Тошкент тўҚимачилик ва енгил саноат институти
Pochatkani o’rash jarayoni 3 ta davrga bo’linadi
Download 398.64 Kb.
|
ZIYOVUDDIN AMALIYOT hisobot[1]
Pochatkani o’rash jarayoni 3 ta davrga bo’linadi.Yigirishni boshlanishi ; Asosiy yigirish ; Yigirishni tamomlash ; Zanjirli o’rash mexanizmlariO’rash dastasi yassi o’rash mushtagi o’qcha orqali tebranma xarakat oladi va dastak va g’altaklar tizimi orqali xalqa taxtachalari va yo’naltiruvchilarga ilgarilanma-qaytma xarakatni uzatadi. Dastak vtulka bilan bikr biriktirilgan g’altak qotirilgan. Shu vtulkaning o’zida chervyakli g’ildirak o’rnatilgan. Dastak pastga og’ganda g’altaklarda qotirilgan zanjir ikki pog’onali g’altak soat miliga qarshi aylantiradi. Bunda g’altaklarga uchlari bilan qotirilgan zanjir, ikki yelkali dastak chapga og’dirib, g’altak katta pog’onasiga o’raladi. Pastki yelkada boshmoqlar bilan ustunchalar tayanadigan ikkita oqchalar qotirilgan. Natijada, dastak pastga og’dirilganda xalqa taxtachalari va ip yo’naltiruvchilar burchakligi ko’tariladi. Taxtacha va burchaklik ularning muvozanatlanmagan qismining og’irlik kuchi ta’sirida pastga tushadi va o’rash mushtagining buralishi sodir bo’ladi. Tortqi mashina bo’ylab joylashgan vertikal dastaklar o’zaro bog’laydi. - rasmda zamonaviy yigiruv mashinasining o’rash dastagi ko’rsatilgan. Bu mexanizmda xalqa taxtachalari ipyotqizgich va ustunchalar burchakliklari vertikal dastaklar mashina tanasining o’rta poyalariga qotirilgan vintssilindrik prujinalar bilan muvozanatlanadi. Har bir nimqavat o’ralgandan so’ng taxtachalar qaytmas mexanizm yordamida yuqoriga ko’tariladi. O’rash dastagi pastga tushganda dastak zanjir ta’sirida xropovik o’qi atrofida soat miliga teskari tomonga buriladi va sobachka yordamida xropovik aylantiradi. Xropovik bilan bir valda, zanjir g’altagi qotirilgan, chervyak g’ildiragi bilan ilashishda bo’lgan chervyak bikr o’rnatilgan. rasm. Xalqali plankani xarakatlanishi. Demak, xropovik aylanganda zanjir g’altagi ham aylanadi, zanjir bir qismi shu g’altakka o’raladi va taxtachalar yuqoriga siljiydi Rostlovchi vint sobachkaning xropovik o’qiga nisbatan aylanish burchagini chegaralovchi bo’lib xizmat qiladi; u sobachkani eng maqbul boshlang’ich holatga qo’yishga va xropovikning aylanish burchagini rostlanishiga imkon beradi. O’rash mushtagini bir aylanishidagi xalqa taxtachasining siljishi sobachka ta’sirida xropovik aylanadigan tishlar soni zc ga proporsional bo’ladi. Xalqali taxtachalarni qaytmas mexanizm yordamida siljishi, o’rash mexanizmi maksimal yuklanganda ularni ko’tarilish vaqtida bo’ladi. Ko’rilayotgan mexanizmning kamchiliklaridan biri shudir. Yon yuklamalarni qabul qilish va o’rash dastagini kerakli holatda tutib turish uchun qaytmas mexanizmining ish davomida qo’zg’almas yo’naltiruvchi qo’yilgan .Yo’naltiruvchi ariqchasiga o’rash dastagining uchiga qotirilgan barmoq kiradi. Download 398.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling