Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


O‘zbekiston ekologik harakati


Download 0.85 Mb.
bet6/24
Sana14.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1702915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
5-МАВЗУ.МАЪРУЗА

O‘zbekiston ekologik harakati.2008 yil O‘zbekiston Respublikasining “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” gi qonuni qabul qilindi.Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga besh yil muddatga 135 deputat saylanib, Qonunchilik palatasining 15 deputati O‘zbekiston ekologik harakatidan, o‘z ichki qurultoyidan saylanishi belgilandi. Ushbu Qonun asosida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasidagi deputatlarining soni 150 deputatdan iborat bo‘ldi.O‘zbekiston ekologik harakati 2008 yil avgustda tashkil topgan.

O‘zbekiston ekologik harakati o‘z faoliyatini fuqarolarning hozirgi va kelgusi avlodi qulay atrof-muhit sharoitida yashashi, aholi salomatligini yaxshilash, barcha tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish huquqlarini hamda ularga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishda jamiyatning bor kuch va salohiyatini safarbar qilishga qaratgan.
2017 yil 22 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi e’lon qilindi.Mazkur Murojaatnomada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi 15 ta deputatlik o‘rni belgilab qo‘yilmasdan, Ekologik harakat boshqa partiyalar bilan teng raqobatga kirishgan holda, saylovlar orqali deputatlik o‘rniga erishishi lozimligi taklif etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi.Mustaqillik qo‘lga kiritilgan dastlabki kunlardayoq O‘zbekistonda demokratiyani taraqqiy toptirish uchun hozirgi zamon jahon standartlariga javob bera oladigan samarali va ishchan parlamentni shakllantirish zarurati yuzaga keldi.Demokratik tamoyillar va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining uchinchi tamoyili – davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo‘linishi nuqtayi nazaridan O‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi qonunlashtirildi.
O‘zbekiston mustaqil, huquqiy, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish yo’liga kirdi, bozor iqtisodiyotiga o‘tish, xalqaro huquqning mustaqil subyekti sifatida jahon hamjamiyatiga kirish yo‘lini tutdi.Birinchi Prezident I.A.Karimov “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” kitobida “Yangilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishi insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishini kafolatlashi kerak”, — deb ko‘rsatgan edi.Ayni chog‘da siyosiy sohada bu “...Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etish, jamiyatning siyosiy tizimini davlat idoralarining tuzilishini tubdan yaxshilash, respublika hukumati hatnda mahalliy hokimiyatning vakolatlari va vazifalarini aniq belgilab qo‘yisb, adolatli va insonparvar qonunchilikni vujudga keltirishi mumkin”, - deb ta’kidlagan edi.Ana shu yo’l-yo‘riqlar va ko’rsatmalar asosida mamlakatda keng miqyosli ishlar amalga oshirildi.
1990 yilning 18 fevralida O‘zbekiston Oliy Kengashining navbatdagi yangi tarkibi saylandi.U o‘z faoliyatini boshlagan paytda sobiq sho‘ro tuzumining qonunlari amalda edi.Mustaqil O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti endi yangi tipdagi qonunchilik tizimini taqozo etar edi.Shuning uchun ham Oliy Kengash O‘zbekiston mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan yangi qonunchilik tizimini vujudga keltirish yo’lidan bordi va uni qadam-baqadam shakllantira boshladi.1990-1994- yillarda Oliy Kengash 200 ga yaqin qonun, 500 dan ziyod qaror qabul qildi, mamlakatimiz tarixida birinchi marta manilakat Prezidentini sayladi, Mustaqillik Deklaralsiyasini qabul qildi.Oliy Kengashning O‘zbekiston mustaqilligi haqidagi tarixiy qonunlarni, xususan, Asosiy qonun - Konstitutsiyani qabul qilganligi ham yurtimiz tarixidagi ulkan hodisalar hisoblanadi.
Oliy Kengash shu va shu kabi boshqa qonun hujjatlari bilan mamlakatda siyosiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning huquqiy asosini yaratib berdi.Parlamentarizmning rivojlanishi bosqichma-bosqich amalga oshirib borildi. O‘zbek parlamentarizmi tarixiga nazar solsak, 1990–1994 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Mamlakat parlamentining bosib o‘tgan yo‘lini tarixiy nuqtayi nazardan tahlil etar ekanmiz, uni shartli ravishda uchta asosiy davrga bo‘lish mumkin.
Birinchi davr – 1991–1994 yillar, ikkinchi davr – 1995–2004 yillar, uchinchi davr – 2005-yildan hozirgi paytgacha.mamlakatimiz parlamenti Oliy Kengash nomi bilan atalib, 150 deputatdan iborat edi. 1995–2004 yillarda Oliy Majlis nomi bilan atalgan 250 deputatdan iborat bir palatali parlament shakllantirildi. Bir mandatli hududiy saylov okruglaridan saylangan deputatlar tarkibida Xalq demokratik partiyasidan, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan, “Vatan taraqqiyoti” partiyasidan, “Milliy tiklanish” partiyasidan deputatlar bo‘lib, ilk bor parlament fraksiyalari tashkil etildi.
Ijtimoiy taraqqiyot. mamlakatning o’ziga xos rivojlanish yo’lidan qat’iy borish, avvalo, O‘zbekistonda Oliy davlat hokimiyatlarini tashkil etishning yangicha tamoyillarini ishlab chiqishni taqozo etardi.Ma’lumki, yangi Konstitutsiyaning V bo‘limi davlat hokimiyatini tashkil qilish tamoyillarini o‘z ichiga oladi.Shu bo’limning XVIII bobi O‘zbekiston Respuhlikasi Oliy Majlisini shakllantirishga bag’ishlangan va uning 76- moddasida: “O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi”, — deb mustahkamlandi.
O‘zbekistonda Konstitutsiya talablari asosida izchil ravishda siyosiy islohotlar amalga oshirilar ekan, 1993-yil 28 dekabrida bo’lib o‘tgan mamlakat Oliy Kengashining XIV sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida”, 1994-yil 22-sentabrda bo‘lib o‘tgan XVI sessiyada “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida” qonun qabul qilindi.Bular demokratik tamoyillarga asoslangan hokimiyat bo‘linishining eng xalqchil va zamonaviy shakllari hisoblanadi.Ayni paytda bu sohada tub islohotlarni amalga oshirish zarurati borligini ham ko’rsatadi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling