Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali
Download 0.87 Mb.
|
kasbiy ta\'lim metodikasi fanidan majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metodik tahlil-o`
Ilmiy tahlil-bu berilayotgan bilimlarning ilmiy-nazariy jihatini, o`quvchi bajarayotgan mustaqil ishning maqsadga muvofiq yo`nalishi jihatdan to`g`riligini aniqlash demakdir. Bunda asosan quyidagilarni e`tiborga olish maqsadga muvofiq:
o`qituvchining ilmiy metodik jihatdan darsga tayyorlanganlik holati; o`z mutaxassisligiga oid fan bo`yicha eng ilmiy nazariy axborotlar bilan qurollanganligi; ilmiy asoslangan axborotlar berish; dars jarayonidan ilmiy qoida va ta`riflarning to`g`ri bayon etilishi hamda ilmiy an`analarning o`qituvchilar ongiga singdirib borilishi; ilmiy qoida va ta`riflarni ravon, tushunarli, baland ovozda o`quvchilarga yetkazish; mantiqiy va o`rinli misollar o`z vaqtida keltirish; darslik materiallarining qo`shimcha adabiyot materiallari bilan boyitilishi; o`quvchi va o`qituvchi bajarayotgan laboratoriya, amaliy hamda o`quv amaliyot o`qituvchisi qilgan ishlarning ilmiy-nazariy jihatdan maqsadga muvofiqligi; o`quvchilar mazmuni ilmiy jihatdan to`g`ri, qisqa va mukammal bayon etishini o`qituvchi tomonidan nazorat qilinishi; dars davomida, yangi mavzuni bayon etishni o`qituvchi tomonidan nazorat qilinishi, ta`limni tarbiya bilan bog`lab olib borilishi; o`qituvchi va o`quvchilarning nutq madaniyati. Metodik tahlil-o`qituvchining dars jarayonida qo`llayotgan metodlarining maqsadga muvofiqligi ta`limning turiga va bosqichiga, uning o`ziga xos hususiyatlariga qarab beligilanadi. O`quv materialini bayon qilish va tushuntirish jarayonida qo`llanilgan o`qitish texnologiyalarining shu materialga mosligi yoki mos emasligini aniqlash demakdir. O`qituvchi darsda qo`llagan usullarning samaradorligi, rang-barangligi, namunaviyligi, uning o`tgan yangi mavzu materialini o`qituvchilarning qay darajada o`zlashtirilganligi bilan belgilanadi. Bunda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir: • o`quv maqsadi va natijalarining to`g`ri belgilanganligi; • darsning texnologik xaritasini ishlab chiqqanligi va amalga oshirilishi; • darsni o`qituvchi tomondan innovatsion texnologiya asosida olib borish darajasi; • dars bosqichiga mos ravishda metodlarni tanlanganligi va dars jarayoniga tatbiq etishda qoidalarga amal qilinganligi, • metodni amalga oshirishda ta`limning tashkiliy shakllaridan unumli foydanishi. • ta`lim metodi, shakli va ta`lim vositalarini uyg`unlashuviga erishganligi; • dars kirish, asosiy va yakuniy qismlardan iborat bo`ldi; • darsda o`quvchilarning faolligiga erishish( qaytar aloqani o`rnatish); • darsga ajratilgan vaqtdan unumli foydalanish; • talabalarning bilim, ko`nikma va malakalarini baholash metodlarini to`g`ri tanlanganligi; • baholash mezonlarining to`g`ri ishlab chiqilganligi va mezon asosida baholashi Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling