Uchinchidan, viloyat universitetlarining tashkil etilishi hayot bilan ilmning, nazariya bilan amaliyotning yaqinlashuviga katta yordam berdi.
Hozirgi kunda ilm-u fan sohasida ham raqobat muhiti hayotiy zarurat bo‘lib qoldi.Bu siz esa taraqqiyot bo‘lmaydi.Ilm-fandagi raqobat yangi-yangi fikr va g’oyalarga turtki beradi, kishi dunyoqarashini kengaytiradi.Qaysi universitet o‘z ixtirolari, ilmiy xulosa va ishlanmalari bilan nom chiqarsa, o‘sha universitetning nufuz va e’tibori osha boradi.
To‘rtinchidan, viloyatlarning kelajak taraqqiyoti ana shu hududlardagi oliy ta’lim markazlari bilan bevosita bog‘liq.Viloyatlarda ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun yangi sohalarni egallash, yangi ixtisosliklarni tashkil etish, zarur kadrlarni shu joylarda tayyorlash imkoniyati tug’ildi.
Oldindan markazda o‘qigan kadrlarni viloyatga yuborish masalasi ancha-muncha muammo edi.Viloyatlarda universitetlar tashkil etilishi bilan bu muammoning ham yechimi topildi
Do'stlaringiz bilan baham: |