Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali


Download 0.87 Mb.
bet54/114
Sana18.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1211485
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   114
Bog'liq
kasbiy ta\'lim metodikasi fanidan majmua

Ilmiy tahlil-bu berilayotgan bilimlarning ilmiy-nazariy jihatini, o`quvchi bajarayotgan mustaqil ishning maqsadga muvofiq yo`nalishi jihatdan to`g`riligini aniqlash demakdir. Bunda asosan quyidagilarni e`tiborga olish maqsadga muvofiq:

  • o`qituvchining ilmiy metodik jihatdan darsga tayyorlanganlik holati;

  • o`z mutaxassisligiga oid fan bo`yicha eng ilmiy nazariy axborotlar bilan qurollanganligi;

  • ilmiy asoslangan axborotlar berish;

  • dars jarayonidan ilmiy qoida va ta`riflarning to`g`ri bayon etilishi hamda ilmiy an`analarning o`qituvchilar ongiga singdirib borilishi;

  • ilmiy qoida va ta`riflarni ravon, tushunarli, baland ovozda o`quvchilarga yetkazish;

  • mantiqiy va o`rinli misollar o`z vaqtida keltirish;

  • darslik materiallarining qo`shimcha adabiyot materiallari bilan boyitilishi;

  • o`quvchi va o`qituvchi bajarayotgan laboratoriya, amaliy hamda o`quv amaliyot o`qituvchisi qilgan ishlarning ilmiy-nazariy jihatdan maqsadga muvofiqligi;

  • o`quvchilar mazmuni ilmiy jihatdan to`g`ri, qisqa va mukammal bayon etishini o`qituvchi tomonidan nazorat qilinishi;

  • dars davomida, yangi mavzuni bayon etishni o`qituvchi tomonidan nazorat qilinishi, ta`limni tarbiya bilan bog`lab olib borilishi;

  • o`qituvchi va o`quvchilarning nutq madaniyati.


Metodik tahlil-o`qituvchining dars jarayonida qo`llayotgan metodlarining maqsadga muvofiqligi ta`limning turiga va bosqichiga, uning o`ziga xos hususiyatlariga qarab beligilanadi. O`quv materialini bayon qilish va tushuntirish jarayonida qo`llanilgan o`qitish texnologiyalarining shu materialga mosligi yoki mos emasligini aniqlash demakdir. O`qituvchi darsda qo`llagan usullarning samaradorligi, rang-barangligi, namunaviyligi, uning o`tgan yangi mavzu materialini o`qituvchilarning qay darajada o`zlashtirilganligi bilan belgilanadi. Bunda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir:
• o`quv maqsadi va natijalarining to`g`ri belgilanganligi;
• darsning texnologik xaritasini ishlab chiqqanligi va amalga oshirilishi;
• darsni o`qituvchi tomondan innovatsion texnologiya asosida olib borish darajasi;
• dars bosqichiga mos ravishda metodlarni tanlanganligi va dars jarayoniga tatbiq etishda qoidalarga amal qilinganligi,
• metodni amalga oshirishda ta`limning tashkiliy shakllaridan unumli foydanishi.
• ta`lim metodi, shakli va ta`lim vositalarini uyg`unlashuviga erishganligi;
• dars kirish, asosiy va yakuniy qismlardan iborat bo`ldi;
• darsda o`quvchilarning faolligiga erishish( qaytar aloqani o`rnatish);
• darsga ajratilgan vaqtdan unumli foydalanish;
• talabalarning bilim, ko`nikma va malakalarini baholash metodlarini to`g`ri tanlanganligi;
• baholash mezonlarining to`g`ri ishlab chiqilganligi va mezon asosida baholashi



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling