Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali


Download 0.87 Mb.
bet58/114
Sana18.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1211485
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   114
Bog'liq
kasbiy ta\'lim metodikasi fanidan majmua

Nazorat savollari

1. Darslarni tahlil qilishdan asosiy maqsad nima?


2. Dars tahlilining qanday turlarini bilasiz?
3. Darslarni tahlil qilish mezonlari qanday ishlab chiqiladi?
4. Darslarni tahlil qilish bosqichini tushuntirib bering.
5. Kuzatilgan darslar qanday rasmiylashtiriladi?
6. Darslarni ilmiy, metodik, didaktik, umumpedagogik va umumpsixologik jihatdan tahlil qilish bir-biridan qanday farqlanadi?

MUSTAQIL TA’LIM
MASHG’ULOTLARI
I. Talabalar mustaqil ta`limining maqsad va vazifalari

1.1. Talabalar mustaqil ishining (TMT) asosiy maqsadi o`qituvchi rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan o`quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo`lgan bilim, ko`nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir.


1.2. TMT ning asosiy vazifalari:
Ї Yangi bilimlarni mustakil tarzda puhta o`zlashtirish ko`nikmalariga ega bo`lish;
Ї Kerakli ma'lumotlarni izlab topish, qulay usullar va vositalarni aniqlash;
Ї Axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanish;
Ї An'anaviy o`quv va ilmiy adabiyotlar, me'yoriy hujjatlar bilan ishlash;
Ї Eletkron o`quv adabiyotlar va ma'lumotlar banki bilan ishlash;
Ї Internet tarmog'idan maqsadli foydalanish;
Ї Berilgan topshiriqlarning ratsional yechimini belgilash;
Ї Ma'lumotlar bazasini tahlil etish;
Ї Ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert hulosalari asosida qayta ishlash;
Ї Topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondashish.


II. Talabalar mustaqil ta`limining tashkiliy shakllari

2.1. Talaba mustaqil ta`limini tashkil etishda “Kasb ta`limi metodikasi” fanining hususiyatlarini, har bir talabaning fanni o`zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda turli keltirilgan shakllardan foydalanadi.


2.2.O`quv fanlari bo`yicha namunaviy va ishchi dasturlarda talaba mustaqil ta`limining shakli, mazmuni va hajmi ifoda etiladi.
2.3. Talaba mustaqil ta`limi uchun ajratilgan vaqt byudjetiga mos ravishda mustaqil ta`limining tashkiliy shakllari, topshiriqlar variantlari filial markaziy uslubiy komissiyasida tasdiqlanadi.
2.4. Mustaqil ta`limini bajarish uchun fanlar bo`yicha talabalarga zarur talaba mustaqil ta`limidan qo`llanma Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ilmiy kengashida tasdiqlanadi.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling