Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


-modda. Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari


Download 0.85 Mb.
bet18/24
Sana14.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1702915
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
5-МАВЗУ.МАЪРУЗА

6-modda. Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari
Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari:
NNT va FJBIlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
NNTlari va FJBIlarining normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
NNTlari va FJBIlari vakillarining davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida ishtirok etishi;
ijtimoiy sheriklik sub’ektlari tomonidan birgalikda tadbirlar, maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazish;
ijtimoiy sheriklik sub’ektlari tomonidan ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bitimlar va shartnomalar (bundan buyon matnda bitimlar va shartnomalar deb yuritiladi) tuzish, birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
ijtimoiy sheriklik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, axborot almashishdan iborat.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida” qonuniga asosan Respublika kengashi va uning tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarining Ish beruvchilar va ularning vakillari hamda davlat boshqaruvi idoralari bilan mehnat sohasidagi ijtimoiy sherikligi, dolzarb vazifalarning echimi xususidagi doimiy hamkorligi, muloqotlari va uchrashuvlari izchillik bilan olib borilmoqda.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari.O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonida ko‘plab vazifalar belgilangan edi.Eng muhim vazifalardan biri respublikada davlat hokimiyatining vakillik va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yangi sharoitlarga mos keladigan tizimini yaratish edi.Hozirgi amalda bo‘lgan mahalliy vakillik organlari xalq deputatlari Sovetlari negizida tashkil qilingan. Biroq bular oldingi tizimdan demokratik mohiyati bilan tubdan farq qiladi.
1992 yil 4 yanvarda “O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.Bu qonun mamlakatimizda mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organi – vakillik va ijro organlari tizimiga boshchilik qiladigan hokimlik va hokimlar lavozimi joriy etildi.
1992-yilda ilk bor Toshkent shahrida va 12 ta viloyatda, 163 ta qishloq tumani va 18 ta shahar tumanida hamda 120 ta shaharda hokimlar tayinlandi va tasdiqlandi, ularning apparati — hokimiyatlar tuzildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi “Mahalliy davlat hokimiyati asoslari” deb nomlanib, unda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tizimi, vazifalari, tuzilish tartibi mustahkamlandi.Konstitutsiyaga ko‘ra, avvalgi mahalliy vakillik organlarining nomi Kengashlar deb o‘zgartirildi.Ularning samarali ishlashini ta’minlash uchun viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari vujudga keltirildi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinguncha mahalliy vakillik organlarining uch bo‘g‘inli tizimi mavjud bo‘lib hisoblanadi, ular:
1) viloyatlar hamda Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari (Sovetlari) – yuqori bo‘g‘in;
2) tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari – o‘rta bo‘g‘in;
3) qishloq, posyolka, ovul xalq deputatlari Kengashlari – quyi bo‘g‘in.
Konstitutsiya mahalliy vakillik organlarining ikki bo‘g‘inli tizimini mustahkamladi, ya’ni quyi bo‘g‘in olib tashlandi.Ular o‘rniga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuziladigan bo‘ldi.
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati, hokimiyat organlari ikki mustaqil organlarga – vakillik va ijroiya hokimiyatiga bo‘lindi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling