Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali


Flipchartning afzalliklari


Download 0.87 Mb.
bet39/114
Sana18.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1211485
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114
Bog'liq
kasbiy ta\'lim metodikasi fanidan majmua

Flipchartning afzalliklari:
• flipchartni kerakli joyga siljitish mumkinligi;
• foydalanishning qulayligi;
• taqdimot uchun foydalanish mumkinligi;
• varaqalarni saqlab qo`yib, kerakli vaqtda undagi ma`lumotlardan takror foydalanish mumkinligi;
• turli rangli markerlardan foydalanish imkoniyati;
• o`quvchilarning diqqatini jalb etish uchun foydalanish mumkinligi.
Flipchartning kamchiliklari:
• yozuv tushunarli bo`lishi kerak, aks holda uni o`qish qiyin bo`ladi;
• xato yozmaslikka harakat qilish kerak, aks holda hamma to`g`rilangan joylar doim ko`rinib turadi;
• varaqlarni nusxalashtirish faqat fotosurat yoki ko`chirib yozish orqali mumkin xolos;
• ko`p flipchart qog`ozlari talab etiladi.
Kodoskop uchun sath (ekran), shuningdek, plyonka-slaydlar kerak. Kodoskop ta`lim beruvchi uchun eng yuqori darajadagi taqdimot imkoniyatini beradi. O`quv jarayonini bu vositasiz tasavvur qilish mumkin emas. Asosiy qulayligi shundaki, slaydlarni kompyuterda yoki shuningdek, qo`lda professional darajada tayyorlash mumkin. Ulardan istalgan vaqtda foydalanish va ish o`rni o`zgarganida boshqa joyga o`tkazish mumkin. Ammo kodoskopning faqat sifati emas (yorug`lik kuchi), balki ishlab chiqilgan slaydlarning sifati ham muhimdir.
Slaydlarni tayyorlash uchun quyidagi materiallar kerak bo`ladi:

  • acetatli qog`oz – sun`iy toladan qilingan tiniq qog`oz;

  • alohida qoplamaga ega, nusxalashtirish mumkin bo`lgan slaydlar;

  • slaydlarga yozish uchun flomasterlar (doimiy yoki suv bilan o`cherish mumkin bo`lgan);

  • slaydlarni tozalash uchun spirt;

  • simvolli asboblar (shablonlar, chizg`ich va shu kabilar).

Kodoskopdan foydalanishdan oldin uning bexato ishlashini va tozaligini tekshirish lozim. Slaydlar taqdimot qilinishidan avval tartib bilan mantiqiy ketma-ketlikda tayyorlab qo`yilishi maqsadga muvofiqdir.
Taqdimot davomida ekranga emas, balki ta`lim oluvchilarga qarab nutq tezligiga e`tibor bergan holda gapirish kerak. Ta`lim oluvchilar bilan doim «ko`z aloqasi»ni saqlab turish va barcha ta`lim oluvchilarga qarab gapirish lozim.
Slaydlarga ishlov berishda shrift turi va shrift kattaligi bo`yicha qoidalarga rioya qilib, yaxshi o`qilishi mumkin bo`lgan slaydlarni ishlab chiqish kerak. Bundan tashqari slaydlarni tayyorlashda ularning dizayniga ham katta e`tibor berish, ranglarni haddan tashqari ko`p ishlatmaslik lozim.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling