Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti “Korporativ boshqaruv” kafedrasi Guruh: 13-21


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/19
Sana23.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1289562
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Mavzu Bandlik va ishsizlik, ularning darajalari va turlari

 
 


38 
XULOSA VA TAKLIFLAR 
 
Iqtisodiyotning barqarorligi va sog‘lomligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan 
biri ishsizlik darajasi hisoblanadi. Biroq, har qanday mamlakatda doimiy ravishda 
ma’lum darajada ishsizlik mavjud bo‘ladi. Umuman olganda, mehnatga layoqatli 
bo‘lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan ta’minlanmaganlar ishsizlar deyiladi. 
Namoyon bo‘lish xususiyati va vujudga kelish sabablariga ko‘ra ishsizlik friksion, 
tarkibiy, siklik, institutsional, texnologik, hududiy, yashirin va turg‘un ishsizlik 
turlariga bo‘linadi.
Ishsizlikning umumiqtisodiy xarakteri ishchi kuchi bozorining o‘zi, 
mehnatga talab va uning taklifi o‘rtasidagi mutanosiblik ishsizlikni emas, ish bilan 
bandlikni shakllantirishidan ham kelib chiqadi. Ishsizlik, bir tomondan, go‘yo ish 
bilan bandlikning «teskarisi» hisoblanadi, ikkinchi tomondan, ish bilan bandlikni 
shakllantiruvchi omillardan farq qiluvchi omillar ta’sirini his qiladi. SHunday 
bo‘lsada, ishsizlik doimo ish bilan bandlik bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi: ish 
bilan bandlikning ko‘payishi, qoidaga ko‘ra ishsizlikni kamaytiradi, bu esa 
ishsizlikni, o‘z navbatida ish bilan bandlikni ko‘paytiradi. Ta’rifga ko‘ra ishsizlik – 
bu ishlashni istaydigan mehnatga layoqatli aholining ish bilan band bo‘lmagan 
miqdoridir. Makroiqtisodiy jihatdan ishsizlik – bu doimo jamiyat mehnat 
salohiyatidan, ishchi kuchi majmuidan ishlab chiqarish omili sifatida to‘la 
foydalanmaganlikdir. 
Aholining ish bilan bandligini ta’minlashda qator muammolar va kamchiliklar 
mavjud: ish bilan ta’minlanishga muxtoj aholi sonining ko‘pligi, ishsizlik 
darajasining yuqoriligi; dastur ijrosi nazoratining bo‘sh tashkil etilganligi, 
tadbirkorlar muammolarining o‘z vaqtida hal etilmasligi; xorijda ishlab qaytganlarni 
ish bilan ta’minlash borasidagi ishlarning samarasi past ekanligi, bu borada mavjud 
imkoniyatlarning ishga solinmaganligi; kasanachilik ish joylarini ko‘paytirish 
imkoniyatlari ishga solinmayotganligi; yangi ob’ektlarni ishga tushirish, mavjud 
korxonalarni modernizatsiyalash ishlari (natijadorligining past ekanligi); tashkil 
etilgan ish joylarining salmoqli qismi qisqa muddatli va mavsumiy xarakterga 


39 
egaligi; ish bilan band aholining salmoqli qismi ish haqi past bo‘lgan sohalarda
norasmiy sektorda va barqaror bo‘lmagan ish joylarida band etilganligi.
O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini 
ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar kiradi. 
Birinchidan, sanoat sohasidagi asosiy dasturlarning amalga oshirilishini davom 
ettirish, yirik yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini ishga tushirish, faoliyat 
ko‘rsatayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish va kengaytirish. 
Ikkinchidan, kichik biznes korxonalari, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni jadal 
rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini
ayniqsa, qishloq joylarida rivojlantirish, uy mehnati shakllarining, shu jumladan, 
yirik korxonalar bilan birgalikdagi shakllarining imkoniyatlarini kuchaytirish. 
Uchinchidan, uy mehnati barcha turlari, avvalambor, mehnat shartnomalariga 
asoslangan korxonalar bilan hamkorlikdagi shakllarini hamda oilaviy tadbirkorlikni 
rivojlantirish. 
To‘rtinchidan, ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini, transport va 
kommunikatsiya qurilishini rivojlantirish, aholi punktlarini obodonlashtirish 
ishlarini kengaytirish. 
Beshinchidan, qishloq xo‘jaligi sub’ektlarini rivojlantirish va kengaytirish, 
ayniqsa, tayyor qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashga, 
sabzavot-poliz mahsulotlarini saqlashga, issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etishga 
ixtisoslashgan sub’ektlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga 
oshirish. 
Oltinchidan, vaqtinchalik faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar, shu jumladan, 
tijorat banklari balansiga o‘tkazilgan bankrot korxonalar faoliyatini tiklash.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling