Ikkinchidan, O‘zbekiston tarixiy-jug’ofiy jihatdan xilma-xil sharoit va iqlimga ega bo‘lgan mamlakat.Buning ustiga, turli hudud xalqlari umumiy tarixga ega bo‘lgani bilan ruhiyati, yashash tarzi, voqelikka munosabati, uni idrok etish jihatidan ozmi-ko‘pmi farqlanadi.Bu hol bir viloyatning o‘zida ham turli ko‘rinishlarda ko‘zga tashlanadi.Ana shunday mamlakatda har bir hududning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olmaslik mumkin emas edi.
Xususan, qadimiy Xorazm mashhur matematiklari, astronomlari, tarixchilari va davlat arboblari bilan, Farg‘ona vodiysi esa dunyo tan olgan shoir-u adiblari bilan mashhurdir.Uzoq davom etgan mustamlakachilik, haddan tashqari markazlashtirish natijasida markazdan uzoqda yashaydigan aholining ilmiy-madaniy saviyasi ancha orqada qoldi.Bu mamlakat ishlab chiqarishiga, iqtisod va umuman taraqqiyotiga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Ana shu salbiy oqibatlarni zudlik bilan bartaraf etish uchun ham joylarda universal ta’lim tizimini joriy etish hayot taqozosiga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |