Bilish - ob’ektiv borliqning inson ongida aks etish shakli; ilmiy bilimlarni o’zlashtirish jarayoni.
Boshlangich ta’lim - o’quvchilarga murakkab bo’lmagan ilmiy bilimlarni berish asosida ularda o’qish, yozish va hisoblashga oid dastlabki bilim, ko’nikma hamda malakalarni shakllantirish asosida ularda shaxsiy gigiyena va sog’lom turmush tarzi elementlarini hosil qilish bosqichi.
Boshlangich ta’lim pedagogikasi – boshlangich sinflar o’quvchilarini tarbiyalash, ularga ta’lim berish, ularning o’ziga xos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi.
Vatanparvarlik - (lotincha «patriotes» – vatandosh, «patris» – vatan, yurt) - shaxsning o’zi mansub bo’lgan millat, tug’ilib o’sgan vatani tarixidan g’ururlanishi, buguni to’grisida qayg’urishi hamda uning porloq istiqboliga bo’lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat.
Verbal – bilim (ma’lumot, axborot)larni so’z yordamida (og’zaki) yetkazib berish, ifoda etish.
Gnoseologiya- (yunon tilidan gnosis – bilim, ong, o’rganish) – bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo’lgan borliqni anglash qobiliyati haqidagi nazariya, ta’limot.
Harbiy pedagogika – armiya sardorlari va askarlarini vatanimizning shonsharafi va or nomusi uchun etuk kurashchi, zamonaviy harbiy qurol-yarog‘lardan samarali foydalana oladigan yoshlarni tarbiyalaydigan fan. Bu sohani takomillashtirishda amir temur, mirzo ulug‘bek hamda umumjahondagi ilg‘or g‘oyalardan unumli foydalanish lozim.
Davlat ramzlari - muayyan millat, elatning etnopsixologik xususiyatlari, qarashlari, orzu-umidlari, intilishlari va maqsadi, hududiy, ijtimoiy-g’oyaviy birlik mohiyatini anglatishga xizmat qiluvchi tasviriy belgilar majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |