Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning tizimi va vazifalari


Download 0.85 Mb.
bet3/24
Sana14.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1702915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
5-МАВЗУ.МАЪРУЗА

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning tizimi va vazifalari.1990 yil 15 noyabrda O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq ravishda O‘zbekiston Prezidenti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi, Prezident uning Raisi bo‘ldi. Respublikada vitse-prezident lavozimi ta’sis etilib, uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish vazifasi yuklandi. 1992 yil 4 yanvarda vitse-prezident lavozimi tugatildi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi.Bosh vazir zimmasiga vitse-prezident vakolatlari berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XX bobida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi, uning tashkil etilishi, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va vakolatlari belgilab qo‘yildi. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining 1993 yilda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi (yangi tahriri 2003 yil) qonuni asosida olib boradi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining hukumati hisoblanib, Oliy Majlisning qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari bajarilishiga rahbarlikni ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organidir.
1992–2003-yillarda Vazirlar Mahkamasining tuzilishi
Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident
Bosh vazir
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari
Bosh vazir o‘rinbosarlari
Vazirlar
Davlat qo‘mitalari raislari
Davlat va xoʻjalik
boshqaruvi boshqa organlari rahbarlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi
Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida Bosh vazir va uning o‘rinbosarlaridan iborat tarkibdagi Vazirlar Mahkamasining Rayosati faoliyat ko‘rsatadi.2003 yil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 89 moddasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi”, degan ikkinchi qismi olib tashlandi.
O‘zbekiston hukumati – Vazirlar Mahkamasiga Bosh vazir rahbarlik qiladi.Vazirlar Mahkamasi tarkibida Rais lavozimi bo‘lmaydigan bo‘ldi.Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari nomzodlari avval Qonunchilik palatasida, so‘ngra Senatda ko‘rib chiqiladi hamda tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining boshqa a’zolari esa Bosh vazirning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Hozirda Vazirlar Mahkamasining tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirlari, davlat qo‘mitalarining raislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi kiradi.
O‘zbekistonda Bosh vazir maqomiga teng Vitse-prezidentlik lavozimida Shukrullo Mirsaidov (1990–1992), Bosh vazir lavozimida Abdulhoshim Mutalov (1992–1995), Oʻtkir Sultonov (1995–2003), Shavkat Mirziyoyev (2003–2016) lar faoliyat yuritgan. 2016-yil 14-dekabrdan Abdulla Aripov Bosh vazir etib tasdiqlangan.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling