Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Download 0.85 Mb.
bet16/24
Sana14.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1702915
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
5-МАВЗУ.МАЪРУЗА

Ijtimoiy sheriklik - fuqarolik jamiyati institutlari rivojida muhim o‘rin tutadi.Mamlakatimizning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlovchi kafolatlarni kengaytirishga qaratilgan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga oid islohotlarning ahamiyati katta. SHu bois yurtimizda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ta’sirini oshirish, huquq va vakolatlari doirasini yanada kengaytirish maqsadida yangi qonunlar ishlab chiqilayotir. O‘z navbatida, bugungi davr talabidan kelib chiqqan holda, amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 2010 yil 12 noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida ilgari surgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga oid konsepsiyada boshqa sohalar qatori fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish ustuvor vazifalardan biri ekanini alohida ta’kidladi.Chunonchi, konsepsiyada fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini yanada rivojlantirish, amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta’minlashda, ularning huquqiy demokratik davlat qurishdagi rolini kuchaytirishda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida” gi qonun qabul qilinishi lozimligi alohida ta’kidlandi. Bu qonun, eng avvalo, ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar sohalarda davlat idoralari bilan birga, fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligini nazarda tutadi.Ya’ni jamiyat hayotining turli yo‘nalishlarida istiqbolli dasturlar, loyihalarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtirok etishlari uchun muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Boshqacha aytganda, mazkur qonun hududlarni har tomonlama rivojlantirish, turli ijtimoiy masalalar echimini nodavlat tashkilotlar hamkorligida hal etishga sharoit yaratadi.Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda ijtimoiy sheriklikni tartibga solishga qaratilgan ayrim qoidalar tegishli qonun hujjatlarida nazarda tutilgan. Xususan, “Jamoat fondlari to‘g‘risida” gi qonunning 8-moddasida fondlarning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlari ijtimoiy sheriklik, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish asosida quriladi. Davlat organlari fondlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydilar, fondlarning ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlashlari mumkin.Qolaversa, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari fondlar faoliyatiga aralashishiga, shuningdek, fondlarning davlat organlari faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi, deya belgilangan.Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 28 moddasida ish beruvchilarning jamoat birlashmalari ixtiyoriy jamoat tashkilotlari sifatida tuziladi va ish olib boradi, ularning maqsadi iqtisodiyotni va tadbirkorlik tashabbusini rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, kasaba uyushmalari, xodimlarning boshqa vakillik organlari bilan o‘zaro munosabatlarda korxonalar va ular mulkdorlarining manfaatlarini ifoda etish yo‘li bilan ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish, xo‘jalik va mehnatga oid munosabatlar sohasida ularning huquqlarini himoya qilishdan iboratdir, deb ko‘rsatilgan.Ushbu kodeksning 52 moddasida esa, jamoa kelishuvlarida ijtimoiy sheriklik hamda uch taraflama hamkorlikni rivojlantirish, jamoa shartnomalarini tuzishga ko‘maklashish, mehnat nizolarining oldini olish, mehnat intizomini mustahkamlash to‘g‘risidagi qoidalar nazarda tutilishi mumkin, deyilgan.Shuni alohida aytish kerakki, yuqorida sanab o‘tilgan qonun hujjatlarida faqat umumiy normalar belgilangan bo‘lib, ijtimoiy sheriklikni amalga oshirishning aniq mexanizmi va tartibi etarli darajada emas. Bu esa maxsus qonun loyihasini tayyorlash hamda qayta tayyorlashni taqozo etadi. Xususan, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilish va unda bir qator normalarni aks ettirish ayni muddaodir. Eng avvalo, ushbu qonunda ishlatiladigan asosiy tushunchalar ta’rifini, amalga oshirish mexanizmini, predmetini, ijtimoiy sheriklikning shartnomaviy-huquqiy shaklini, o‘z navbatida, sub’ektlarini o‘z ichiga oladigan umumiy qoidalarni belgilash lozim. Ayni paytda qonunning maqsadi sifatida fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida hamkorlikning turli xil shakllarini rivojlantirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, O‘zbekiston tarixi va madaniyatining yodgorliklaridan birgalikda foydalanish, ularni himoya qilish va tiklash, o‘zbek xalqining ma’naviy an’analarini va urf-odatlarini, shuningdek, milliy madaniy o‘ziga xosligini saqlab qolish va uni rivojlantirish, xayriya faoliyatini taraqqiy ettirish kabi munosabatlar bo‘lishi maqsadga muvofiq. Bugungi kunda respublikamizda jamiyat hayotining turli sohalarida 5 mingtadan ziyod nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat yuritayotir. Bu 2000 yildagiga qaraganda 2,5 barobarga ko‘p, degani.Ular qatorida “Kamolot” YOIH, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Sog‘lom avlod uchun”, “Nuroniy” jamg‘armalari, “Ijod” fondi, Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi va boshqa jamoat tashkilotlarini sanab o‘tish mumkin.Birgina, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi 400 dan ortiq tashkilotni o‘z safida birlashtirgan.Alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy hamkorlik aniq muammoni birgalikda his etgan va uni hal etishga kirishgan tomonlarning tenglikka asoslangan, uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli munosabatlaridir.Shu boisdan u yuksak mas’uliyatni taqozo etadi.Shundagina ularning hamkorlik faoliyatlari samarali bo‘ladi, muammolarga echim topiladi.Davlatimiz rahbarining Konsepsiyada fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish yo‘nalishida ilgari surgan qonunchilik tashabbuslari fuqarolik jamiyati institutlarining huquq va vakolatlarini, mas’uliyatini kengaytirishi bilan bir qatorda, yurtimizda ijtimoiy sheriklikning ham amaliy, ham nazariy va huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Umuman, ijtimoiy sheriklik — turli xil fikrga ega bo‘lgan fuqarolar va turli guruhlarning umumiy maqsad yo‘lidagi hamjihatligidir. Turli maqsadga ega bo‘lgan insonlarni bir maqsad yo‘lida birlashtirish murakkab vazifadir.Ammo Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga erishishda ana shu ezgu g‘oyalar, pok maqsad va niyatlar yakdillashuvi muhim ahamiyat kasb etadi.Qolaversa, ijtimoiy sheriklik jamiyatda siyosiy kuchlar va ijtimoiy qatlamlarning hamjihatligi, turli millat, irq va din vakillarining o‘zaro hamkorligi, ilg‘or g‘oyalarning o‘zaro uyg‘unligi, har bir shaxs o‘zining fuqarolik burchini his etishi, jamiyatdagi tinchlik va barqarorlik asosida shakllanadi, rivojlanadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, Konsepsiyada ilgari surilgan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida” gi qonunning qabul qilinishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot dasturlarini amalga oshirishda, gumanitar muammolarni hal etishda, mamlakat aholisi turli qatlamlarining huquqi, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat organlarining davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro munosabati tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishning to‘laqonli huquqiy tayanchi bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida” qonuni Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2014 yil 18 iyunda qabul qilingan bo‘lib, Senat tomonidan 2014 yil 28 avgustda ma’qullangan.
Qonun “Xalq so‘zi” gazetasida 29 sentyabr kuni chop etildi va u 2015 yilning 1 yanvaridan boshlab amalga kiritildi.
Mazkur Qonun 5 ta bob va 30 ta moddadan iborat bo‘lib, uning ayrim moddalariga alohida e’tibor berilishi maqsadga muvofiqdir. Jumladan, Qonunning 3-moddasida ijtimoiy sheriklikning tushunchasi va uning sub’ektlari, 4-moddasida esa asosiy prinsiplari belgilangan bo‘lib ular quyidagilardan iboratdir: 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling