Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Download 212.5 Kb.
bet11/12
Sana09.04.2023
Hajmi212.5 Kb.
#1344841
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-МАВЗУ.МАЪРУЗА

Birinchidan, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub burilishlar va tarixiy o‘zgarishlarning rahnamosi, O‘zbekiston mustaqilligining tashabbuskori va milliy davlatchiligimizning asoschisidir.
Ikkinchidan, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov demokratik talablar va xalqaro mezonlarga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy muallifi va uni hayotga tatbiq etishning kafolati sifatida markaziy hokimiyat va uning joylardagi bo‘g‘inlarini isloh qilish, davlat, jamiyat va inson manfaatlarini uyg’unlashtirishga qaratilgan butunlay yangi siyosat ishlab chiqib, uni hayotga tatbiq etdi.
Uchinchidan, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov xalqimizning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ilg’or jahon tajribalarini umumlashtirish asosida yangi iqtisodiy islohotlar modelini ishlab chiqdi.Bu rivojlanish yo‘li iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi.Qonun ustuvorligi, o‘tish davrida davlatning bosh islohotchilik roli, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, kuchli ijtimoiy himoya kabi mashhur besh tamoyilni o‘z ichiga oldi va u dunyoda “O‘zbek modeli” sifatida tan olindi.
To‘rtinchidan, O‘zbekiston davlatining hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini himoya qilishga qodir Quralli Kuchlar, Chegara va Ichki Qo‘shinlarni Oliy Bosh qo‘mondoni va davlat rahbari sifatida tubdan islohot etdi va unga boshchilik qildi.
Beshinchidan, o‘tgan yillar mobaynida Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov KPSS Markaziy Komiteti boshchiligidagi kuchlar O‘zbekistonda adolatsizlik va tazyiqlarni avj oldirgan davrda o‘zbek nomini nohaq kamsitishlardan, tahqirlardan himoya qilish va xalqimizning milliy g‘ururini tiklashda fidoyilik namunasini ko‘rsatdi, o‘zbek nomini dunyoga tanitdi.
Oltinchidan, xalqimiz ma’naviy qadriyatlariga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirish, muqqaddas dinimizni, urf-odatlarimizni, bebaho tarixiy merosimizni hayotga qaytarishni davlat siyosati darajasiga ko‘tardi va odamlar ongida yangi milliy g’oya, milliy mafkura asoslarini shakllantirish va mustahkamlash ishiga rahnamolik qildi.
Yettinchidan, mohiyat — e’tiboriga ko‘ra mutlaqo yangi ta'lim tizimini, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturini yaratish va uni amalga oshirishda bevosita yetakchilik qildi.
Sakkizinchidan, mahallaning davlat va jamiyat boshqaruvining nufuzini oshirish, vakolatlarini kengaytirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi sifatida uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tashabbuskori bo‘ldi.Shu bilan fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam zamin yaratilmoqda.

Download 212.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling