol qilishi.Qancha vaqtdan beri, qanday davomiylikda (tez-tez yoki 

ba’zan) va qancha miqdorda, qanday ta’sir qilishi; 

              v)  Boshqa zararli odatlari to’g’risida ma’lumot. 

10.  Ayni  kasallikdan  boshqa  kechirgan  kasalliklari,  jaroxatlari,  operatsiyalar.  Bemorning 

kechirgan xamma kasalliklari to`g`risida to`liq so`roq qilish, kasalxonaga kelguniga qadar, bemorning 

yoshini ko`rsatgan holda xar bir kasallanishi yilini ko`rsatib, davomiyligi, uning og`irligi, kasallikning 

asari va olib borilgan davoni turi (statsionarda, ambulatoriya, uyda) ko’rsatiladi.                                                                                          

Yuqumli  kasal  va  sil  kasali  bilan  og`riganligi  to`g`risida  aloxida  so`rash  lozim.  Avallari  xam 

xozirgi kasaliga o`xshash kasallik bilan og`riganligi to’g’risida ma’lumot; 

11. Oilaviy va jinsiy hayyotiga oid ma’lumotlar:  

 a) Ayyollardan -qachondan xayz ko’rishi va uni kechishi xususiyatlari, xayz ko’rish davrining 

buzilishi, agar   xayz ko`rishdan qolgan bo`lsa, u xolda   klimaksning o`tishi xususiyatlari.  

 b)  Ayyollardan necha yoshdan turmushga chiqganligi, erkaklardan necha yoshda uylanganligi.           

 v) Ayyollarda homiladorlikning soni va uning o`tishi, bola tushishi hollari, tug`ish soni, xozirgi 

farzandlar soni aniqlaniladi; 

 g) Jinsiy hayyoti xususiyatlari o’zgarishiga oid ma’lumotlar aniqlaniladi. 

12.  Erkaklardan  xarbiy  xizmatda  bo`lganligi  (bo`lmagan  bo`lsa  nima  sababdan),  xarbiy 

xarakatlardagi ishtirokii aniqlaniladi. Jiddiy yaralanish va kontuziyaning bo’lganligi aniqlaniladi. 

13.  Yaqin  qarindoshlarining  kasali  (eri  yoki  hotini).  Yaqin  qarindoshlarining  axvoli, 

sog`lig`ining      holati  yoki  vafot  etgan  bo’lsa,  o`limining  sababi  (necha  yoshda  vafot  etgan).  Sil    

kasalligi,  yurak-tomir  tizimi  kasalligi,  venerik  kasallik,  alkogolizm,  ruhiy  kasalliklar,  modda 

almashunuvining  buzilishi,      qandli  diabet  kasalliklari  mavjudligiga  aloxida  e’tibor  qilinadi.  Mumkin   

qadar oilaviy kasalliklar to’g’risida ma’lumot yig’ilishi kerak. 

14.  Shu  paytgacha  qo’llanilgan  davolanish  choralarining  ta’siri  (dori-darmonlar  va  x.  k. 

to’g’rusida ma’lumot). 

15. Qon va qon o`rnini bosuvchilar quyilganligi va qanday ta’sir qilganligi. 

16. Ayollarda muddatidan ilgari tug`ish va tug`ilgan bolalarning gepatit (sariq) bilan og`riganlik 

xollari bo`lganligi xaqida so`rash zarur. 

17.  Bemorning  xarakteri,  kasallik  va  muolajaga  bo’lgan  munosabati.  Kasallik  tarixiga  bog`liq 

b’olgan boshqa ma’lumotlar so’raladi. 

 

Epidemiologik anamnez 

Bemordan  yuqumli  kasallik  o’tkazganligi    to’grisida  so’raladi.  Chet  el  safarida  bo’lganligi 

aniqlaniladi. Oxirgi olti oy mobaynida tibbiy muolaja, mikrooperatsiyalar (tish oldirish, abort, quloqni 

zirak  uchun  teshish,  tatuyirovka  va  b.)  bo’lganligi,  yuqumli  kasallik  aniqlangan  bemorlar  bilan 



 

14 


muloqotda  bo’lganligi,  sababsiz  ich  ketganligi,  sababsiz  xarorati  oshganligi  aniqlanadi  va  xulosa 

yoziladi. 

 

Allergologik anamnez 

Bemorda  dori  moddalariga,  oziq-ovqat  maxsulotlariga,  changa,  xidga,  mayshiy  soxada 

ishlatiladigan  kimyoviy  vositalarga  allergiya  kuzatilganligi  aniqlanadi  .Bu  xolat  qanday  ko’rinishda 

kechganini yoritish juda muhim.Aniqlangan allergiya beruvchi vosita nomi kasallik bayoni muqovasiga 

qizil rangli siyox bilan yozib qo’yiladi. 

 

IV Jismoniy tekshiruv (status praezens ob’ektivus). 

A. Umumiy ko’zdan kechirish 

1. Umumiy axvoli: qoniqarli, o`rta o`g`irlikda, og`ir, o’ta og`ir.  

2. Bemorning xolati: aktiv, passiv, majburiy. (Majburiyni qaysi kasallikga xos turi) 

3. Es-xushi, fikrlashi: aniq, buzilgan (stupor, sopor, koma) 

4. Qadi qomati va yurishi. 

5. Boshi va bo`yni (ularning xususiyati, shakli) 

6. Yuz ifodasi: qaysi kasallikga xos, xotirjam-tinch yoki bezovta, vaximaga tushgan va x. k. 

7. Yuz, burun, quloq shakli va xususiyatlari. 

8. Gavda tuzilishi: to`g`ri, noto`g`ri, deformatsiyalar. 

9. Tana konsitutsiyasi (normastenik, astenik, giperstenik- belgilari aloxida keltiriladi.) 

10.  Bo`yining  o`lchami  -santimetrda,  og`irligi-kilogrammda,  ko`krak  qafasining  aylanasi 

o’lchami- santimetrda, uchta indekslar- formulasi bilan natijasi ko’rsatiladi va taxlili keltiriladi. 

 

B. Teri qoplamasini ko’zdan kechirish 



1. Teri rangi: tana rangida, och pushti, qoracha, qizil, oqargan, kesak rang, to`q jigarrang  yoki 

bro`nza rangida (shu rang terini qaysi qismida joylashganini ko`rsatish lozim). 

2. Teri dog`lari (leykoderma), uni muayan sharoitda yo’qolishi. 

3.  Teri  toshmalari  (isiqlik)  va  uning  xususiyatlari:  eriterma,  dog`,  rozeola,      papula,  teri 

puffakchasi.  Qichima,  teri  yarasi  po’stlog’i,  erroziyalar,  teri  yorilishidan  xosil  bo’lgan  yaralar, 

boshqacha  sababli  yara-chaqalar,  tomir  yulduschalari  teleangioektaziylar  (paydo  bo`lgan  joyini   

ko`rsatish zarur). 

4.  Teri  osti  gemorragik  holatlar:  yoyilganligi,  o’zgaruvchanlik  xususiyatlari,  ivodalanganligi,   

o`lchamlari, soni. 

5. Teri chandiqlari, joylashgan joyi, uning xususiyatlari va xarakatchanligi, o`lchami. 

6. Terining elastikligi (mee’rida, pasaygan). 


 

15 


7. Terining namlik darajasi: mee’rida, yuqori. Terining quruqligi, po`st   tashlaganligi. 

8.  Terining  xosilalari  (ateromalar,  angiomalr,  va  x.  k.)  ularning      xususiyatlari,  formasi, 

kattaligi, 

(santimetrda), 

yuzasi 

(silliq-g’adir-budur), 



konsistentsiyasi 

(yumshoq-qattiq), 

qo`zg`aluvchanligi, og`rishi, ular ustidagi terning holati. 

9.  Barmoqlar:  shakli  (“soat  oynasi  “),  rangi,  bo’ylama  chiziqlar  borligi,      sinuvchanligi, 

barmoqlarning yemirilganligi. 

10.  Sochlar  xususiyati  (qalin-siyrak,  nozikligi),  to`kilganligi  (ko’proq  qaysi  soxadaligini 

ko`rsatish),  qoshini  xususiyatlari,  nota’biy  kallikni  va  oqarishni  boshlanishi.  Sertuklik  (joyini 

ko`rsatish), ayyolarda girsutizmning borligi. 

 

V.  Ko`rinma shilliq pardalarni ko’zdan kechirish. 



1. Ko`rinma shilliq pardalar rangi: och-pushti, oqargan, sarg`aygan, tsianozliy. 

2. Enantema-shilliqsimon qoplanish mavjudligi, xususiyati va joyi. 

 

G. Teri osti to`qimani ko’zdan kechirish. 



1.  Teri  osti  qavati:  yog`simon  qatlam,  meyo’rida,  sust  rivojlangan,  rivojlanmagan,  o`rtacha 

rivojlangan, haddan tashqari rivojlangan (qalinligini santimetrda ko`rsatish). 

2.  Teri  osti  tomirlari:  ifodalangan,  kam  seziladigan,  kattalashgan,  venani  varikozli  kengayishi 

(kam-ko’pligi, ifodalanishi, uning    rangi o’zgarganligi, varikoz tugunchalari yallig’langanligi). 

3. Qon bosim ko’tarilgan vaqtida teri osti tomirchalarining ifodalanishi, kepchib shishganligini 

aniqlash, bosib ko’rilganda g’ichirlashi (teri osti qavati   emfizemasi vaqtida). 

4. Shishlar: joylashuvi, ularning konsistentsiyasi, ifodalanishi va taqsimlanishi, tananing ayrim 

qismlarida (qo’l, oyoq, yuz, qorin, bel)umumiy shish, pastoz holat (kepchish).  

5. Semizlikni mavjudligi, yog` to’qimasini ortiqcha yig’ilgan joylar, o’lchamii -santimetrda. 

 

D. limfatik tugunlarni ko’zdan kechirish va ularni palpatsiyasi. 



1. Barcha gurux limfatik tugunlarni tartibi bilan joylashgan soxani qo`l bilan aniqlab qayd etish 

zarur. 


2. Limfatik tugunlarni kattaligi –santimetrda qayd etiladi. 

3. Limfatik tugunlarni shakli: oval, dumaloq, noto`g`ri shaklda. 

4. Limfatik tugunlarni yuzasi: tekis, egri-bugri. 

5. Limfatik tugunlarni konsistentsiyasi: qattiq, yumshoq, elastik. 

6. Limfatik tugunlarni palpatsiyada og`rishi. 

7. Limfatik tugunlar ustidagi terning xolati. 

 


 

16 


 

E. Muskullarni ko’zdan kechirish va ularni palpatsiyasi.. 

1.  Muskullarning  rivojlanishi  darajasi:  tana  qismiga  mutanosib  rivojlangan,  atrofiyalanganligi 

yoki gipertrofiyalanganligi. 

2.  Muskullar  tonusi:  ikki  tomondagi  bir  xil  mushaklarda  meyo’rida,  (yoki  farq  qiladi), 

muskullar tonusi oshgan, muskullar tonusi kamaygan. 

3. Muskul kuchi- ballarda aniqlanadi. 

4. Muskullarni palpatsiyada og`rishi, muskul to’qimasini zichlanishini borligi. 

 

J. Suyak-bo`g`im tiziminini ko’zdan kechirish va ularni palpatsiya xamda perkussiysi natijalari. 



1.  Skelet  qismlarining  proportsional  nisbati.  Suyaklar  deformatsiyasi  mavjudligi.    Bosh 

suyakning shakli, o’lshami, ayrim qismlarining mutanosibligi.  

2. Qo`l va oyoq barmolarning distal falangasining yo`g`onlanishi-“Baraban tayyoqchalari”. 

3.    Paypaslashda  suyak  usti  pardasining        qalinlashganini  va  sirtini  g`adir-budurligini 

aniqlanishi. 

4. Suyaklarni yumshashini aniqlash. 

5. Paypaslash va urib ko`rilganda suyaklarni (qovurg`a, umurtqa, to`sh suyakning) og`rishi. 

6. Suyaklar deformatsiyalari. 

 

Z. Bo`g`imlarni ko’zdan kechirish va ularni funkssional holati, palpatsiyasi. 



1.  Ko’zdan  kechirganda:  bo`g`imlarni  konfiguratsiyasi,  shishganligi,  bo`g`imlar  ustidagi,  teri 

giperemiyasi. 

2.  Bo`g`imlarni  palpatsiyasida:  maxalliy  temperaturaning  o`zgarganligi,  og`rishi,  bo`g`imlar 

ustidagi terini o’zgarganligi, bo`g`imlarda va suyaklarda deformatsiya mavjudligi. 

3. Bo`g`imlarni xarakati vaqtida shovqinlar mavjudligi (qisirlash, shiqillash va x. k.) 

4. Bo`g`imlardagi aktiv va passiv xarakat xajmi. 

5. Umurtqa pog’onasining shakli, uning xarakatchanlik darajasi, deformatsiyalar mavjudligi. 

6. Bemor yurishining biror kasallikga xosligi. 



 

 

 

 

 

 

 

 

17 


 

A’zolar tizimi bo’yicha t ekshiruv 

I  Nafas a’zolari tizimi 

   Nafas olish tizimi faoliyatiga oid shikoyatlar  

  Nafas olish tizimini ko’zdan kechirish ma’lumotlari- yuqori nafas olish yo`larining xolati: 

1. Burun:  nafas olish vaqtida burun qanotlarining ishtiroki, nafasning burun orqali  ravonligi. 

2. Paypaslashda va urib ko`rilganda burun qafaslari soxasida   og`riq borligi. 

3. Tovushning xirillashi, manqalik. 

 

 Ko`krak qafasini ko’zdan kechirish va tekshirish. 



1.  Ko`krak  qavasi  shakli:  gavdasi  konstitutsiyasiga  mutanosib  shaklda,  patalogik  shaklda 

(bochkasimon,   paralitik,   rahitik,  voronkasimon, “tovuq ko’kragi”, “kosib ko’kragi”, emfizematoz), 

epigastral burchak xarakteristikasi. Ko`krak qavasi deformatsiyalari. 

2.  Ko’krak  qafasining  xarakat  assimetriyasi:  turli  qismlarining  bo`rtib      chiqganligi  va  bir 

qismini xarakatda orqada qolishi. 

3.  Qo`vurg`alar  oralig`ining  kengligi.  Qo`vurg`alarning  yo’nalishi  (odatiy,  vertical  yoki 

gorizantalga moyil.)  

4. Kuraklarni xolati: oralig`ining zichligi, ularning nafas xarakatida orqada qolishi (qanotsimon 

kuraklar), simmetrikligi. 

5. Nafasning turi: ko`krak, qorin, aralash. 

6.  Nafas  olishning  tezligi  va  chuqurligi:  yuzaki,  chuqur,  ritmik,  ritmik      emas  (Cheyn-Stoks, 

Kussmaul, Biott) 

7. Minutiga nafas soni: nafas olish va chiqarishning nisbati.  

8. Nafas olishda ko`krak qafasining xarakati: bir tekisda,  yoki ko`krak qafasning ikki tomonini 

bir-biridan orqada qolishi. 

         Ko`krak qafasini paypaslash (palpatsiyasi) 

9. Paypaslashda ko`krak qafasining og`riqli nuqtalari mavjudligi;  

                 a) O`griq bir joyda yoki  tarqalgan. 

                 b) Trapetsiyasimon muskular soxasida

                 v) Qovurg`alar va ko`krak muskullari og’rishi; 

                 g) Qovurg`alar oralig`i nervlar chiqish nuqtasida; 

10. Ko`krak qafasining rezistentligi: meyorida, ortgan. 

11.  Ovoz  titirashini  aniqlash:  ko`krak  qafasini  barcha  soxalarida  bir  xil-ozgarmagan,  ayrim 

joylarda kuchaygan yoki susaygan. 

12. Palpatsiyada plevraning ishqalanishi sezilishi (joyi). 


 

18 


 

O`pka perkussiyasi. 

1.  Taqqoslama  perkussiyaning  natijalari:  o’pka  sirtidagi  perkutor  tovush,  perkutor  tovushning   

ko`krak qafasining xar hil nuqtalardagi xususiyati. 

2. Topografik perkussiyaning natijalari (avval ko`krak qafasining o`ng, so’ngra chap qismining 

xamma nuqtalarda amalga    oshiriladi):  

O`pkaning quyi chegaralari 

Chiziqlar 

O`ng o`pka  

Chap o`pka 

To’sh oldi chizig’i bo’yicha 

VI qovurg’a qirrasi- 

          ------------- 

O’rta o’mrov chizig’i bo’yicha 

VI qovurg’a oralig’i 

         -------------- 

Qo`ltiq 

oldingi 


chizig’I 

bo’yicha 

VII qovurg’a oralig’i 

          ------------- 

Qo`ltiq    osti  o’rta    chizig’i 

bo’yicha 

VIII qovurg’a oralig’i 

VIII qovurg’a oralig’i 

Qo`ltiq orqa chizig’i bo’yicha 

IX qovurg’a oralig’i 

IX qovurg’a oralig’i 

Kurak chizig’i bo’yicha 

X qovurg’a oralig’i 

X qovurg’a oralig’i 

Umurtqa 

yoni 


chizig’i 

bo’yicha 

XI qovurg’a oralig’i 

XI qovurg’a oralig’i 

 

 

 O`pka cho`qqisining o’ng va chap tomondan, oldi va orqa tomondan balandligi aniqlanadi. 



  

  O`pkaning quyi chetlarining xarakati (chiziqlar bo’yicha o’ng va chap tomondan): 

 

Topografik chiziqlar 



O`pkaning quyi chetlarining xarakati (santimetrda) 

O`ng o`pka  

Chap o`pka 

Nafas 


olishda 

Nafas 


chiqarishda 

Jami 


Nafas 

olishda 


Nafas 

chiqarishda 

Jami 

O’mrov 


o`rta 

chizig’i   

bo’yicha 

2-3 


2-3 

4-6 




Qo`ltiq  osti  o’rta    chizig’i 

bo’yicha 

3-4 

3-4 


6-8 

3-4 


3-4 

6-8 


Kurak chizig’i bo’yicha 

2-3 


2-3 

4-6 


2-3 

2-3 


4-6 

 


 

19 


v) Krening maydoni o’lchamlari (o’ng va chap tomondan). 

 

O`pkani eshitish (Auskultatsiya) 



1.  O`pkaning  xamma  yuzasi  ustidagi  (topografik  chiziqlar  bo’yicha  o’ng  va  chap  tomondan) 

nafas olish shovqinlarining    xarakteri. 

2. Qo’shimcha nafas olish shovqinlari: ularning joylashishi va xususiyatlari, xirillashlar mavjud 

bo’lsa  ularning  to’liq  tavsifi,  balg`amli  yo`talishning  xirillashlarni  auskultativ  xususiyatlarini 

o’zgartirishi.   

3. Bronxofoniya ma’lumotlari (topografik chiziqlar bo’yicha o’ng va chap tomondan) 



 

II. Yurak qon aylanish tizimi. 

Yurak qon aylanish tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari 

Yurak qon aylanish tizimini ko’zdan kechirish ma’lumotlari 

  Qon tomirlarni ko’zdan kechirish.   Bo`yin arteriyalari va venasini ko’zdan kechirish. 

1. 

Arteriyalarning 



ko`rinma 

pulsatsiyasi, 

bo`yin 

venasining 



xolati. 

Vena 


pulsi: 

ifodalangan,ifodalanmagan, musbat, manfiy. 

2. Pulsatsiya vaqtida arteriyaning xolati: ifodalangan, ifodalanmagan, musbat, manfiy 

3. Nurli arteriyada arteria pulsatsiyasini tekshirish: 

                      a) Pulsni o’ng va chap bilak nurli arteriyalarda taqqoslash; 

                      b) Pulsni ritmiga baho berish- ritmik, aritmik puls; 

                      v)  Pulsni soni, pulsda defitsitlikning borligi

                      g) Pulsni to`liqlik xususiyati; 

                      d) Pulsni kuchi; 

                      e) Pulsni kattaligi; 

                      j) Pulsni shakli; 

                      . 

4.  O’ng  va  chap  oyoq  arteriyalaridagi  (asosiy  arteriyalaridagi)  puls  xususiyatlari,  oyoq  kafti 

arteriyalaridagi pulsning xususiyatlari. 

5. Psevdokapillyarli puls. “Kvinke pulsatsiyasi”. 

6. Belning buyrak soxasini, uyqu arteriyalarni va asosiy vena tomirlarni auskultatsiya natijalari. 

7. Arterial bosimni o’lchash natijalari: o’ng va chap qo’ldan xamda oyoqdan o’lchash. 

 

Ko`krak qafasining yurak soxasini tekshirish va palpatsiyasi: 



1. Ko`krak qafasining yurak soxasini bo`rtib chiqganligi mavjudligi -yurak bukriligi. 

2. Ko`krak qafasining yurak soxasidagi ko`rinma pulsatsiya mavjudligi. 



 

20 


3. Yurak cho’qqisi turtkisi xususiyatlari:  

  a) Yurak cho’qqisi turtkisi joylanish joyi;  

  b) Yurak cho’qqisi turtkisi kengligi; 

  v) Yurak cho’qqisi turtkisi musbat yoki manfiyligi; 

  g) Yurak cho’qqisi turtkisining kuchi: -meyorda, kuchsiz, kuchli;  

 J) Ko`krak qafasining yurak soxasidagi palpator aniqlanuvchi shovqinlar (“mushuk xirrillashi” 

simptomi). 

 

Yurak perkussiyasi 



1. Yurakning absolyut va nisbiy chegaralari, yurak ko’ndalang o’lchami uzunligi -santimetrda; 

2. Tomir tutamining kengligi –santimetrda; 

3.  Yurak  kohfiguratsiyasi:  -  meyordagi  kohfiguratsiya,  mitral  kohfiguratsiya,  aortal 

kohfiguratsiya; 

 

 

Yurak auksultatsiyasi: 



1.  Yurak  tonlarini  eshitilish  nuqtalardagi  tavsufi:  yurak  qisqarishlari  soni-minitiga,  ritmi, 

eshitilish  joylari  bo’yicha  balandligi  (aniq,  bo`g`iq).  Tonlar  kuchining  nisbati:  kuchayishi  yoki 

tonlardan  birining  susayishini  muayan  joyga  tegishliligini  ko`rsatilish,  tonlarni  ikkilanganligi,  “ot 

dukuri”, “bedana sayrog’i” kabi patologik tonlarning mavjudligi va ularning joylashgan joyi. 

2.  Shovqinlar:  funkssional  yoki  organik  shovqinlarning  mavjudligi,  shovqinlarning  yurak 

faoliyatini  fazalariga  bog`liqligi,  ularning      balandligi,  tembiri,  davomiyligi,  boshqa  soxalarga 

uzatilishi. 

  Perikard ishqalanish shovqinlarini mavjudligi va uning xususiyatlari. 

 


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling