Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Download 0.85 Mb.
bet1/24
Sana14.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1702915
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
5-МАВЗУ.МАЪРУЗА


5.Mavzu.O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar.


Reja:

1.Milliy davlat boshqaruvi tizimi.Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi.O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati.Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar.


2.O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar.Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar.
3.O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki.Ijtimoiy-sherikchilik.O‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o‘rni.
4.O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsepsiyasi.Inson haq-huquqlarini ta’minlash va himoya qilish.
5.O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tashkil etilishi va faoliyati.


Tayanch tushunchalar


O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi, siyosiy partiyalar, ko‘ppartiyaviylik, Parlament, huquq-tartibot organlari , sud tizimi, OAV, NNT, ijtimoiy-sherikchilik, Mahalla, o‘z-o‘zini boshqaruv organlari, O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi.


O‘zbekiston tarixida birinchi marta butunlay yangi sharoitlarda siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy islohotlar keng qamrovli yangilanishlar amalga oshirilishi yirik tarixiy va ijtimoiy hodisa.Demokratik huquqiy davlatni shakllantirish borasidagi sa’y-harakatlar bu ishlarning eng muhimi hisoblanadi.


O‘tgan asrning 90-yillari boshiga kelib yosh mustaqil davlatlardagi siyosiy vaziyat shunday ediki, ular oldida ijtimoiy rivojlanishning ikki yo‘li turar edi.Birinchisi, xalq xo‘jaligini avvalgidek sotsialistik yo‘nalishda rivojlantirish.Ikkinchisi, taraqqiyotning sotsialistik ham, kapitalistik ham emas, balki jahon amaliyoti sinovidan o‘tgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan adolatli, demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borish edi.
Ma’lum bo‘ldiki, tuzumning sotsialistik taraqqiyot yo‘li sovet jamiyati misolida mutlaqo o‘zini oqlamadi.U ma’muriy-buyruqbozlik usuliga asoslangan bo‘lib, xalqning ijodiy, erkin mehnatiga qulay sharoit yaratmas edi.Ikkinchisi esa rivojlangan mamlakatlar sinoviga bardosh bergan, xalq turmushini yaxshilashga qaratilgan yo‘l edi.O‘zbekiston shuni tanladi, shu yolning siyosiy va huquqiy asoslarini yaratishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishga dadillik bilan kirishdi.Shu tariqa O‘zbekiston mustaqil, huquqiy, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish yo‘liga kirdi, bozor iqtisodiyotiga o‘tish, xalqaro huquqning mustaqil subyekti sifatida jahon hamjamiyatiga kirish yo‘lini tutdi.Birinchi Prezident I.A.Karimov “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” kitobida “Yangilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishi insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishini kafolatlashi kerak”, — deb ko‘rsatgan edi.Ayni chog‘da siyosiy sohada bu “...Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etish, jamiyatning siyosiy tizimini davlat idoralarining tuzilishini tubdan yaxshilash, respublika hukumati hamda mahalliy hokimiyatning vakolatlari va vazifalarini aniq belgilab qo‘yish, adolatli va insonparvar qonunchilikni vujudga keltirishi mumkin”, - deb ta’kidlagan edi.Ana shu yo‘l-yo‘riqlar va ko‘rsatmalar asosida mamlakatda keng miqyosli ishlar amalga oshirildi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling