Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali
Download 0.87 Mb.
|
kasbiy ta\'lim metodikasi fanidan majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`quv mashg`ulotlarga kirishda d
Dars tahlili-bu pedagog faoliyatini o`rganish pedagogik ishning ijobiy va salbiy tomonlarini chuqur bilishga asoslanilgan malakali yordam hamda ilg`or pedagogik tajribalarni ommalashtirishdir.
O`quv amaliyot o`qituvchisi va o`qituvchilar bir-birlarining mashg`ulotlariga kirishlari ularni tajriba almashish tartibida tahlil qilishlari va o`z ishlarini yanada takomillashtirish yo`llarini qidirishlari maqsadga muvofiqdir. To`g`ri tashkil etilgan nazorat o`quv amaliyot o`qituvchisi va o`qituvchilarning eng yaxshi tajribalarni aniqlash hamda uni tarqatish choralarini ko`rishda yordam beradi. O`quv ishini nazorat qilish doimiy, rejali obyektlar bo`lishi kerak. Uni shunday tashkil qilish kerakki, u o`quv amaliyot o`qituvchisi va o`qituvchilarda ijobiy tashabbusni, o`quv ish holatiga javobgarlik hissini uqtirsin. Mashg`ulotlarni tahlil qilishda quyidagi bosqichlar bo`yicha tayyorgarlik ko`rishi lozim: 1. Mashg`ulotlarga kirish maqsadini aniqlash, 2. Mashg`ulotlarga kirishni rejalashtirish, 3. Mashg`ulotlarni nazorat qilishga tayyorlanish, 4. Mashg`ulotlarga kirish, 5. Mashg`ulotlar tahlili, 6. Nazorat natijalaridan foydalanishning o`z ichiga oladi. O`quv mashg`ulotlarga kirishda dars mazmunining o`quv dasturiga muvofiqligini, o`rganilayotgan materialning ilmiy rejasini va uning g`oyaviy yo`nalishini aniqlash, darslarda didaktikaning asosiy tamoyillariga rioya qilinayotganligini, dars turi o`qtishning metod va tamoyillarini to`g`ri tanlanganligini, darsning tarbiyaviy ahamiyatini, o`qituvchining shu fandan dars berishga va mazkur darsni olib borishga tayyorgarligini, darsni ilmiy, didaktik va metodik jihatdan to`g`ri tashkil qilinganligini o`rganish kabi maqsadlar belgilanadi. Maqsadiga ko`ra nazorat quyidagi turlarga bo`linadi: frontal (kundalik umumiy tekshirish) va tematik nazorat Tematik nazorat bu nazoratning amalda eng ko`p tarqalgan turi hisoblanadi. O`quv amaliyot o`qituvchisi va o`qituvchining ish tizimni o`rganishdir. Agar nazorat obyekti bir pedagog bo`lsa, nazoratning shakli shaxsiy, agar bir fan o`qituvchilari bo`lsa, predmetli-umumlashtiruvchi bo`ladi. Agar nazoratning obyekti bir o`quv guruhda ishlovchi o`qituvchilar bo`lsa, nazoratning shakli guruhli-umumlashtiruvchi bo`ladi: agar o`qituvchilarning bir guruh yoki o`quv muassasasiida ishlovchi o`qituvchi va ishlab chiqarish ta`limi o`quv amaliyot o`qituvchisi bo`lsa, unda kompleks-umumlashtiruvchi bo`ladi. O`quv amaliyot o`qituvchisi yoki o`qituvchining ta’lim-tarbiyaviy ishining sifatini frontal usulda tekshirganda ular o`z vazifalarini qanchalik vijdonan va batartib bajarayotganliklarini, qanday yordamga muhtojliklarini aniqlash kerak. Mashg`ulotlarga bunday maqsadlarda kirish har bir o`quv yilining yarim yillik doirasida bir me`yorda rejalashtiriladi. Ilgari ishlarida kamchiliklar (pedagogik mahoratning pastligi, mashg`ulotlarining yomon rejalashtirilganligi, o`quvchilarni bilim va ko`nikma sifatlarining pastligi gruppada intizomning yomonligi) va shu kabilar sezilgan o`quv amaliyot o`qituvchisi hamda o`qituvchilarning o`quv mashg`ulotlarini tez-tez nazorat qilib turish maqsadga muvofiq bo`ladi. Bunday hollarda mashg`ulotni to`liq tahlil qilmay, balki o`qituvchining mashg`ulotlarga tayyorgarligi mashg`ulot mazmunining yoki mashg`ulot o`tish metodining to`g`riligi, xavfsizlik texnikasiga rioya qilish va shu kabilar haqida qisqacha ta`riflangan yozuv bilan cheklanish mumkin. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling