Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Ilm-fandagi tub islohotlar


Download 306 Kb.
bet11/16
Sana02.01.2022
Hajmi306 Kb.
#185550
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Maruza

Ilm-fandagi tub islohotlar.2016–2017-yillar O‘zbekiston ilm-fanida tom ma’noda tub islohotlar davri bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 30-dekabr kuni ilk bor mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashdi.Uchrashuv natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda ilm-fanga e’tibor yanada kuchaytirilishi belgilandi.

Harakatlar Strategiyasida belgilanganidek, fan, ilmiy tadqiqot, innovatsiya yutuqlarini rag‘batlantirish va ularni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish hamda ixtisoslashgan laboratoriya, yuqori texnologiya markazlari va texnologiyalarni joriy etish masalalari alohida ta’kidlangan.

Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 17-fevralda qabul qilgan “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi faoliyatini takomillashtirish va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni O‘zbekistonda fan taraqqiyotini hozirgi zamon sivilizatsiyasi talablari asosida tashkil etish, xususan, mamlakatda joriy etilayotgan jadal taraqqiyotlar strategiyasining ilmiy asoslarini yaratish va ishlab chiqarishni fan asosida rivojlantirish zarurligini ko‘rsatib berdi.Shu bilan birga, Fanlar Akademiyasi faoliyatini takomillashtirish, fan arboblarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yuqori malakali, iste’dodli kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va uni rag‘batlantirish zarurligini uqtirdi.Prezident Sh.M.Mirziyoyev fanimiz darg‘alari, maktab yaratgan ulkan allomalar bilan bo‘lgan uchrashuvda bir qator dolzarb masalalarni sanab o‘tdi.Prezidentning 2017-yil 17-fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori asosida 9 ta ilmiy-tadqiqot muassasasi Fanlar akademiyasi tarkibiga qaytarildi, qator ilmiy tashkilotlar qayta tashkil etildi, Fanlar akademiyasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha 3 ta bo‘limi va Navoiy bo‘limi tashkil etildi, O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyati qayta yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yilda imzolangan “Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” gi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi.Mazkur vazirlikning davlat va jamiyat qurilishiga, iqtisodiyot tarmoqlariga, qishloq xo‘jaligiga, ijtimoiy rivojlanishga, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga innovatsiyalarni joriy etish hamda ilg‘or texnologiyalar joriy etilishida tashabbus qilish, muvofiqlashtirish va rag‘batlantirish sohasidagi asosiy vazifalari belgilab berildi.

Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga oxirgi saylovlar 1995-yilda o‘tkazilgan edi. O‘tgan yillar mobaynida akademiklarning soni ikki martadan ko‘proqqa qisqardi va 2017-yilga kelib akademiyaning atigi 63 nafar haqiqiy a’zosi qolgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi tarixiy farmoni bilan 22 yillik uzoq tanaffusdan so‘ng Fanlar akademiyasining 32 nafar yangi haqiqiy a’zolari tasdiqlandi.Bugungi kunda ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi 400 ta muassasa ro‘yxatga olingan bo‘lib, fan sohasida 36 ming mutaxassis, jumladan, 2 mingdan ortiq fan doktori va 9 mingdan ortiq fan nomzodi faoliyat olib bormoqda.


Ma’lumki ta’lim mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, g’oyaviy-madaniy hayotining muhim tarmog’idir.Ta’lim asoslari O‘zbekistonda uning Konstitutsiyasi va “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun bilan kafolatlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 2 iyuldagi qaroriga asosan “Ta’lim to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni amalga kirdi.

Ta'lim sohasidagi mazkur qonunda respublikada ta'limningjarniyatni ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-madaniy rivojlantirishning ustuvor sohasi ekanligi e’tirof etilgani holda ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta’lim tizimi va boshqaruvi tartibi, ta’lim-tarbiya xodimlarining haq-huquqlari, vazifalari, mas’uliyatlari, maqsadlari belgilab berildi.

Xalq ta’limi xodimlari hayotida muhim ahamiyatga molik ushbu qonun xalq ta’limi sohasini barcha yo‘nalishlarda takomillashtirish, rivojlantirish ishlariga katta yo‘l ochdi.

Oliy o‘quv yurtlari mamlakat ta’lim tizimida yetakchi bo‘g‘indir.Chunki oliy maktab O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlovchi milliy boylikning o‘sishiga imkon yaratuvchi, kuchli, qat’iyatli mutaxassislar shu bo‘g’inda tayyorlanadi.

Ma’lumki, sho‘rolar hukumati davrida hukmron tuzum o‘zining jahonda eng insoniy, eng odil va eng demokratik, eng savodxon jamiyat barpo etgani bilan maqtanib, butun jahonga jar solar edi.“Dunyodagi eng o‘qimishli mamlakat”, “oliy ma’lumotli mutaxassislar soniga ko‘ra jahondagi birinchi davlat” degan soxta ta’riflar rasmiy va maqtanchoq mafkura orqali keng tashviq qilinardi.

Sirtdan qaraganda, haqiqatan ham manzara shunday edi.Sobiq SSSR da yuzlab universitet va institutlar, oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlari, minglab ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyat ko‘rsatardi.Lekin ular, son va miqdor jihatidan ko‘p bo‘lgani bilan jahoniy andozalar darajasida emas edi.Buning asosiy sabablaridan biri kommunistik jamiyatda hamma narsa, jumladan, ilm-fan, maktab-maorif tizimining ham o‘sha yolg‘on va o‘lik g‘oyalarga qurbon qilinganida edi.Sovet Ittifoqini tanazzulga olib kelgan sabablardan biri ham shunda ekani shubhasiz.

Shuning uchun O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha jabhalari singari ta’lim sohasini ham tubdan isloh qilish vazifasi jamiyat oldida ko‘ndalang bo‘ldi.Chunki sho‘ro hukumati boshqa sohalar singari milliy kadrlar tayyorlash masalasida ham riyokorona siyosat olib borardi.Eng nufuzli, jahon mezonlariga javob beradigan mutaxassislar yetishtiradigan o‘quv muassasalari aksariyat Markazda - Rossiyada joylashgan bo‘lib, ittifoqdosh respublikalar, xususan O‘rta Osiyo mintaqasidan bu dargohlarga sanoqli vakillargina qabul qilinar, bunday imkoniyat chegaralangan edi.Natijada milliy respublikalarda noyob ixtisosga ega mutaxassislar yetishmaydi, degan muammo sun’iy ravishda vujudga keltirilib, bu yurtlarga ming-minglab “o‘z odamlari” jo‘natilar edi.

Shu bois istiqlolning dastlabki kunlaridanoq xalq ta’limi tizimini jadal isloh qilishga kirishildi.Bir qator o‘quv yurtlarining maqomi, dasturlari va ta’lim uslublari butunlay o‘zgartirildi.Eng zamonaviy, shu paytgacha bo‘lmagan eng zarur ixtisosliklar bo‘yicha alohida universitet va institutlar, jumladan, Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy akademiya, lchki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent aviatsiya instituti. Navoiy tog‘-konchilik instituti kabi o‘nlab yangi o‘quv muassasalari tashkil etildi.

Ayni paytda xalq ta’limi tizimini ham tubdan isloh qilish boshlandi.Ilg’or mamlakatlarning tajribalari asosida va chet davlatlar bilan hamkorlikda ko‘plab litsey va gimnaziyalar ochildi.Boshqacha qilib aytganda, O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasidan akademiyagacha bo‘lgan zamonaviy, yangi ta’lim tizimi vujudga keltirildi.

Viloyatlarda ham yangidan-yangi o‘quv yurtlari ochildi. Birinchi Prezident I.A. Karimovning 1992-yil 28 fevral Farmoni bilan 8 viloyat pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi.Bu respublika hukumatining izchil madaniy-ma’rifiy siyosatining yana bir dalili boldi.Bunday yangilanishdan ko‘zda tutilgan maqsad birinchidan, viloyatlarda oliy universitet ta’limini tashkil etish, bu joylarda ilmiy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishga, eng olis va chekka shaharlarni madaniy-ma’rifiy markazga aylantirishga asos bo‘ldi.Ilmiy va ma’rifiy ishlar xalq hayotiga tobora chuqurroq kirib bora boshladi.Bu mamlakat aholisi ongi va dunyoqarashini kengaytirishda kata ahamiyat kasb etdi.Bevosita mehnat jarayoni bilan bog’liq odamlar endi ilmiy yangiliklardan doimo va o‘z vaqtida xabardor bo‘lib bordilar. Yangidan-yangi ilmiy-texnikaviy ishlanmalar, ixtirolar yaratilgan joyida tezroq ishlab chiqarishga joriy etilish imkonlari vujudga keldi.


Download 306 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling