Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali
Flipchartning afzalliklari
Download 0.87 Mb.
|
kasbiy ta\'lim metodikasi fanidan majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Flipchartning kamchiliklari
Flipchartning afzalliklari:
• flipchartni kerakli joyga siljitish mumkinligi; • foydalanishning qulayligi; • taqdimot uchun foydalanish mumkinligi; • varaqalarni saqlab qo`yib, kerakli vaqtda undagi ma`lumotlardan takror foydalanish mumkinligi; • turli rangli markerlardan foydalanish imkoniyati; • o`quvchilarning diqqatini jalb etish uchun foydalanish mumkinligi. Flipchartning kamchiliklari: • yozuv tushunarli bo`lishi kerak, aks holda uni o`qish qiyin bo`ladi; • xato yozmaslikka harakat qilish kerak, aks holda hamma to`g`rilangan joylar doim ko`rinib turadi; • varaqlarni nusxalashtirish faqat fotosurat yoki ko`chirib yozish orqali mumkin xolos; • ko`p flipchart qog`ozlari talab etiladi. Kodoskop uchun sath (ekran), shuningdek, plyonka-slaydlar kerak. Kodoskop ta`lim beruvchi uchun eng yuqori darajadagi taqdimot imkoniyatini beradi. O`quv jarayonini bu vositasiz tasavvur qilish mumkin emas. Asosiy qulayligi shundaki, slaydlarni kompyuterda yoki shuningdek, qo`lda professional darajada tayyorlash mumkin. Ulardan istalgan vaqtda foydalanish va ish o`rni o`zgarganida boshqa joyga o`tkazish mumkin. Ammo kodoskopning faqat sifati emas (yorug`lik kuchi), balki ishlab chiqilgan slaydlarning sifati ham muhimdir. Slaydlarni tayyorlash uchun quyidagi materiallar kerak bo`ladi: acetatli qog`oz – sun`iy toladan qilingan tiniq qog`oz; alohida qoplamaga ega, nusxalashtirish mumkin bo`lgan slaydlar; slaydlarga yozish uchun flomasterlar (doimiy yoki suv bilan o`cherish mumkin bo`lgan); slaydlarni tozalash uchun spirt; simvolli asboblar (shablonlar, chizg`ich va shu kabilar). Kodoskopdan foydalanishdan oldin uning bexato ishlashini va tozaligini tekshirish lozim. Slaydlar taqdimot qilinishidan avval tartib bilan mantiqiy ketma-ketlikda tayyorlab qo`yilishi maqsadga muvofiqdir. Taqdimot davomida ekranga emas, balki ta`lim oluvchilarga qarab nutq tezligiga e`tibor bergan holda gapirish kerak. Ta`lim oluvchilar bilan doim «ko`z aloqasi»ni saqlab turish va barcha ta`lim oluvchilarga qarab gapirish lozim. Slaydlarga ishlov berishda shrift turi va shrift kattaligi bo`yicha qoidalarga rioya qilib, yaxshi o`qilishi mumkin bo`lgan slaydlarni ishlab chiqish kerak. Bundan tashqari slaydlarni tayyorlashda ularning dizayniga ham katta e`tibor berish, ranglarni haddan tashqari ko`p ishlatmaslik lozim. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling