Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali


Download 0.87 Mb.
bet55/114
Sana18.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1211485
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   114
Bog'liq
kasbiy ta\'lim metodikasi fanidan majmua

Didaktik tahlil.Bu o`qituvchining o`z darsini ta`lim tamoyillariga amal qilgan holda olib borilayotgani, ta`lim turlari samaradorligi uni belgilovchi qonun-qoidalariga amal qilish demakdir. Darsni didaktik jihatdan tahlil etishda quyidagi mezonlardan foydalaniladi:
• Darsning ilmiyligi, tarbiyaviyligi, tushunarlilik darajasi, ko`rgazmaliligi, namunalardan foydalanish, dars jarayonida talabalarning ongli tarzda faol ishtirok etishi, fanlararo bog`liqlikni amalga oshirilishi, ta`limning tizimliligi, puxtaliligi;
• ta`lim vositalaridan unumli foydalanilganligi;
• darsga qo`yiladigan talablarga to`la rioya qilinganligi.


Umumiy pedagogik tahlil -bu darsning ilmiy, didaktik va metodik jihatlarining o`zaro bog`liqligi tahlilidir
Kuzatilgan darsni hujjatlashtirish. O`qituvchilar darsini kuzatish va uni tahlil qilishni maxsus daftarga yozgan holda hujjatlashtirish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Mazkur daftarga kuzatilgan darsni quyidagi pedagogik talablar asosida yozib borish mumkin.
1. Dars beruvchi o`qituvchi va sinf haqida umumiy ma`lumot:
− shu kungi sana va yil;
− o`qituvchining ismi va sharifi;
− oxirgi marta qachon va qaerda, qanday muddatga malaka oshirishning turidan o`tgan;
− uning ma`lumoti, pedagogik staji va unvoni;
− dars olib borgan guruhlar;
− o`qituvchi dars berayotgan fan;
− dars mavzusi;
− o`qituvchining darsdagi ta`lim-tarbiyaviy maqsadi;
− o`quv xonalarining ta`lim muassasasi gigiyenasi talablariga to`liq javob berish holati.
2. O`qituvchining darsga tayyorgarlik holati.
− o`qituvchining kundalik dars rejasi va bayoni (uning maqsadga muvofiq yoki nomuvofiq tuzilganligi);
− o`zi ishlagan va darsga olib kirish uchun tanlagan ko`rgazmali qurollari diagramma, jadval, rasm, turli kolleksiya hamda gerbariy kabilar);
− dars davomida kuzatish uchun tanlangan o`quv fil`mlar yoki diafil`mlar (ularning maqsadga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi);
− mazkur darsga tayyorgarlik davrida o`qituvchi tomonidan foydalanilgan ilmiy-metodik va umumiy pedagogik adabiyotlar ro`yxati.
3. Dars kuzatuvchining maqsadi: Shu o`rinda dars kuzatuvchi o`z oldiga qaysi maqsadni qo`ygan bo`lsa, tahlil daftarining shu qismiga yozib qo`yadi. Masalan, darsda o`qituvchining ta`limni, tarbiya bilan bog`lash yo`llari va bu boradagi metodlarini o`rganish.
4. Darsning borishiga ilmiy-metodik, didaktik, umumiy pedagogik va umumiy psixologik tavsif.
− darsning tuzilishi, uning qismlarini rejalashtirish, vaqtdan, sinf doskasidan va o`quv ko`rgazmali qurollardan foydalanish (mazkur dars mashg`ulotining kabinet tizimida olib borilganligi yoki olib borilmaganligi), o`quv xonasining sanitar-gigiyenik holati, sinfdagi o`quvchilar-ni o`quv anjomlari bilan qanchalik qurollanganligi
− darsning mazsuni-o`rganilayotgan mavzuning vaqt va mazmun jihatidan o`quv dasturiga mosligi, o`qituvchi bayon etayotgan mavzuning ilmiyligi, to`laligi, uning laboratoriya va amaliy ishlar bilan bog`lanishi, mavzuning o`quvchilar yoshiga mosligi, g`oyaviy qimmati, darsning tarbiyaviy ahamiyati, o`qituvchi bayonining ravonligi,
− o`tgan dars mavzusining so`ralishi, o`quvchilar bilimining baholanishi, yangi mavzuning o`tilgan mavzuga bog`lanishi,
− o`qituvchining dars o`tish usul va metodlari, dars davomida oldingi yoki o`tgan darsda o`tilgan mavzuni so`rashda, yangi mavzuni bayon qilishda, mustahkamlash va yakunlashda o`qituvchi qo`llagan usul va metodlar, ularning maqsadga muvofiqligi, dars davomida foydalanilgan ko`rgazmali qurollar, texnik vositalar, darsda o`quvchilarning mustaqil ishlashi,
− o`quvchilarning darsga munosabati-darsga o`z vaqtida yetib kelishi, diqqat bilan tinglashi, kuzatishi, qiziqishi, faolligi, ishtiyoqi, intizomi, mazkur fan asoslarini bilishi, mustaqil fikrlash qobilyati, amaliy yoki laboratoriya ishlarini mustaqil bajara olishi,
4. O`qituvchining darsga munosabati-o`z vaqtida yaxshi tayyorgarlik bilan mashg`ulotga yetib kelishi, mazkur sinf o`quvchilarining psixologiyasini bilishi, darsda o`quvchilarga nisbatan muomalasi, sinfni boshqara bilishi, ish uslubi, darsda o`qituvchining rahbarlik roli, nutq madaniyati, tashqi qiyofasi, o`quvchilar o`rtasidagi obro`si, darsda texnika vositalaridan foydalanishi, mazkur guruhning rahbari bilan aloqasi va hokazo.
5. Darsning ijobiy va salbiy tomonlari. Bunda dars kuzatuvchi darsning borishiga ilmiy metodik, didaktik, umumiy pedagogik hamda umumiy psixologik yo`nalishdagi tavsifi ichidan darsning yutuq va kamchiliklari terib olinadi va dars tahlilining shu qismiga ilmiy va umumpedagogik tavsiyalarini dars kuzatish daftariga yozishi.
6. Dars xulosasi-dars rejasining bajarilishi, o`qituvchining o`z oldiga qo`ygan ta`lim-tarbiyaviy maqsadiga to`liq erishishi yoki erisha olmaganligi, o`quvchilar bilimining sifati, darsdagi ta`limning davlat o`quv dasturiga, standartiga mosligi va ta`limning tarbiyaga bog`lanishi, o`qituvchining ilmiy-metodik jihatdan yordamga muhtojligi yoki mazkur o`qituvchining ilg`or tajribasini ommalashtirishga loyiqligi va hokazolar.
7. Dars samaradorligi va o`qituvchining ish faoliyatini yanada yaxshilashga oid dars kuzatuvchi tomonidan boriladigan takliflar ta`limtarbiya ishlarini yanada takomillashtirishga yordam berishi lozim.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling