Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali
O`quv muassasasi rahbarlarining o`quv mashg`ulotlariga kirish jadvali
Download 0.87 Mb.
|
kasbiy ta\'lim metodikasi fanidan majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rahbar xodimning F.I.O Oy kunlar Kirishning maqsadi
- Mashg`ulotlarni tekshirishga tayyorlanishi.
O`quv muassasasi rahbarlarining o`quv mashg`ulotlariga kirish jadvali.
____________oy o`quv yili uchun
Mashg`ulotlarni tekshirishga tayyorlanishi. O`quv muassasasi rahbarlari tomonidan qilingan pedagogik nazoratning saviyasi va ta`sirchanligi avvalo ularning tayyorlanish darajasiga bog`liq. Darslarni to`g`ri tahlil qilish uchun rahbarlar ta`lim-tarbiyaviy ishning mazmuni va tashkil qilinishning o`quvchilarni o`qitish va tarbiyalashning metod va shakllarini, hozirgi zamon ilmiy-texnika, pedagogika, metodikaga doir va boshqa adabiyotlarni kuzatib borishlari kerak. Darsga kirishdan oldin rahbar darsga kirish maqsadini aniqlaydi; kirish mo`ljallangan darsda o`rganiladigan o`quv materialining mazmunini bilib oladi; mazkur fan bo`yicha dastur talablari va shunga muvofiq darslik, metodik adabiyotlar bilan tanishadi, guruh jurnalini ko`rib chiqadi, o`quvchilarning joriy o`zlatirishlarini tahlil qilib, o`tilgan materialning guruh jurnalida qayd qilinishi, kelajak mavzular rejasiga muvofiq kelishini hamda bo`lajak darsda o`rganiladigan mavzuni aniqlaydi. Darsni tahlil qilish va dars davomida o`z kuzatishlarini yozishni tahliliy namunasini o`ylab qo`yadi. Nazariy ta`lim darslarini tekshirishni boshlashdan oldin tekshiruvchiga o`quv xonasining holati, o`quv ko`rgazmali qo`llanmalarning belgilangan normativlariga muvofiqligi, ularning holati, zamonaviy ta`lim texnologiya vositalari hamda ko`rsatmali qurollar bilan ta`minlanganligi bilan tanishib chiqish tavsiya qilinadi. Mashg`ulotlarga kirish-darsga kirish, uni o`tishni tahlil qilish, ta`limtarbiyaviy jarayonni nazorat qilishning asosi hisoblanadi. O`quv muassasasi rahbarlarining darslarga kirishlari ularga o`quvchilarni o`qitish va tarbiyalashning haqiqiy ahvoli, pedagog xodimlarning muvaffaqiyati va kamchiliklari bilan tanishishning imkonini beradi, bu esa o`z navbatida O`quv muassasasida ta`lim-tarbiyaviy ishlarni yaxshilashga yordam beradi. Nazariy o`qish darslariga kirishda dars boshlanishidan oldin yoki o`quvchilar bilan birga kirish tavsiya etiladi; mashg`ulotlar haqida to`liq tasavvurga ega bo`lish uchun darsning boshidan oxirigacha kuzatish kerak. Agar o`qituvchining o`quv ishini joriy tekshirish mo`ljallansa, mashg` ulotlarga kirish haqida oldindan ogohlantirib qo`yish maqsadga muvofiq bo`lmaydi. Agar asosiy maqsad o`quv mashg`ulotlarini tematik o`rganish, yo`l-yo`riq berish, o`qituvchining malakasini oshirish bo`lsa, bu mashg`ulotlarga maxsus tayyorgarlik ko`rishlari uchun ularni oldindan ogohlantirib qo`yish maqsadga muvofiqdir. Ayrim hollarida yetarlicha tajribaga ega bo`lmagan o`qituvchining o`quv mashg`ulotiga kirishdan oldin u bilan birgalikda mazkur mashg`ulotlarga qo`yiladigan talablarni tahlil qilish, uning ba`zi metodik masalalarini ijodiy hal qilishga yordam berish tavsiya qilinadi. Darsni tekshirish haqidagi yozuvlarni vertikal chiziq bilan uch bo`lakka ajratilgan qog`oz varaqasi yozish, yoki namunaviy varaqasiga yozish qulaydir. Ularning biriga dars jarayonida aniqlangan va o`tkazib yuborilgan xato kamchiliklar, ikkinchisiga ijobiy moment, o`rinli metodik usullar, uchinchisiga darsni olib borayotgan o`qituvchiga aytilishi kerak bo`lgan maslahat va tavsiyalar yozib boriladi. Tekshiruvchi darsdan so`ng qisqa yozuvlar asosida dars haqida to`g`ri xulosa tuza olish yoki batafsil tahlil qila olishi uchun kuzatuvchan, diqqatli bo`lishi, ko`rgan va eshitganlarini yodida saqlay bilishi lozim. Darsga kirgan vaqtda o`qituvchilarning daftarlari bilan albatta tanishish, yozuvlarning batartibligi, savodliligi, daftarlarning o`qituvchi tomonidan tekshirilishning doimiyligi va sifatiga e`tibor berish kerak. Tekshirish natijalari maxsus hujjat xizmatini o`tovchi nazorat jurnaliga yoziladi. Har bir rahbar xodim bu jurnalga kirgan darslari haqidagi o`z xulosalarini yozadi va batafsil tahlil qiladi, ta`lim-tarbiya jarayonidan olingan barcha faktlarni bajarishlari kerak bo`lgan tadbirlarni qayd qiladi. Jurnallardagi bunday yozuvlar asosida darslar tahlillari mashinkada yozdirilib, pedagogik xodimlarning mulohaza va takliflar, tarbiya va o`qitish bo`yicha ijobiy tajribalar bilan tanishib chiqishlari uchun pedagogik xonaga ilib qo`yiladi. Dars tahlilining maqsadi, mazmuni va mohiyatiga ko`ra shartli ravishda ilmiy, metodik, didaktik, umumpedagogik va umumpsixologik kabi tularga bo`lish mumkin. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling