Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali


Download 0.87 Mb.
bet63/114
Sana18.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1211485
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   114
Bog'liq
kasbiy ta\'lim metodikasi fanidan majmua

Amaliy ishlar metodi – o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo’llash ko’nikmalarini shakllantiruvchi usul.


Anomaliya-(yunoncha – anomal) - me’yordan, umumiy qonuniyatlardan chetlanish, noto’gri rivojlanish.


Anomal bolalarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish- korrektsion pedagogikaning asosiy tushunchasi bo’lib, nuqsonning darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini shakllantirish.


Axloq- (lotincha «moralis» - xulq-atvor ma’nosini bildiradi) - ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig’indisi.


Axloqiy ong – shaxga axloqiy me’yorlar va xulq-atvor qoidalari to’grisidagi nazariy bilimlarni berish asosida hosil qilinuvchi ong shakli.


Axloqiy tarbiya – muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya kilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o’quvchilar ongiga singdirish asosida ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko’nikmalari va axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.


Axloq tuzatish mehnat pedagogikasi – huquqbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ygan, jazoni o‘tash muassasalaridagi shaxslarni qayta tarbiyalashning nazariy hamda amaliy asoslari to‘g‘risida ma‘lumot beruvchi fan.


Aqliy tarbiya - shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to’grisidagi bilimlarni berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.


Bakalavriat - mutaxassisliklar yo’nalishi bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida to’rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’lim.


Baho – ta’lim oluvchilarga ularning ta’lim olishi, bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ijodiy yondoshishini rag’batlantirish maqsadida ta’sir ko’rsatish vositasi.


Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borlik haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.


Bilim olishborliqni idrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulk-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling