2.
|
I. Modulning mazmuni
Modulni o‘qitishdan maqsad – jarrohlikda antiseptika va aseptika, xirurgik infeksiya haqida tushuncha, uni oldini olish muommolarini, yiringli infeksiya turlarini (yuzaki joylashgan yiringli kasalliklar), shoshilinch jarrohlik holatlarida birinchi yordam ko‘rsatishni (qon ketishni to‘xtatish, bog‘lam qo‘yish, jarohatlanganlarni immobilizatsiya va transortirovka qilish) o‘rgatishdan iborat.
Modulning vazifasi – talabalarning jarrohlikda antiseptik moddalarni qo‘llash; qon ketishi va uni to‘xtatish usullari; qon va uning o‘rnini bosuvchi eritmalarni qo‘yish qoidalari va texnikasi hamda donorlik bilan tanishtirish; jarrohlik infeksiyasi haqida tushuncha berish; xirurgik amaliyotiga bemorni tayyorlash va operatsiyadan so‘nggi davrda uni to‘g‘ri parvarish qilish usullarining asoslarini o‘zlashtirish.
II. Asosiy nazariy qism
II.I. Modul tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
5- semestr: 10-soat maruza
1-mavzu. Zamonaviy xirurgiyani rivojlanish tarixi. Zamonaviy xirurgiyani rivojlanish davr bosqichlari. Xirurgiyani rivojlanish empirik davri. Ibtidoiy qabilada xirurgik davolash usullarni qo‘llash. Endoprotezlashni rivojlanishi (De Bekke, V. Shumakov). Transplantologiyani rivojlanishi (V. Chang, F. Murrey, V. Demixov, K. Bernard). O‘zbekiston xirurgiyasini rivojlanish tarixi. Turkiston o‘lkasida ilk xirurgik klinikalar ochilishida P.F. Borovskiyning xizmati. O‘zbekistonda xirurgiya rivojlanishida katta hissa qo‘shgan olimlar: P.F. Sitkovskiy, V.F. Voyno-Yaseneskiy, V.V. Voxidov, M.A. Ashrapova, M.S. Astrov, I.I. Orlov, S.A. Masumov, L.D. Vasilenko, N.S. Pereshivkin, Ya.V. Kuzmich, K.X. Tagirov, A. Sulaymanov, U. O. Oripov, M.P. Postolov, S.M. Agzamxodjaev, Sh.I. Karimov, F.G. Nazirov.
2-mavzu. Aseptika va antiseptika. I. Zemmelveys va J.Lister antiseptikasi. Antiseptika usullarining rivojlanishi (mexanik, fizik, kimyoviy va biologik antiseptika). Antiseptik vositalarning ta’sir ko‘rsatish mexanizmi. Antiseptika usullarini oqilona qo‘llash asoslari. Bemorxona, bog‘lov xonasi, uni jihozlash. Operatsiya bloki, uni tuzilishi va jihozlanishi: operatsiya xonasi. Operatsiya oldi xonasi, sterilizatsiya xonasi, mulkxona, anesteziologiya xizmat xonasi va boshqalar. Operatsiya xonasini ishdan so‘ng yig‘ishtirish. Operatsiya xonasida xizmatchilarning o‘z-o‘zini tuta bilishlari. Poliklinika va qabul bo‘limida xirurgik xonani tuzilishi, jihozlanishi, va ishlash prinsiplari. Kontakt infeksiyani profilaktikasi.
3-mavzu. Qon ketishi va qon yo‘qotish. Asosiy iboralar: qon ketishi va qon yo‘qotish, gematoma, gemoptoe, gemotemezis, epistaksis, gematuriya, purpura, metrorragiya, gemartroz, gemotoraks, gemoperitoneum, gemoperkard, gematotsele, ekximoz, petexiya, melena, anevrizma. Qon ketish tasnifi (kelib chiqishi bo‘yicha, anatomik, sababiga ko‘ra, klinik manzarasiga ko‘ra, tezligi, miqdori va vaqtiga ko‘ra), patogenezi va klinik manzarasi (sub’ektiv va ob’ektiv belgilar). Qon ketishni tashhislash usullari (bevosita va bilvosita). Qon ketish asoratlari (gemorragik shok). Qon ketishni to‘xtatish usullari: vaqtincha va batamom.
|