Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti 204-a guruh talabasi allanazarova nazokatning fiziologiya fanidan m u s t a q I l I sh I


Download 276.83 Kb.
bet1/3
Sana19.04.2023
Hajmi276.83 Kb.
#1364561
  1   2   3
Bog'liq
Allanazarova Nazokat fiziologiya

Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti 204-a guruh talabasi allanazarova nazokatning fiziologiya fanidan m u s t a q I l I sh i

Buyraklar faoliyatining boshqarilishi. Ichki muhitning tarkibi va hajmi boshqarishida buyraklarning ahamiyati. Siydik konsentratsiyasi va hujayralararo suyuqlikni boshqarilishi

Zamonaviy kuzatishlar shuni ko’rsatib turibdiki, buyraklar faoliyatining boshqarilishida ikkita tizim: asab va gumoral ishtirok etadi. Vegetativ asab tizimi nafaqat koptokchalar filtrasiyasini balki kanalchalardagi reabsarbsiyani ham boshqarib turadi.

Simpatik asablar buyrakni innervasiya qilib, asosan tomirtorayuvchi natija beradi. Ularning qitiqlanishi oqibatida siydik bilan chiqadigan suvning miqdori kamayib, natriy miqdori esa oshadi. Simpatik asab qirqilgan (buyrakni innervasiya qiladigan asab) siydikning miqdori ortadi. Biroq, simpatik asab tizimi qo’zg’alganda koptokchalar arteriolalari torayib, siydik filtrasiyasi kuchayadi. Og’riq ta’sirida diurez (siydik hosil bo’lishi va chiqishi) refleks yo’li bilan kamayadi, hatto to’xtatiladi.

Bunday vaqtda simpatik asab tizimining qo’zg’alishi va vazopressin gormoni miqdorining oshishi natijasida buyrak qon tomirlari toraydi.Buyraklar faoliyatida parasimpatik asab tizimining ta’siri haligacha oxirgacha o’rganib chiqilgan emas. Faqat shuni aytib o’tish zarurki, bu asabning qo’zg’alishi natijasida siydik bilan (qayta so’rilishining pasayishi sababli) ko’p miqdorda xloridlar ajralib chiqadi.

Yu.V.Natochin laboratoriyalarida (Rossiya) buyraklar faoliyatida oliy asab faoliyatining ishtirokini aniqlab bergan. Masalan, markaziy asab tizimining eng oliy tuzilmasi - miya po’stlog’i sut emizuvchilarning buyrak faoliyatini vegetativ asablar yoki gipotalamus orqali keskin o’zgartiradi. Gipotalamus yadrolarining o’zida (neyrosekretor hujayralarda) antidiuretik gormon-vazopressin hosil bo’lib, gipofizning orqa bo’limida (neyrogipofizda) zahira bo’lib turadi. Organizmning ichki muhiti holatiga qarab vazopressin gipofizdan qonga o’tib diurezni boshqaradi. Buyraklar faoliyatining bunday yo’l bilan boshqarilishi nerv-gormonal boshqarilish deyiladi.


Download 276.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling