Ta’lim metodlarini tanlash. Pedagogika fanida o’qituvchilarning amaliy tajribasini o’rganish va umumlashtirish asoida ta’lim metodlarini tanlashga o’quv-tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog’liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:
zamonaviy didaktikaning yetakchi g’oyalari, ta’lim, tarbiya va rivojlantirishning umumiy maqsadlari;
o’rganilayotgan fan mazmuni va metodlari, mavzularining o’ziga xosligi;
xususiy fanlar metodikasining o’ziga xosligi va umumdidaktik metodlarni saralashga qo’yiluvchi talablarning o’zaro aloqadorligi;
muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni;
u yoki bu mavzuni o’rganishga ajratilgan vaqt;
o’quvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, darajasi;
o’quvchilarning darsga tayyorgarlik darajasi;
o’quv muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta’minlanganlik darajasi, jihozlar, ko’rsatmali qurollar, texnik vositalarning mavjudligi;
o’qituvchining imkoniyatlari, nazariy va amaliy jihatdan kasbiy tayyorgarlik darjasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari;
o’quv muassasalarida fanlararo hamkorlikning o’rnatilganligi.
O’qituvchi bu holatlarni inobatga olib, u yoki bu ketma-ketlikda og’zaki, ko’rgazmali yoki amaliy metodlarni, reproduktiv yoki mustaqil ishlarni boshqarish metodlarini nazorat va o’z-o’zini nazorat metodlarini tanlash borasida aniq yechimlar qabul qiladi.
Nazorat savollari?
1. Ta’lim metodlari: tushuncha, funktsiya, tasnif?
2. Muammoli ta’lim?
3. Evristik ta’lim?
4. Reproduktiv ta’lim?
5. Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni?
6. Ta’lim metodlarini tanlash?
7 MAVZU. MUTAXASSISLIK FANLARI BO’YICHA TAHSIL OLUVCHILARNING
BILIM, MALAKA VA KO’NIKMALARNI BAHOLASH.
REJA:
1. Bilimlarni tеkshirish va baholashning ta'limiy ahamiyati, moрiyati.
2. O’quv matеrialining o’zlashtirilganligi haqida ta'lim bеruvchi ham, ta'lim oluvchi ham muayyan ma'lumotga ega bo’lish.
3. Baholash natijasida, ta'lim bеruvchi uchun ta'lim oluvchilarning nimani bilishi va nimani tushunmasligi, qaysi matеrial yaxshi o’zlashtirilganligi, qaysi biri hali, yеtarli darajada o’zlashtirilmaganligi yoki umuman o’zlashtirilmaganligi ma'lum bo’ladi.
4. Ta'lim bеruvchi o’z ishining afzalliklariga va kamchiliklariga taniqdiy baho bеradi. O’z ish mеtodlariga tuzatishlar kiritadi.
Tayanch tushunchalar: bilim, malaka, ko’nikma, tekshirish, baholash, ta’lim oluvchi, ta’lim beruvchi, istedod, joriy nazorat, oraliq nazorat, yakuniy nazorat
Do'stlaringiz bilan baham: |