Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali Tibbiy profilaktika ishi va


Download 1.17 Mb.
bet1/3
Sana27.12.2022
Hajmi1.17 Mb.
#1069215
  1   2   3

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali Tibbiy profilaktika ishi va SSB xorijiy talabalar fakulteti Tibbiy profilaktika ishi yo’nalishi 151-A guruh talabasi Yusupova Zahroning Tibbiy biologiya fanidan tay- yorlagan mustaqil ishi.

Viruslarning o’ziga xos tuzilishi. Viruslarning umumiy harakteristikasi Viruslarning rivojlanishi Viruslarning klassifikatsiyasi O’simliklarning virusli kasalliklari

XIX asrning 80-yillarida quturish kasalligi sabablarini tekshirar ekan, Lui Paster, quturishdan o‘lgan hayvonlarning umurtqa miyasi kasallik manbai va tarqatuvchisi bo‘lishi ehtimolini payqadi. Lekin, u quturishni qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarni topa olmadi. Paster yuqumli kasalliklarni bakteriyalar tomonidan qo‘zg‘atilishi haqidagi o‘z nazariyasini tugallashidan avval, ushbu kuzatishlar uning barcha kasalliklarni mikroorganizmlar tashiydi degan aqidasiga shubha uyg‘ota olmagan edi. Xususan, quturish bilan bo‘lgan holatda Paster, ushbu yomon xastalik qo‘zg‘atuvchisini, ya’ni, infeksion agentini ko‘rishga shunchaki mikroskopi ojizlik qilmoqda deb ishongan. Va keyinchalik, odatdagidek u haq bo‘lib chiqdi.

1892 yilda rus tadqiqotchisi Dmitriy Ivanovskiy mozaik kasallik bilan zararlangan tamaki o‘simligi barglaridan g‘alati shira ajratib oldi. Ushbu kasallik bilan zararlangan o‘simlik bargida turli o‘lcham va shakldagi g‘uj-g‘uj yashil dog‘lar paydo bo‘lar edi. Ivanovskiy ushbu shirani bakterial filtrdan o‘tqazdi va keyin u bilan sog‘lom o‘simliklarga ishlov berib ko‘rdi. Lekin, bakteriyalardan xalos bo‘lgan shira baribir boshqa sog‘lom o‘simliklarni zararlashda davom etar edi. Ushbu shirani olim filtrlanuvchi virus deb nomlagan. G‘alati joyi shunda ediki, kasallikni tashuvchi shira suyuqligi ushbu kasallikni qo‘zg‘atuvchi tirik mikroorganizmlardan holidek taassurot uyg‘otar edi (ya’ni, unda mikroorganizmlar ko‘rinmasdi).

Virus so‘zi lotin tilida «zahar» ma’nosini bildiradi. Infeksion kasallik haqida gap ketayotganda, agar uni virulent deb izohlansa, demak bu o‘limgacha olib borishi mumkin bo‘lgan infeksiya bo‘ladi. Ivanovskiy o‘sha shira bilan tajribalarni davom ettirdi va uni juda-juda mayda g‘ovaklardan iborat filtrdan o‘tkazib, shunday filtrda kasallik tashuvchisi bo‘lgan mikroorganizmlar tutilib qolayotganini aniqladi. Shunga ko‘ra, olim ushbu qo‘zg‘atuvchi-tashuvchi narsa o‘lchami favqulodda kichik mikroorganizm ekanini bilib oldi. Ivanovskiyning tajribalarini keyinchalik golland botanigi va mikrobiologi Beyernik ham muvaffaqiyatli takrorladi. Lekin u tamaki mozaikasi kasalligi qo‘zg‘atuvchisi tirik organizm ekanini isbotlagan holda, uning eruvchan ekanini ham e’tirof etib, biroz xato qildi.


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling