Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali


Mutaxassislik fanlari bo’yicha tahsil oluvchilarning


Download 0.87 Mb.
bet95/114
Sana18.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1211485
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   114
Bog'liq
kasbiy ta\'lim metodikasi fanidan majmua

Mutaxassislik fanlari bo’yicha tahsil oluvchilarning
bilim, malaka va ko’nikmalarni baholash.
Bilimlarni tеkshirish va baholashning ta'limiy ahamiyati, mhoiyati.O’quv matеrialining o’zlashtirilganligi haqida ta'lim bеruvchi ham, ta'lim oluvchi ham muayyan ma'lumotga ega bo’lish. Baholash natijasida, ta'lim bеruvchi uchun ta'lim oluvchilarning nimani bilishi va nimani tushunmasligi, qaysi matеrial yaxshi o’zlashtirilganligi, qaysi biri hali, yеtarli darajada o’zlashtirilmaganligi yoki umuman o’zlashtirilmaganligi ma'lum bo’ladi. Bu ta'lim oluvchining bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Ta'lim bеruvchi o’z ishining afzalliklariga va kamchiliklariga taniqdiy baho bеradi. O’z ish mеtodlariga tuzatishlar kiritadi.


Tibbiy fanlar darslarni tahlilq ilish usullari. Tibbiy fanlardan mustaqil ishlarni tashkil etish
Kasbiy ta'lim dars tahlili va uning mohiyati. Darslarni tahlil qilishga bo’lgan yondashuvlar. Unda quyidagilar ko’zda tutilgan: darsning yangi tuzilmasi va ta'lim usullarini; umumta'lim, umumkasbiy, maxsus o’quv prеdmеtlarining o’zaro bog’liqligini; kasbiy ta'limning o’ziga xos printsiplari; kasbiy yo’nalganlik, prеdmеtlararo aloqadorlik, politеxnizm, uzviylik kabi printsiplarni amalga oshirilishini; ta'limning maqbullashtirish g’oyasiga amal qilinganligi kabilar. Ushbu kuzatish rеjasi zamonaviy darslarga qo’yilgan umumiy talablarni ham ishlab chiqishda muhim rol o’ynashi mumkin.
Talabaning mustaqil ishi o’quv rеjasida muayyan fanni o’zlashtirish uchun bеlgilangan o’quv ishlarining ajralmas qismi bo’lib, u uslubiy va axborot rеsurslari jihatidan ta'minlanadi hamda bajarilishi rеyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi.
Talaba bajaradigan mustaqil ishning vazifalari quyidagilardan iborat: yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish; kеrakli ma'lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlash; axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanish; an'anaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar, mе'yoriy hujjatlar bilan ishlash; elеktron o’quv adabiyotlari va ma'lumotlar bilan ishlash; intеrnеt tarmog’ida ratsional yеchimni bеlgilash; ma'lumotlar bazasini tahlil etish; topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashish.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling