Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali Tibbiy profilaktika ishi va


Download 1.17 Mb.
bet2/3
Sana27.12.2022
Hajmi1.17 Mb.
#1069215
1   2   3

1916 yilda AQShlik mikrobiolog Allard shirani yanada mayda, o‘ta mayda g‘ovaklardan iborat filtrdan o‘tkazdi va natijada, kasallikni tashimaydigan, toza shira olishga erishdi. Uning filtri virusni tutib qolgan edi. Allardning tajribalari Ivanovskiy va Pasterning ishlarini qat’iy isbotlab berdi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi haqiqatan ham juda mayda o‘lchamli, zarra darajasidagi kichik mavjudot ekani ayon bo‘ldi. Vanihoyat, 1935 yilda Amerikalik virusolog Uilyam Stenli tamaki mozaikasi kasalligi sababchisi bo‘lgan viruslarni kristall holatida ajratib olishni uddaladi. Bu virusni shuningdek, dastlabki tadqiqotchisi Ivanovskiy sharafiga Ivanovskiy virusi ham deyishadi. Virusning kristall strukturasini o‘rganish orqali, Stenli, ushbu virus murakkab protein, ya’ni, oqsil molekulasidan iborat ekanini aniqladi. Ko‘plab mamlakatlarning olimlari umumiy sa’y-harakatlari evaziga, viruslar aslida hujayrali organizm emasligi va ular o‘zidan ko‘ra yuksakroq tuzilishga ega boshqa organizmlar hujayralaridagina ko‘payishi mumkinligi aniqlandi.

Hozirgi paytda viruslarning bir necha yuz xillab turi aniqlangan va yildan-yilga yangi-yangi turdagi viruslar kashf etilishi davom etmoqda. Ulardan ayrimlari haqida quyida to‘xtalib o‘tamiz. Adenoviruslar – burun-halqum bezlarida uchraydigan turdagi viruslar bo‘lib, ularning nomi ham shundan kelib chiqqan. Ya’ni, yunonchada «bez» ma’nosini beruvchi so‘z adena tarzida yangraydi. O‘pka yallig‘lanishi, adenoidlar hamda, ayrim oshqozon-ichak kasalliklarining qo‘zg‘atuvchisi aynan shu viruslar bo‘ladi. Gerpes viruslari – turli xil toshma kasalliklari, tutqanoq qo‘zg‘atuvchi kasalliklar manbai. Nomi yunonchada «temiratki» ma’nosini beruvchi hèrpes so‘zidan olingan. Koksaki viruslari – tana qismlarini falaj va shol qiluvchi viruslar. Masalan poliomiyelit singari xastaliklar shunday virusdan kelib chiqadi. Nomining kelib chiqishi Nyu-York shtatidagi Koksaki shaharchasi nomi bilan bog‘liq. Chunki, ushbu virus birinchi marta aynan shu shahar aholisi orasida ko‘p tarqalgan falajlik kasalliklarini tekshirish vaqtida aniqlangan edi.


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling