IV. Talaba mustaqil ta`limini nazorat qilish va baholash.
4.1. Kafedrada “Kasbiy ta`lim metodikasi” fani bo`yicha talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish yuklamasi (muallimning shaxsiy ish rejasining tashkiliy-uslubiy bo’limida 1540 soat doirasida) qayd etiladi.
Talaba mustaqil ishi bo’yicha referat tayyorlashga ajratilgan soatlar, professor-o`qituvchi shaxsiy ish rejasining o`quv ishlari bo`limida qayd etiladi.
4.2. Talaba mustaqil ishiga raxbarlik qilish, kafedrada tuzilgan va uquv bo’limi tomonidan tastiqlanadigan jadval asosida joriy nazoratlarga qo’shilgan holda amalga oshirilib, amaliy mashg’ulotlarni bevosita olib boruvchi o`qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
4.3. Talabaning mustaqil ishi Kasbiy ta`lim metodikasi fanining ishchi dasturida ajratilgan Kasbiy ta`lim fakulteti uchun 28 soatga mos reyting ballari bilan baholanadi va natijasi Kasbiy ta`lim metodikasi fani bo’yicha JN ichiga kiritilib talabaning umumiy reytingiga kiritiladi.
4.4. "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" tomonidan talaba mustaqil ishini nazorat qilish turlari va uni baholash mezonlari belgilanadi, ilmiy kengashda tastiqlanadi.
Mustaqil ta`limni baholash mezonlari talabalarga o`quv yili boshlanishi oldidan uslubiy materiallar bilan birgalikda tarqatiladi.
4.5. Talabalarning mustaqil ta`limi bo`yicha o`zlashtirishi muntazam ravishda talabalar guruhlarida, kafedra yig'ilishlari va ilmiy kengashda muhokama etib boriladi.
4.6. Talabaning mustaqil ishi o`quv yili mobaynidan kafedra arxivida saqlanadi.
4.7. Kasbiy ta`lim metodikasi fanidan mustaqil ta`limni yuqori darajada baholangan talabalarning ma'naviy va moddiy jihatdan rag'batlantirilishi kurs tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori va dekanatlariga tavsiya etiladi.
GLOSSARIY
Akademik litsey - o’quvchilarning imkoniyatlari va qizikishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chukur, sohalashtirilgan, tabayalashtirilgan, kasbga yo’naltirilgan ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’rta maxsus ta’lim beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.
Akademiya - kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo’yicha oliy va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshirishga imkon beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |