Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Download 0.85 Mb.
bet7/24
Sana14.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1702915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
5-МАВЗУ.МАЪРУЗА

Birinchidan, shu vaqtga qadar O‘zbekistonda sobiq ittifoq davrida qabul qilingan ayrim qonun va me’yoriy hujjatlar hamon amalda bo‘lib, ulardan butunlay voz kechish vaqti yetgan edi.Chunki, ular mazmun va mohiyati yangilanayotgan davlat va jamiyat uchun mutlaqo mos kelmas va hatto, yangi jamiyat oldida turgan tub maqsadlarni amalga oshirishga monelik qilar edi.
Ikkinchidan, O‘zbekiston o‘z oldiga adolatli huquqiy demokratik davlat qurish, taraqqiyotning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yolidan borish va insonparvar fuqarolik jamiyatini shakllantirish vazifasini maqsad qilib qo’ygan edi.Bu borada rivojlangan mamlakatlar, shuningdek, milliy ozodlik harakatlari orqali mustaqillikka erishgan va taraqqiyot yo’liga kirgan boshqa qator davlatlar qonunchilik tajribasidan foydalanish lozim edi.
Uchinchidan, mustaqil taraqqiyot yo‘lida vujudga kelayotgan milliy davlatchilik tizimi har qanday mafkuraviy ta’sirdan xoli, xalqning o’ziga xos tarixiy, axloqiy-ma’naviy va ruhiy qadriyatlariga mos bo‘lmog‘i lozim edi.
Bunday vazifani Konstitutsiyada belgilanganidek, qonun chiqaruvchi vakillik hokimiiyati — Oliy Majlis uddalamog’i kerak edi.Shuning uchun ham Oliy Kengash XVI sessiyasidan (1994-yil, sentabr) so‘ng O‘zbekistonda yangi qonun chiqaruvchi organ Oliy Majlisni shakllantirish uchun amaliy choralar ko‘rila boshladi.Sessiya qaroriga muvofiq 1994-yil 25-dekabrida Oliy Majlisga, viloyat, shahar va tuman kengashlariga saylovlar belgilandi.
Saylov kompaniyasini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratildi. O‘zbekistonda saylov kompaniyasi qonunchilikka qat’iy rioya qilingan, ijtimoiy barqarorlik va osoyishtalik to‘la saqlangan holda olib borildi.Birgina misol: 1994 yil 14-15 noyabrida Toshkentda Oliy Majlisga saylov o’tkazuvchi okrug saylov komissiyalari raislarining uch kunlik seminari bo‘lib o‘tdi.Seminar-kengashda mamlakat hayotida ham, fuqarolar hayotida ham ulkan ahamiyatga molik yangilanishlar olib kirilishi zarurligi ta’kidlandi.
O‘zbekistonda ro‘y berayotgan demokratik o'zgarishlar, xususan ko‘p partiyalilikka asoslangan saylov kompaniyasi jahon hamjamiyatida ham katta qiziqish uyg’otdi. Shu bois yuqorida tilga olingan seminar-kengashda Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakili Xolid Malik, AQSH ning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Genri Li Klark, Rossiya elchisi F.F.Sidorskiy, Turkiya elchisi Erdugan Aytun va boshqalar ishtirok etib, saylovga taalluqli qimmatli tajribalari bilan o’rtoqlashdilar.Jumladan, Xolid Malik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida Okrug saylov komissiyalari raislari bilan seminar-kengash ishida uchrashish o‘zi uchun yuqori martaba ekanini ta’kidladi.U seminar-kengashni tarixiy sana - saylovlar oldidan O‘zbekislonda demokratik jamiyat barpo qilish yo’lida oldinga bosilgan qadam bo’ladi, deb baholadi.
Saylovlarni qonun talablari asosida o’tkazish uchun mamlakat bo’yicha 250 okrug va 7192 uchastka saylov koniissiyasi tuzildi.Ular tarkibiga mehnat jamoalarida obro‘-e’tibor va hurmat qozongan, partiyasiz bo‘lgan munosib kishilar kiritildi.Saylovni ko’ppartiyaviylik va muqobillik asosida o’tkazishni ta’minlash uchun qonunda belgilangan muddatlarda tadbirlar belgilandi.139 saylov okrugida uchtadan, 106 saylov okrugida ikkitadan nomzod ovozga qo’yildi.Saylovda ro’yxatga olingan 17 million 248 ming 464 saylovchining 93,6 foizi, ya’ni 10 million 526 ming 654 kishi o‘z konstitutsion huquqidan foydalandi.Vakillik hokimiyati organlari tomonidan Oliy Majlis deputatlariga 2 ming 850 nomzod hamda viloyatlar, Toshkent shahri kengashlarining, Qoraqalpog’iston Jo’qarg’i Kengesining deputatligiga salkam 2 ming nomzod ko‘rsatildi.
Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari shahar va tuman kengashlari deputatligiga salkam 6 ming, siyosiy partiyalardan deputatlikka jami 6 ming 110, jumladan, birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majiisi deputatligiga Xalq demokratik partiyasidan 247, “Vatan taraqqiyoti” partiyasidan 146, hokimiyatning vakillik organlaridan 250 nomzod ko’rsatildi.Hamma joyda saylovlar qonun talablariga muvofiq umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o’tkazildi.1994-yil 25-dekabrida, 1995-yil 8 hamda 25-yanvarda bo’lib o‘tgan saylovlarda saylovchilar xalqning munosib farzandlari uchun yakdillik bilan ovoz berdilar.Bu Oliy Majlis — yangi Parlamentni demokratik yo‘l bilan shakllantirishning mamlakatimiz tarixidagi ilk tajribasi bo’ldi.
1995-yil 23-fevralida o‘z ishini boshlagan yangi tarkibdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi O‘zbekiston tarixida o'ziga xos sahifa ochdi. Sessiyada Birinchi Prezident I.A.Karimov “O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” to‘g‘risida keng qamrovli ma’ruza qildi.
Vakillik hokimiyatini vujudga keltirishning jahondagi eng demokratik tizimlaridan biri tashkil etildi.O‘zbekiston Parlamenti— Oliy Majlis ilk marla ko‘ppartiyaviylik asosida saylandi”, — dedi Prezident.
Ko‘ppartiyaviylik tamoyili asosida tashkil topganligi va shu tamoyil asosida faoliyat ko’rsatayotganligi Oliy Majlisning jamiyat taraqqiyoti keyingi bosqichidagi o’ziga xos xususiyati hisoblanadi.Birinchi sessiyada O‘zbekiston parlamenti hokimiyat vakillik organlaridan saylangan 120 kishidan iborat deputatlar blokini, 69 deputatdan tarkib topgan Xalq demokratik partiyasi fraksiyasini, 47 deputatni uyushtirgan “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasini, 14 deputat ishtirokidagi “Vatan taraqqiyoti” partiyasi fraksiyasini ro’yxatga oldi.
Ko’ppartiyaviylikni qaror toptirar ekan, Oliy Majlis parlamentda barcha niasalalar turli blok va fraksiyalarning g‘oyalari hamda fikrlarini taqqoslab ko’rish negizida hal etilajagiga, siyosiy jihatdan o‘zaro murosaga kelib ishlash esa tamoyil bo‘lajagiga asoslandi.Shuningdek, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili instituti joriy etildi.
“O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to‘g‘risida” gi Konstitutsiyaviy Qonun, “O‘zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to‘g‘risida” gi Qonun, Oliy Majlis qo’mitalari va komissiyalari to‘g‘risidagi Nizom hamda parlamentning reglamentiga muvofiq parlament ishini tashkil etish uchun Oliy Majlis Raisi rahbarligida Oliy Majlis Kengashi tuzilib, uning tarkibiga Oliy Majlis Raisi o’rinbosarlari, qo‘mitalarning raislari, mandat komissiyasi raisi, parlamentdagi deputatlar bloki va fraksiyalarning rahbarlari kirdi.
Oliy Majlis faoliyatini zamon talablari asosida tashkil qilishga yo’naltirilgan mana shu tadbirlarning barchasi parlament ishini yanada rejali, tashkiliy jihatdan puxta uyushtirish imkonini berdi.Shuningdek, sessiyalarning kun tartibini Oliy Majlis Kengashi majlislarida oldindan muhokama qilish, sessiyalarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o’tkazish bo’yicha deputatlar ishchi guruhlari tashkil etish tajribasi qo’mitalar va komissiyalar faoliyatini takomillashtirish va qonunlarni tayyorlash ishining sifatini oshirishga xizmat qildi.
Qonunlarni ishlab chiqish jarayonida amalda qo’mitalarning butun tarkibi ishtirok etadi.Qonun loyihalarini tayyorlash bo’yicha maxsus ishchi guruhlari tuzilib, ularga tegishli loyihaga doir olimlar va mutaxassislarni kengroq jalb etish kabi xalqaro tajriba ham qo’llana boshlandi.
O‘tgan davr shuni ko‘rsatdiki, Oliy Majlis qabul qilayotgan qonunlar sifatini oshirishda ularning loyihalarini oldindan matbuotda chop etib, umumxalq muhokamasidan o’tkazish ijobiy samara berdi.Qonunlar loyihalarini deputatlarga oldindan yuborish tartibi joriy qilindi hamda ularning takliflari va fikr-muiohazalari har bir qonunni uzil-kesil ishlab chiqish chog’ida, albatta, e’tiborga olinadigan bo’ldi. Qonunlar loyihalarini nazariy va amaliy jihatdan yanada teranroq, puxtaroq ishlab chiqish maqsadida ular tegishli vazirliklar va idoralar, konsernlar, uyushmalar va mehnat jamoalariga yuboriladigan bo‘ldi.Xalqaro tashkilotlarning ekspertizasidan o’tkazish yo’lga qo’yildi.
Sessiya muhokamasiga kiritiladigan barcha qonun loyihalarini Oliy Majlis Raisi va uning o’rinbosarlari huzurida tegishli qo’mitalar, Kotibiyat bo’limlari rahbarlari, ishchi guruhlarining a’zolari va ekspertlar ishtirokida oldindan sinchkovlik bilan puxta va atroflicha muhokama etish qonunchilik ishidagi maqbul jihat ekanligini ko‘rsatdi.Ishning bu tarzda yo‘lga qo’yilishi qabul qilinayotgan hujjatlarning sifatiga ijobiy ta’sir eta boshladi.
Ana shunday tadbirlar natijasida O‘zbekistonni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yangi bosqichiga, yuz berayotgan yangilanish va rivojlanish jarayonlari voqeligiga, mamlakatni yanada taraqqiy ettirishning barcha ichki va tashqi vazifalariga monand qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishda deputatlarning faolligi va mas’uliyati kuchaydi.
Sessiyalar ishida O‘zbekiston Prezidentining bevosita ishtiroki, uning qonunlarni ishlab chiqish jarayonini yanada takomillashtirishga muttasil e’tibor berishi O‘zbekiston parlamenti faoliyatining ko‘ngildagidek bo’lishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.Ma'luniki, Oliy Majlisning birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” mavzuida keng qamrovli ma’ruza qilib, unda mamlakat bosib o‘tgan o’zgarishlar yo’lini har tomonlama tahlil etdi va “O‘zbekiston yangi asr boshida” degan uzoq muddatga mo’ljallangan Dasturni ishlab chiqish vazifasini qo’ydi va uning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi.Prezident keyingi sessiyalardagi nutqlarida jamiyat rivojiga doir muhim qoidalami yanada chuqurlashtirdi va aniqlashtirdi, yangi mazmun bilan boyitdi.Jumladan, u Oliy Majlisning VI sessiyasida “Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari” mavzuida nutq so’zlar ekan: “Demokratlashtirish va lurntushimizning harclia sohalarida tub islohotlar o‘tkazish jarayoni uzoq va uzluksiz davom etadigan jarayon ekanini aniq bilib olishimiz kerak... Bugungi kunda gap, eng avvalo, siyosiy islohotlarni chuqurlashtirishning vazifalari va Dasturi to‘g‘risida borishi kerak”, - deb ta’kidladi.Shuning uchun ham Oliy Majlisning navbatdagi vazifasi — qonun hujjatlarini inson huquqlari sohasidagi xalqaro me’yor va standartlarga muvofiq holatga keltirish, deb uqtirdi.
Ana shu ko’rsatmalar asosida davlat hokimiyati va boshqaruvning hamma organlari tomonidan katta-katta chora-tadbirlar ishlab chiqildi.Jumladan, Oliy Majlis Kengashi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-1999 yillarga mo‘ljallangan faoliyat dasturi” va respublika parlamenti huzuridagi Amaldagi qonun liujjatlari monitoringi institutini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.Bunda belgilangan chora-tadbirlar Oliy Majlis faoliyatining barcha asosiy yo’nalishlarini qamrab olishga, qonunchilikni yangi pog’onaga ko‘tarishga qaratilgan.
O‘zbekiston parlamentining birinchi sessiyasida ta’sis etilgan Oliy Majlis huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha Vakil institutining vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan inson huquqlari va erkinligiga so‘zsiz rioya etilishini, bu me’yorlar muqarrar amalga oshirilishini ta’minlashdan iborat qilib ko’rsatildi.
Vakil huzurida tuzilgan maxsus komissiya, inson huquqlari bo‘yicha milliy Markaz Prezident nutqida aytib o’tilgan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning samarali mexanizmini, yuksak vakolatlarga ega bo‘lgan yaxlit tizimini vujudga keltiradi.Inson huquqlari bo‘yicha vakil instituti hozirga qadar xalqaro amaliyotni o‘rganish asosida ishlab chiqilib, — Oliy Majlis Kengashi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyal olib bormoqda.Parlamentning yettinchi sessiyasida birinchi o‘qishda kiritilgan va ma’qullangan “Inson huquqlari bo’yicha vakil (ombudsman) to‘g‘risida” gi Qonun loyihasi — Oliy Majlisning faoliyat Dasturida mo’ljallangan g‘oyat muhim hujjatlardan biri.U mamlakatda insonning siyosiy, iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy va madaniy huquqlari puxta himoya qilinishini ta’minlaydigan institutning qonuniy asosini shakllantirishga xizmat qiladi.
O‘zbekistonning milliy taraqqiyoti va uning rivojlanish strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish Oliy Majlisdan bu jarayonni zarur qonunlar bilan ta’minlashni talab etadi.Shunga ko’ra Dasturda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar me’yoriy rivoj topishini, markazlashtirilgan boshqaruvga asta-sekin barham berilishini, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy jarayonda va davlat ishlarida bevosita qatnashishini ta’minlovchi qonunlar ishlab chiqish va qabul qilish vazifasi qo’yildi.
Oliy Majlis o‘zini ng ikki yildan ortiq faoliyati davomida yettita sessiya o’tkazdi. Ularda 70 ga yaqin qonun va 100 dan ortiq qaror qabul qildi.Bular, shubhasiz, jamiyatimiz oldida turgan vazifalarni huquqiy jihatdan ta’minlashda muhim qadamlar bo‘ldi.Umuman, qonunlarni ishlab chiqish bevosita iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini takomillashtirish va bozor munosabatlariga o’tishni jadallashtirish, aholini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish. jamiyatni ma’naviy yangilash va milliy davlatchilikni mustahkamlashga qaratilmoqda.Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari muddatini 2000 yilga qadar uzaytirish to‘g‘risida referendum o‘tkazish yuzasidan 1995 yil 23 fevralida qabul qilingan qaror va deputatlarning referendumga tayyorgarlik ko’rishdagi faol ishtiroki mamlakatimizdagi barcha ijtimoiy kuchlarni jipslashtirishda alohida ahamiyat kasb etadi.Mazkur qaror mehnat jamoalari va aholining istiqomat joylarida o’tkazilgan, olti milliondan ortiq fuqaro ishtirok etgan 22 mingdan ortiq yig’ilishda qizg’in qo’llab-quvvatlanganligi ham fikrimizni tasdiqlaydi.
Keyingi yillarda sud organlari tizimini yanada takomillashtirish masalalari ham parlamentning doimiy diqqat markazida turibdi.Oliy Majlis “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida’ gi Qonunni qabul qilib, Konstitutsiyaviy sud Oliy va Oliy xo’jalik sudi tarkiblarini saylab, respublikada mustahkam sud tizimini vujudga keltirish jarayonini asosan nihoyasiga yetkazdi.
Parlament mamlakatning davlat milliy xavfsizligini ta’minlash bilan bog’liq vazifalarni hal etishga ham doimiy e’tibor berib kelmoqda.Shu ma’noda 1995-yili qabul qilingan harbiy doktrina davlatimizning tinchliksevar tashqi siyosiy yo’lini yana bir bor namoyon etdi.U O‘zbekistonning xalqaro obro‘-e’tibori va jahon maydonidagi mavqeini oshirdi.Oliy Majlisning 1996 yil aprel oyida bolib o’tgan V sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi to‘g‘risida” gi qonun qabul qilinganligi bu borada muhim qadam bo‘ldi.Oliy Majlisning VII sessiyasida (1996 yil, dekabr) qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy printsiplari to‘g‘risida” gi Qonun mamlakatimizning tinchliksevar siyosatini belgilovchi, Xalqaro ahamiyatga molik bo’lgan muhim hujjat hisohlanadi.U O‘zbekiston Prezidenti rahbarligida mamlakatimiz tutayotgan mustaqil, odil yo‘lning ifodasi sifatida jahon jamoatchiligi tomonidan e’tirof etildi.
Oliy majlisda Mehnat kodeksi (1995) va Fuqarolik kodeksi (1996) birinchi va ikkinchi qismlarining qabul qilinishi O‘zbekistonning demokratiya yo’lidan yanada dadil borayotganidan, inson huquqlarini himoya qilish va kafolatlashning huquqiy asoslarini mustahkamlayotganidan dalolat edi.Bu kodekslar — fuqarolar uchun hayotiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo’lgan, mehnatga, mol-mulkka doir va boshqa muammolarning keng doirasini qamrab oluvchi murakkab, ko‘p qirrali, jamlama qonun hujjatlar hisoblanadi.Bu Kodekslarning markazida inson, uning huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qitish masalalari turadi.Oliy Majlis qabul qilgan “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida” gi Qonun ham shu maqsadga yo’naltirilgan.
Mazkur qonunlarda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan hamda ishlab chiqarishdagi ko‘p qirrali munosabatlarda insonning usluvorligi huquq amaliyotiga singdirilgan.Qonunlar hokimiyatning barcha institutlari insonni himoya qilish, uning huquqlarini muhofaza etish va kafolatlashdan ihorat asosiy maqsadga bo‘ysunishi tezisini amalda ro’yobga chiqarmoqda.
Ko’ppartiyaviylik jamiyatimiz hayotida, parlamentchilikning demokratik asoslarini yanada rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.Shu sababli siyosiy partiyalarning huquqiy asosini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” gi Qonuni tayyorlanib, Oliy Majlisning 1996-yil 26-dekabrida bo’lgan VII sessiyasida qabul qilindi.Qonun jamiyatimizda faoliyat ko’rsatayotgan hamda kelajakda tuzilishi mumkin bo’lgan siyosiy partiyalarning o’rnini belgilab, ularning o‘zaro munosabatlari, yangilanayotgan jamiyatda tutgan mavqeyi, vazifalari va huquqlarini kafolatlaydi.
Oliy Majlis tomonidan “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojtantirishni rag'batlantirish to‘g‘risida” gi (1995, dekabr), “Konsessiyalar to‘g‘risida” (1995, dekabr), “Erkin iqtisodiy zonalar” (1996, aprel) “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi qonunlarning qabul qilinishi iqtisodiy islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash yo’lidagi jiddiy hodisa bo‘ldi. Mazkur hujjat, shuningdek, Oliy Majlisning “Ayrim korxonalar va mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ba’zi masalalari to’g‘risida” gi qarori mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish ko’lamlarini kengaytirdi, bu jarayonga amalda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalariga qarashli o‘rta va yirik korxonalarni ham kiritishni tezlashtirdi, monopol ishlab chiqarish va xo’jalik tuzumlarini maydalashtirish, raqobatli bozor muhitini yaratish uchun huquqiy shart-sharoitlarni vujudga keltirdi.Shu maqsadda “Mulk to‘g‘risida” gi, “Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” gi, “Garov to‘g‘risida” gi va boshqa bir qator qonunlarga o’zgartirishlar kiritildi.
Oliy Majlis qo’mitalari Vazirlar Mahkamasi hilan hamkorlikda amaldagi qonun hujjatlarini ijtimoiy rivojlanish voqeligiga va iqtisodiy islohotlarning ehtiyojlariga muvofiqlashtirish borasida aniq maqsadga qaratilgan katta ishlarni amalga oshirdi.
Ma’lumki, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jamiyatning ma’naviy va madaniy rivojisiz tasavur etib bo’lmaydi.Buyuk ajdodlardan bizga asrlar osha yetib kelgan bebaho ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tabiiyki, ma’naviy merosni avaylab-asrash, uni yanada ko’paytirib, milliy va umuminsoniy madaniyatning yangi yutuqlari bilan boyitishni taqozo etadi.Oliy Majlis “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” gi qonunga o‘zgartirishlar va qo’shimchalar kiritdi.“Davlat tili haqida’’ gi qonunni (1995, dekabr) yangi tahrirda qabul qildi.Til amaliyotidagi mavjud jarayonlar va imkoniyatlarni hisobga olib, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini hosqichma-bosqich joriy etishni 2005 yilga borib uzil-kesil yakunlashga qaror qilindi.Qonunning yangi qoidalari davlat tilining maqomini shak-shubhasiz mustahkamlashga, respublikaning jahon kommunikatsiya tizimiga kirishiga, mamlakatning barcha fuqarolari o‘zbek tilini yanada chuqur, puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda, asta-sekinlik bilan egallab olishlarini ta’minlashga, ayni chog‘da O‘zbekistonda g’uj bo’lib yashayotgan boshqa millatlarning o‘z tillaridan erkin foydalanishiga ham qaratilgan.
O‘zbekiston muslaqillikka erishganidan so’ng dastlabki odimlardanoq o‘z eshiklari bulun dunyo uchun ochiqligini, jahon xo‘jalik munosabatlariga teng huquqli sherik sifatida kirish istagini, xalqaro me’yorlar va qoidalarni ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi amaliy harakatlami kuchaytirishini e’lon qildi.1995 yili parlamenl o’n sakkiz shartnoma va bitimni ratifikatsiya qildi.O‘zbekistonning yigirma besh konvensiyaga qo’shilishi haqidagi qarorlar qabul qilindi, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida” gi Qonun qabul qilindi.U mamlakatimizning xalqaro shartnomalarni tuzish, bajarish, bekor qilish, to’xtatib qo’yish hamda denonsatsiya qilish tartibini belgilaydi.Respublika parlamentining faoliyati jahon hamjamiyatida borgan sari keng qiziqish uyg’ota bordi.Oliy Majlis sessiyalarida diplomatiya korpuslarining, xalqaro tashkilotlarning vakillari, chet el axborot vositalarining O‘zbekistonda akkreditatsiya qilingan jumalistlari qatnashmoqdalar.
Mustaqillik yillarida Oliy Majlisning xalqaro parlament tashkilotlari bilan aloqalari kengaydi va chuqurlashdi.O‘zbekiston Milliy parlament guruhi tuzildi, respublikaning Parlamentlararo Ittifoqdagi, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Parlament Assambleyasidagi va Yevroparlament bilan aloqalar bo‘yicha parlament guruhlarining rahbarlari tasdiqlandi.Oliy Majlis vakiliari Parlamentlararo Itlifoq 93 va 94-konferensiyalarida ishtirok etdi.
Oliy Majlis Kotibiyati va uning bo’limlari ishi Oliy Majlisning Kengashi, qo‘mitalari, komissiyalari faoliyatining samaradorligini oshirishga, parlament sessiyalarini puxta va tashkiliy jihatdan uyushqoqlik bilan o’tkazishga muayyan darajada xizmat qiimoqda.Ular qo’mitalar bilan hamkorlikda, olimlar, amaliyotchilarni, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlaming ekspertlarini jalb qilib, qonun loyihalarini tayyorlash va oldindan ishlab chiqishda faol ishtirok etib kelmoqdalar.
Fuqarolarning so’rovlarini ko’rib chiqish hamda fuqarolar qabulini tashkil etish masalalari ham parlament ishida muhim o’rin tutadi.Birgina 1995 yilning o‘zida Oliy Majlis rahbarlari, qo’mitalar raislari va Kotibiyat xodimlari tomonidan ikki yarim mingdan ortiq fuqaro qabul qilindi.Oliy Majlis nomiga kelgan qariyb ikki ming xat, ariza va murojaat ko’rib chiqildi.Ular Oliy Majlis rahbarligida, qo’mitalar va Kotibiyatda har tamonlama tahlil eiildi, taklif va mulohazalar normativ hujjatlarni ishlab chiqishda hisobga olindi.Fuqarolar tomonidan qo‘yilgan asosli masalalarning aksariyat qismi ijobiy hal qilindi.
Shu tariqa, demokratik yo‘l bilan saylangan Oliy Majlis - yangi parlament o‘z faoliyatining ikki yili mobaynida qonun ishlab chiqish va nazorat qilish faoliyatini izchillik bilan takomillashtirdi, hokimiyat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlarining O‘zbekiston demokratik islohotlar yo’lidan yanada dadil olg‘a borishida o’zaro ijobiy hamkorlik olib borishlariga yaqindan faol ko‘maklashdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi shu davr mobaynida o‘z faoliyati davomida mazmun mohiyati bilan avvalgi Oliy Kengashdan butunlay farq qiluvchi oliy vakillik davlat organiga aylanib bordi.Birinchi farq shundaki, avval ko‘rganimizdek, Oliy Majlisga saylov ko’ppartiyaviylik asosida o’tkazildi.Har bir saylov okrugida 2-3 nomzod deputatlik uchun kurashdi.Saylovchilarga amalda ana shu nomzodlardan tanlab olish huquqi berildi.Shunday ko’ppartiyaviylik tamoyili Oliy Majlis ishida ham joriy etildi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling