Toshkent tibbiyot akademyasi termiz filali 107- “B” gruh talabasi ma’rufjonov azamatjon va husanov fazliddinlarning


Download 219.38 Kb.
bet3/3
Sana07.01.2023
Hajmi219.38 Kb.
#1082266
1   2   3
Bog'liq
2 5206252656338667798

Emotsishok onal - kuchli hayajonlanish, asab va ruhiy zoʻriqishlarda kuzatiladi. Koʻpincha bemorning xulq-atvori oʻzgaradi, u bezovtalanib qichqiradi, yigʻlaydi, baʼzan oʻziga jarohat yetkazadi, yaqinlari, qarindoshlari, qoʻshnilari va notanish odamlarga nisbatan yovuz munosabatda boʻladi. Baʼzi bemorlar yomon eshitadigan, bangi qiyofasiga kirgan va tashqi dunyoni qiyinlik bilan qabul qiladigan odamlarni eslatadi. Boshqa bemorlarda ong bilan birga sezuvchanlik (voqelikni qabul qilish)ning buzilishi hamda hadiksirash va qoʻrqish kabi emotsional holatlar kuzatiladi. Bemorning koʻrinishida oʻzini yoʻqotib qoʻyganlik alomatlari namoyon boʻladi, u tevarakatrofga, qarshisidagi odamlarga qoʻrquv va xavotir bilan qaraydigan boʻlib qoladi. Baʼzan emotsional Sh. isteriya bilan tugaydi (bemor toʻlgʻanib, talvasalanib boshini ura boshlaydi, gʻayritabiiy holatda turib qoladi).


Qoʻrquv — insondagi ruhiy holatlardan biri; narsa va hodisalarning asl mohiyati, koʻrinishi toʻgʻrisida aniq tasavvurning yoʻqligi tufayli bezovtalanish, hadiksirash, tashvishlanish kechinmalarining yuzaga keli-shi. Q. koʻpincha odamlarda yurak uri-shining ortishi, badanning ter bilan qoplanishida oʻz ifodasini topadi. Q. insonlarda tasodifiy, favquloddagi vaziyatlarda, nevrotik holatlarda, ruhiy shikastlanishda uchrab turadi. Q.dan odam oʻzini noxush, noqulay his etsa-da, lekin koʻpincha oʻzini oʻzi nazorat qila olmaydi. Ongsizlikning onglilikdan ustunligi shunday holatni keltirib chiqaradi. Chuqur hayajonlanish oqibatida kishi ruhan qattiq azoblanadi. Psixologiyada Q.ning har xil turlari oʻrganilgan. Q.ning asosiy koʻrinishlari: kasal boʻlib qolishdan qoʻrqish, koʻpchilikdan izza boʻlishdan qoʻrqish, qizarishdan qoʻrqish, uyda yolgʻiz qolishdan qoʻrqish, trans-port vositalaridan qoʻrqish, shifokordan qoʻrqish, nizodan qoʻrqish, mozordan qoʻrqish, hayvonlardan qoʻr-qish, jimlikdan qoʻrqish, murdadan qoʻrqish, huquq-tartibot xodimlaridan qoʻrqish va boshqa Insonni tabiat va turmushdagi voqeliklarni toʻgʻri tushunishga, idrok qilishga oʻrgatish, mashq qildirish orqali Q.ni kamay-tirish mumkin.
Download 219.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling