Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali Tibbiy profilaktika ishi va


Download 1.17 Mb.
bet3/3
Sana27.12.2022
Hajmi1.17 Mb.
#1069215
1   2   3

Rabdoviruslar – tayoqchali viruslar bo‘lib, quturish kasalligi qo‘zg‘atuvchisi ham aynan shu turkum viruslar safiga kiradi. Nomining kelib chiqishi yunonchada «tayoqcha» ma’nosini beruvchi rhabdos so‘ziga borib taqaladi. Enteroviruslar – yunonchada «ichak» ma’nosini beruvchi entera so‘zidan olingan ushbu nom ostidagi viruslar turkumi o‘zining tanadagi yashash joyiga ko‘ra shunday ataladi. Ya’ni, bunday viruslar ichaklarda makon topadi va turli xil ichak va hazm sistemasi kasalliklarini qo‘zg‘atadi. Rinoviruslar – oqsim kasali, hamda, o‘tkir respirator kasalliklar, shu jumladan, rinit kasali qo‘zg‘atuvchisi bo‘ladigan viruslar turkumi bo‘lib, nomi yunon tilida «burun» ma’nosini beruvchi rhinos so‘zidan olingan. A, B, C turdagi gripp viruslari – aslida nomi ancha murakkab bo‘lgan viruslar bo‘lib, ilmiy adabiyotlarda ularni ortomiksoviruslar deyiladi. Ushbu termin ham yunon tilidan ildiz olgan. Grippda odatda burundan shilimshiq oqishi va burun bitishi sodir bo‘ladi. Yunonlarda shilimshiq manqani myxa deyiladi. Ortos so‘zi esa ularda «to‘g‘ri» va «tekis» ma’nolarini anglatadi.

. Odamga yuqaKoronaviruslar – boshqa viruslardan farqli ravishda, tashqi qismida alohida chiqib ko‘rinib turuvchi tojga o‘xshash shokilalari bo‘lgani uchun shunday nomlangan. Corona - «toj» degani ekanini hamma yaxshi biladi menimchadigan koronaviruslar ilk bora 1965 yilda aniqlangan bo‘lib, keyingi yillar davomida ushbu turdagi viruslar deyarli e’tiborda bo‘lmagan. Faqat 2002-2003 yillarda Xitoyda birinchi marta kuzatilgan SARS infeksiyasi epidemiyasidan keyin ushbu turdagi viruslarning naqadar xatarli ekani ma’lum bo‘ldi. Koronaviruslar RNK tutuvchi ekanligi bilan ham ajralib turadi. 2020 yil yanvar holatiga koronaviruslarning 40 turi aniqlangan. Shundan, hozirgi COVID-19 pandemiyasini qo‘zg‘atgan eng yuquvchan virus bu SARS-Cov-2 turi bo‘lib, u bemorlarda atipik pnevmoniya keltirib chiqarishi bilan ilk bora 2019 yil dekabri oxirlarida Xitoyning Uxan shahrida aniqlangan edi.

E’tiboringiz uchun raxmat


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling