Toshkent tibbiyot akademyasi termiz filali 107- “B” gruh talabasi ma’rufjonov azamatjon va husanov fazliddinlarning
Download 219.38 Kb.
|
2 5206252656338667798
- Bu sahifa navigatsiya:
- Travmatik shok
- Kardiogen shok
Shok (frans. sos — zarba) — odam hayotiga xavf tugʻdiruvchi holat; haddan tashqari kuchli taʼsirotlar natijasida nerv, endokrin, qon aylanishi, nafas sistemalari faoliyatining hamda moddalar almashinuvining buzilishi bilan ifodalanadi. Koʻpincha shikastlanish, kuyish, operatsiya oqibatida, nomos qon quyilganda, miokard infarktida, yurak faoliyati buzilganda va boshqalar tufayli roʻy beradi. Sh. boshlanishida bemor bezovtalanadi, rangi oqaradi, qarashlari bejo, fikrlari chalkash, baʼzan oʻzining ogʻir ahvolini his etmaydi, gohida bezovtalanish kuchayib, oʻrnidan sapchib turib ketadi (uni tutib qolish qiyin boʻladi). Keyinchalik eshushi joyida boʻlsa ham, umumiy ahvoli yomonlashib, atrofmuhitga butunlay befarq boʻlib qoladi. Ogʻriqni salpal sezadi yoki mutlaqo sezmaydi, rangi oqarib, gavda temperaturasi pasayadi, terisi muzdek boʻlib, yopishqoqter bilan qoplanadi, nafasi tezlashadi, tashna boʻladi, baʼzan qayt qiladi. Kishi kuyganda Sh., ayniqsa, ogʻir kechadi. shahrini keltirib chiqargan sababiga qoʻra travmatik, anafilaktik, kardiogen, emotsional, gemotransfuzion va boshqalar xillari farq qilinadi.Travmatik shok - shikastlangandan keyin roʻy berib, shikastlangan kishining ahvoli juda ogʻir boʻladi. Anafilaktik shok — moddalarga, jumladan, organizmga mos kelmaydigan dorilarga nisbatan boʻladigan allergik reaksiyaning eng ogʻir koʻrinishlaridan (qarang Allergiya). Penitsillin, streptomitsin, mahalliy ogʻriqni qoldiruvchi vositalar, qoqsholga qarshi va boshqalar zardoblar hamda vaksinalar ham anafilaktik shahriga sabab boʻladi. Anafilaktik Sh. belgilari uni keltirib chiqargan moddaga bogʻliq boʻlmagan holda bir xil — koʻngil aynishi, qusish, qon bosimining toʻsatdan pasayib ketishi, nafasning tez va yuzaki boʻlishi, baʼzan hushdan ketish va boshqalar Koʻpincha teriga toshma (eshakem) toshadi, goho dori yuborilgan joyda shish paydo boʻladi. Baʼzida tovush boylamlari shishib, bemor boʻgʻilib qolishi mumkin.Kardiogen shok — miokard infarktining eng ogʻir asoratlaridan biri, yurak sohasida qattiq ogʻriq paydo boʻlganda kuzatiladi. Kardiogen shahrida bemor haddan tashqari darmonsizlanadi, rangi oqarib, labi koʻkaradi, qoʻloyogʻi muzlaydi, yopishqoq sovuq ter chiqadi va koʻpincha hushdan ketadi. Bunday Sh. vaqtida tez tibbiy yordam yetib kelguncha bemorni qimirlatmay yotqizib qoʻyish va orom berish lozim (qarang Miokard infarkti).Download 219.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling