Тошкент тўҚимачилик ва енгил саноат институти


Download 398.64 Kb.
bet2/7
Sana23.12.2022
Hajmi398.64 Kb.
#1044356
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ZIYOVUDDIN AMALIYOT hisobot[1]

MEHNАT MUHOFАZАSI

,,YO’LBARS TEX’’ MChJ korxonasida ishchi va xodimlar salomatligini saqlashga doir maxsus chora tadbirlar ko’rilgan bo’lib mexnat muhofazasini tatbiq etish yo’lga qo’yilgan . Shaxsan o’zim amalyot olib borgn halqali yigiruv bo’limida asosan shovqin, titrash va ultra-infratovushlar xaqida muhofazalanish joriy etilganiga guvoh bo’ldim .


Hususan batafsil yoritadigan bo’lsam shovqin, titrash va ultra infratovush qattiq jism, hamda suyuqlik, moddiy jismlarning mexanik tebranishlaridir. Ruxsat etilgan sanitariya talablaridan ortiq bo‘lgan ishlab chiqarish shovqinlari, titrash va ultra infratovushlar muntazamravishda ta’sir etganda odam organizmi zararlanishi, keyinchalik og‘ir kasbiykasalliklar kelib chiqishi mumkin.
Sukunatni buzadigan yoki foydali tovush eshitishga halaqit beradigan harqanday tovush shovqin deyiladi. Kuchli, keskin va uzoq davom etadigan shovqinlar odamning holatiga salbiy ta’sir qiladi. Insonni tez charchatadi, asab va yurak tomirtizimi ishini buzadi. Titrash qattiq jismdarning tebranishidir. U odam sog‘lig‘iga nohush ta’sir ko‘rsatadi, muntazam ravishda ta’sir etganda kasbiy kasalliklarnikeltirib chiqaradi.
Mashina va mexanizmlarning aylanma harakati, bir-biriga urilishi, shuningdek, texnologik qurima va apparatlardan gaz va suyuqliklarning katta tezlik bilan o‘tishi natijasida kelib chiqadigan shovqinlarni shovqinning asosiy manbalari deyish mumkin. Shovqin qattiq, suyuq va gazsimon muhitlarda mexanik tebranish natijasida vujudga keladi. Insonning eshitish organi mexanik tebranishdan 16-20000 gersgacha to‘lqinlarni eshita oladi. 15 gs.dan past chastotali shovqin infrotovush, 20000 gs.dan yuqorisi ultratovush deyilib, inson organizmiga biologik ta’sir ko‘rsatadi.
Shovqinning uzoq muddatli ta’siri eshitish organlarining faoliyatini
susaytirishdan tashqari qon bosimining o‘zgarishi, ko‘rish qobiliyatining susayishi, harakatlanish markazlarida o‘zgarish paydo bo‘lishi oqibatida, harakat koordinatsiyasining buzilishiga va organizmning quvvat sarflash jarayoning kuchayishiga olib keladi. Shovqin insonning yurak va qon aylanish tizimlari funksiyalarining buzilishiga, ovqat hazm qilish va boshqa organlarda funksional o‘zgarishlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Organizmda shovqin ta’sirida kelib chiqadiganlari “shovqin kasalligi” deyiladi.

Download 398.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling